Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta
Download 1.03 Mb.
|
“Xelitseralilar Chelicerata kenja tipi sistematikasi, filogeniyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining ilmiyligi
- Ishning hajmi
Kurs ishining maqsadi: Xiletseralilar kenja tipiga mansub hayvonlarning sistematikasi filogeniyasi va ekalogiyasini òrganish hamda ularning zamonaviy holatini baholash.
Kurs ishining vazifasi: 1 Xelitseralilar kenja tipi vakillarining taksonomik tarkibini òrganish. 2 Xelitseralilar tipi vakillarining evolyutsion kelib chiqishini taxlil qilish 3 Xelitseralilar kenja tipining ekalogik xususiyatlari va tarqalishini òrganish. Kurs ishining ilmiyligi:1 Yer yuzida Xelitseralilar kenja tipi vakillarining 70000dan ortiq turi tarqalgan 2 Hujayralarning yaxwi ixtisoslashmaganligi sabab poleozoy erasidagi hayvonlardan kelib chiqqan 3 Chayonlar quruqlik va yashash sharoitiga kòra ekalogik guruhlarga ajratilgan 4 Yer yuzida Xelitseralilar kenja tipining tarqalish areali òrganilgan. Ishning hajmi: 32 betlik matndan va 9 ta rasmdan iborat bòlib kirish asosiy qism xulosa foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat ASOSIY QISM. 1.1. Xelitseralilar(Chelitcerata) kenja tipiga umumiy tavsif. XELITSERALILAR (Chelicerata) boʻgʻimoyoqlilar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar kenja tipi. Uz. 0,05 mm dan (ayrim kanalar) 1,8 m gacha (kazilma evriptidlar). Xelitseralilarning boshi va 6 ta, koʻkrak boʻgʻimi qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi. Qorin qismi 12 boʻgʻimdan, sodda Xelitseralilarda oldingi qorin (7 boʻgʻim) va keyingi qorin (5 boʻgʻim)dan iborat (chayonlar). Boshkoʻkraqda 6 juft oʻsimta bor, ulardan oldingi 2 juft ogʻiz teshigi oldida (xelitseralar) va orqasida (pediapalpalar), keyingi 4 jufti yurish oyoqlari hisoblanadi. Qorin oyoqlari qoldigʻi oʻzgarib jabralar, oʻpka, taroqsimon oʻsimtalar, oʻrgimchak soʻgallarini hosil qiladi. 2 sinf: merostomalar va oʻrgimchaksimonlarga boʻlinadi. Merostomalar, asosan, dengizlarda yashaydi; koʻpchiligi qirilib ketgan. X. ning 54000 ga yaqin turi mavjud. XELITSERALILAR (CHELICERATA) kenja tipiga 70 mingdan ortiq tur kiradi. Ularning ko’pchilik turlari quruqlikda yashashga o’tgan. Xelitseraliiar kenja tipi o’z navbatida uchta sinfga bo’linadi: 1. Qilichdumlilar. 2. Qisqichbaqachayonlar, ya'ni gigant qalqondorlar. 3. O'rgimchaksimonlar. Parazit turlari asosan o’rgimchaksimonlar sinfi orasida uchraydi. Bu sinf ichida kanalar turkumi vakillari haqiqiy parazitlar hisoblanadi. Ko’pchilik olimlar bu sinfni 9-13 ta turkumlarga, jumladan, kanalarni o’zini 3 ta turkumga bo’lishadi. Ayrim tadqiqotchilar esa kanalarni 1 ta turkumdan iborat, deb e'tirof etishadi. Kanalar(Acarina)ni o’rganuvchi fan akarologiya deb ataladi. Hozirgi vaqtda kanalarning 30 mingga yaqin turi ma'lum. Kanalarning aksariyati odam va har xil hayvonlarning ektoparazitlari bo’lishi bilan bir qatorda, xilma-xil xavfii kasalliklarni ham tarqatadi. Kanalarning tanasi har xil darajada bo'g'imlarga bo'lingan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling