1.1. Xelitseralilar tashqi tuzilishi.
Cheliceralilar va mondibulatalar hozirgi zamon bo‘g‘imoyoqlilarining egizak tаksoni hisoblanadi. Xelitseralilar guruxiга oldin yashagan турлар билан бирга 70000 dan ortiq tur kirib, bular: o’rgimchaklar, chayonlar, pichano’rarlar, kanalar va xanjar dumlilar hamda oldin yashagan dengiz chayonlarini o‘z ichiga oladi. Aksaryat xelitsiralilar quruqlik hayvonlaridir.
Tashqi tuzilishi : Xelitseralilar gavdasi 2 ta tagma boshko’rak (sefalotoraks) va qorincha qismlardan tuzilgan. Boshko’krak (prosoma) qismini birinchi segmenti parapodiyalarni yo’qatgan. Boshqa bo’g’imoyoqlilarda bu segmentdan antennalar rivojlanadi.
1-rasm: Xelitseralilar tashqi tuzilishi.
Xelitseralilarda bu yo’qyu Birinchi juft parapodiyalar – boshko’krakning 2 – segmentidan ikkita ushlovchi xelitseralilar rivojlangan. Har bir xelitsera 2 yoki 3 ta bo’gindan iborat bo’lib ,oxirgi 2 ta distal bo’g’inlar qisqich hosil qiladi. Ikkichi juft parapodiyalar – pedipalpalar turli tаksonlarda turli funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan bo’lib, asosan sensor vazifasini bajaradi. Qolgan 4 juft porapodiylar – oyoqlarga aylangan.Tananing qolgan segmentlari (12 tagacha) qorincha abdomen yoki opistosoma qismini hosil qilgan. Oxirgi segment oxirida nishli dum (telson) bo’lishi xarakterlidir.
Tanasi uch qismdan.
1. Bosh ko‘krak (prosoma)
2. Oldingi qorincha (mezosoma)
3. Keyingi qorincha (metosoma)
2-rasm: Xelitseraning morfologik tuzilishi.
Bosh ko‘krak (prosoma) dagi yaxshi rivojlangan 4 juft oyoq yurishga xizmat qiladi. Oldingi (mezosoma)dagi oyoq 1 juft oyoq jinsiy oyoqqa aylangan, qolgan bosh jufti esa suvda yashovchi formalarida nafas olishga xizmat qiladi. Ko‘zlari oddiy jinsiy organlarini yo‘li oldingi qorincha I bo‘g‘imiga ochilgan. Tuxum qo‘yib ko‘payadi.
Umuman Хeletseralilar - eng qadimgi poleozoy erasida rivojlangan va yuz mln. yillar davomida nihoyatda xilma-xil yashash muhitida hayot kechirishga muvofiqlashgan hayvonlar bo‘lganligidan adaptatsion evolyutsiya natijasida bir-biridan katta farq qiladigan guruhlar (sinflar, turkumlar) ga bo‘lingan. Lekin buni bir qancha avlodlari suvga yashash hususiyatini saqlab qolgan
Do'stlaringiz bilan baham: |