Termiz davlat universiteti xuramov I. P. Professional ta


III BOB. Professional ta’lim muasassalari tizimida rahbarlarining tashkiliy boshqaruv faoliyatini rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlari


Download 379.62 Kb.
bet13/14
Sana17.06.2023
Hajmi379.62 Kb.
#1544075
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Termiz davlat universiteti xuramov I. P. Professional ta

III BOB. Professional ta’lim muasassalari tizimida rahbarlarining tashkiliy boshqaruv faoliyatini rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlari .
3.1. Tajriba-sinov ishlari dasturi va uning mazmuni.
Professional ta’lim muasassalari tizimida rahbarlarining tashkiliy boshqaruv faoliyatini rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlarining mazmui” deb nomlangan uchinchi bobida, Professional ta’lim tizimi muassasalari rahbar hodimlarining ish samaradorligini shakllantirish tizimini rivojlantirish bo’yicha professional ta’lim muassaslarida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish imkoniyatlari, tahlili va ularning natijalarining samaradorlik darajasi ko’rsatkichlari o’rganib chiqilgan.
Professional ta’lim muassasalari rahbar hodimlarining ish samaradorligini shaklantirish tizimini rivojlantirish bo’yicha ta’lim muassasalarida o’tkazilgan tajriba-sinov ishlari o’zining ijobiy samarasini berdi. Tajriba-sinov o’tkazish jarayonida professional ta’lim muassasalarining turi (texnikum, va kasb-hunar maktablari) va rahbar hodimlarning vazifa darajalari (Direktor, Direktorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari, direktorning yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari, direktorning ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha o’rinbosari, direktorning moliya-iqtisod ishlari bo’yicha o’rinbosari, direktorning chet tillari bo’yicha o’rinbosari, harbiy chaqiriqqa qadar tayyorgarlik rahbari, bo’lim boshlig’i, bosh buxgalter), tanlab olindi.
Tajriba ishlari to’rtta ta’lim mussasinig 37 nafar rahbar xodimlari shu jumladan (Termiz shaxar kasb-hunar maktabi , Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat saalomatligi texnikumi , Jarqo’g’on tuman 1-son kasb-hunar maktabi hamda Jarqo’rg’on biznes va yengil sanoat texnikumlarida amalga oshirildi. Empirik tadqiqot ishida professional ta’lim tizimining rahbar xodimlari, shu jumladan, boshqoruv tizimi lavozimida faoliyat yuritayotgan xodimlarDirektor, Direktorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari, direktorning yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari, direktorning ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha o’rinbosari, direktorning moliya-iqtisod ishlari bo’yicha o’rinbosari, direktorning chet tillari bo’yicha o’rinbosari, harbiy chaqiriqqa qadar tayyorgarlik rahbari, bo’lim boshlig’i, bosh buxgalter”) tajriba guruxida 19 nafar ishtirokchi va nazorat guruxida 18 nafar ishtirokchi bilan olib borildi.
Biz kuzatishlar olib borgan professional ta’lim massasalarida rahbar xodimlarning ish faoliyatida yuzga kelayotgan muammolar va ularning faoliyatiga salbiy tasir etuvchi omillarni o’rgandik.
Birinchi bosqichda tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlarni tanlash va tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar va o’quv materiallari, pedagogik mahorat va uning rivojlanish jarayoni, mohiyati, mazmuni va tarkibiy qismlari, pedagogik eksperimentning aniqlash va nazorat qilish bosqichlari bo’yicha pedagogik diagnostika mezonlari va baholash tuzilmasini ishlab chiqildi.
Ikkinchi bosqichda amaliy professional tajribalar asosida tajribalarni umumlashtirish, adabiyotlarni o’rganish, pedagogik tadqiqotlarda g’oyalar, maqsad va vazifalarini aniqlashtirish, dissertatsiyaning metodologik tuzilmasini belgilash, tarmoq o’zaro hamkorlik sharoitida professional ta’lim tizimi rahbar xodimlarining kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish modelini ishlab chiqish amalga oshirildi. Shuningdek, muammolarni to’plash va tahlil qilish, kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishdaprofessional ta’lim jarayonining shakllarini aniqlash, pedagogik tajriba-sinov o’tkazish, fanlar blokining tegishli majburiy va fakultativ modullar shaklida kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning o’quv-uslubiy qo’llanmalarini ishlab chiqish amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich shakllantiruvchi pedagogik tajriba-sinovni o’z ichiga olib, unda ishlab chiqilgan metodik qo’llanmalardan ta’lim jarayonida foydalanish orqali professional ta’lim tizimi rahbar xodimlarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim jarayonining tashkiliy-metodik ta’minoti amalga oshirildi. Nazorat bosqichida tajriba ishlari natijalari baholandi va sharhlandi, ta’lim jarayoni mavzulari bo’yicha tavsiya va xulosalar shakllantirildi va tizimlashtirildi.
Pedagogik tajriba-sinovning aniqlovchi bosqichi uchun o’xshash ko’rsatkichni aniqlash uning qiymati 0.5 ga teng ekanligini ko’rsatdi. Bu esa tajribaning aniqlovchi bosqichida nazorat va tajriba guruhlariga kiritilgan professional ta’lim tizimi rahbar xodimlarining o’rtasidagi farqlar statistik jihatdan ahamiyatsiz ekanligini ko’rsatadi. Hisob-kitoblar natijalari tinglovchilarning kompetensiyalarini shakllantirishda muallifning xolis munosabati haqida xulosa qilish imkonini beradi va tajriba-sinov ishlari natijalarining ishonchliligini kafolatlaydi.
Nazorat bosqichida (ishlab chiqarishda)professional ta’lim tizimi rahbar xodimlarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda nazorat va tajriba guruhlarida faol muloqot va faol tinglash, yangi aloqalarni shakllantirildi, tajriba guruhida kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishda o’sish darajasini ko’rsatdi. Mezonlar bo’yicha baholash shuni ko’rsatadiki, kognitiv va motivatsion komponentga nisbatan eng katta o’zgarish kuzatilgan (1-jadval).
Agar dastlabki bosqichda tajriba guruh ishtirokchilarining faqat 3% kommunikativ kompetentligining motivatsion va shaxsiy mezonlari yuqori darajada tavsiflangan bo’lsa, pedagogik tajriba-sinov amalga oshirilgandan so’ng tajriba guruhidagi rahbarlarning 49% da yuqori daraja aniqlangan. Kommunikativ kompetentlikning kognitiv mezonini ishlab chiqish darajasi yuqori bo’lgan tajriba guruhi ishtirokchilarining ulushi 41% ga oshdi. Shu bilan birga nazorat guruhidagi takroriy diagnostika kommunikativ kompetentlikning rivojlanish darajasini baholashda muhim o’zgarishlarni keltirib chiqarmadi.
Rahbar xodimlarning kommunikativ kompetentliginirivojlanganligini aniqlashdarajalari:
1. Yuqoridaraja–tajribada qatnashgan professional ta’lim muassasai rahbar xodimlari muammoni aniqlaydi va shakllantiradi, o’z faoliyatini o’zi tashkillashtira oladi. Kommunikativ kompetentligi yetarli darajada rivojlangan.
2. O’rta daraja– professional ta’lim muassasai rahbar xodimlari mavjud namuna va to’plangan tajribaga asoslanib topshiriq bo’yicha o’z boshqaruv faoliyatini olib boradi.
3. Past daraja– professional ta’lim muassasai rahbar xodimlari boshqaruv faoliyatini amalga oshirish holatida emas. Kommunikativ kompetentligi yetarli darajada rivojlanmagan.



Download 379.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling