Texnik ijodkorlik


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

 
1-chizma 

 
2-chizma 
Yana bir misol. Ikki elementli modelning kо‗rinishlari berilgan bо‗lib, modelning ustidagi 
elementi xuddi shunday shakl va о‗lchamdagi chuqurchaga ostki asos qismi hisobiga 
almashtirilgan kо‗rinishi loyihalansin. 
О‗qituvchi modelning kо‗rinishlarini og‗zaki yoki yozma tafsifi orqali tushuntirib, ijodiy 
harakat yо‗lini kо‗rsatadi (23-chizma). Ikki elementli shaklni berilgandan boshqacharoq, 
о‗quvchining estetik didiga mos keladigan variantini о‗zi tanlashi mumkinligini eslatib о‗tiladi. 
Vazifani bajarish jarayonida о‗qituvchi о‗quvchilarga yо‗naltiruvchi – avval, umumiy keyin 
bevosita mavzuga yaqin evristik savollar berib, о‗quvchilarning refleksivtik hamda individuallik 
qobiliyatlarini ravshanlanishiga yordam berib turadi. Bunday yondashishda har bir о‗quvchi 


43 
о‗zining oldingi olgan bilimlari asosida yangi ijodiy qarashlar orqali о‗zlarining shaxsiy fikrlarini 
berilgan fazifani loyihalash yordamida namoyon etadi. 
Pedagogika oliy о‗quv yurtlarida muhandislik grafikasi (chizmachilik) darslarida 
talabalarga konstruktorlik masalalari: texnik detallarni shakllantirish, detallarga о‗lchamlar 
qо‗yish texnalogiyasi, qо‗yim va о‗tqazishlar, detallarga ishlov berish usullari texnalogiyasi
mashina detallarining texnalogiyalikligi, detallarni о‗zaro biriktirish usullari, inversiya, qо‗yilgan 
vazifani turlicha yechish, mashinalarni loyihalashning asoslari kabi nazariy bilimlardan keyin 
amaliy mashg‗ulotlarda berilgan sxema-chizma bо‗yicha loyihalash (konstruksiyalash) kabi turli 
kо‗rinishdagi masalalar bajariladi. 
Masalan, detallarni qisib turuvchi vintli moslamada kamchilik mavjud. Detalni chiqarib 
olish uchun vintni kо‗p marta aylantirishga tо‗g‗ri keladi. Moslamaning konstruksiyasiga shunday 
о‗zgartirish kiritish kerakki, vintning bir yoki bir yarim marta aylanishidan sо‗ng detal osongina 
chiqib ketsin. Ushbu jarayon loyihalansin.
Yoki moslamaning yig‗ish chizmasi berilgan. Undagi val aylanma harakat qilganda detal
yuqorilama va qaytma harakat qilsin kabi qо‗shimcha loyihalashga mо‗ljallangan masalalarni 
tashkil etadi.
Bunday masalalarni qayta loyihalash jarayonida evristik о‗qitish texnalogiyasidan 
foydalanish tavsiya etiladi. 
Talabalarga ushbu metodning qonun-qoidalariga binoan vaqti-vaqti bilan о‗qitish shakliga 
binoan umumiy maqsadli yо‗naltiruvchi savollar hamda о‗qitish metodiga binoan aqliy hujum 
uyushtirish lozim. 
Qо‗llanilayotgan о‗qitishning shakli va metodi orqali talabalarda ijodiy rivojlanishni 
kuzatish mumkin. 
Talabalarning har biriga individual vazifalar berilib, ularda shaxsiylik hissi uyg‗otiladi. 
Berilgan masalalarning individuallikligi talabada о‗z-о‗zini ijodiy rivojlanish, shaxsiy g‗oyalarni 
rо‗yobga chiqarish, turli gipoteza, loyihalash ishlarini bajarishni о‗zlashtirishga imkon yaratiladi. 
1. Evrika va evristik ta‘lim sо‗zlarini qanday tushunasiz?
2. Muhandislik grafikasi topshiriqlari mazmunini evristik maqom ostida tuzishning qanday 
afzalliklari mavjud? 
3. Ijodkorlik bilan evristik ta‘lim о‗rtasida qanday uyg‗unlik mavjud? 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling