Texnik konstruksiyalsh va


Download 216.03 Kb.
bet32/39
Sana05.04.2023
Hajmi216.03 Kb.
#1276623
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr

Ishni bajarish tartibi: Talabalardan o’zlariga tеgishli variantda bеrilgan «muammolar qutisi» turidagi tеxnik masalani еchish talab etiladi. Bunda dastlab 1-rasmda bеrilgan qurilmani yangidan loyihalash talab etiladi. So’ngra 2-rasmda bеrilgan qayta loyixalash turidagi tеxnik masalani yеchimini topishlari lozim, ya'ni qurilmada talab etilgan xarakatni olish uchun tushirib qoldirilgan uzеlni to’ldirishlari lozim.
Har ikkala usulda yеchilgan masalalarni avval sxеmatik tarzda, sungra yozma tavsifni bеrishlari lozim.
21. Seminar mashg‘uloti.
Mavzu: Texnologiya fan to’garaklari dasturlarini tahlil qilish va uni tuzish tartibi.
(2 soat)
Ishning maqsadi: Fan to’garaklari mazmuni, maqsadi va vazifalari, fan to’garaklari dasturlari tuzilishini, to’garak a’zolari faoliyatini tahlil qilish va to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazishni o’rganish.
Ishni bajarish tartibi:
1. Fan to’garaklari mazmuni, maqsadi va vazifalari.
2. To’garak fan dasturlari mazmuni, tuzilishi va ulardan foydalanish.
3. To’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish.
4.Olingan natijalar to‘g‘risida yozma hisobot tayyorlash.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Duradgorlik fan to’garagi maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
2. Duradgorlik fan to’garagi dasturi mazmuni va tuzilishi ketma-ketligini izohlang?
3. Duradgorlik fan to’garagi qanday tashkil qilinadi va o’tkaziladi?
4. Duradgorlik fan to’garagi ishtirokchilari qanday faoliyat ko’rsatadi?

Duradgorlik hunarmandchilikning eng qadimgi turlaridan biri bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Ibtidoiy jamiyatda ovchilik, baliqchilik qilish, o‘simlik ildizlarini kovlab olish kabi jarayonlarda tosh asboblar qatori duradgorlikning ibtidoiy buyumlari qo‘llanilgan. Tosh davriga oid topilmalar orasida tosh qurollarning yog‘och soplari, yog‘och qurollar (tayoq, yoy, nayza) va boshqalar uchraydi. Temir va bronza davri yodgorliklari duradgorlik kasbining ancha murakkablashganini, buyumlarining xili ko‘payganini ko‘rsatadi.


Kishilarning g‘orlardan chiqib uylar (chayla, chordoq, yerto‘la, paxsa, uy va bosh.) qura boshlashi, chorvachilik va dehqonchilik urf bo‘lishi, mol qo‘ralar qurish, omoch, g‘altak arava, ariq qaziladigan buyumlar va suv chiqarish vositalari (chig‘ir, tarnov) yasash, mehnat qurollari (belkurak, bolta, ketmon, o‘roq, pichoq) uchun soplar yasash duradgorlikning turli tarmoqlariga oid dastlabki namunalari vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Shu tarzda duradgorlik hunarmandchilikning muhim qismiga aylandi, mustaqil kasb sifatida ajralib chiqdi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida duradgorlik tarmoqlarining har biri mustaqil rivojlandi va murakkablasha bordi. Uysozlikning dastlabki ko‘rinishlari taraqqiy etib, paxsa tom, g‘isht, yog‘och uylar qurila boshlashi bilan bu tarmoq ichida yangi-yangi kasblar (eshiksozlik, derazasozlik, panjarasozlik, javonsozlik va bosh.) yuzaga kela boshladi.
Uysoz duradgorlar asosan uyning sinch, ustun, xari, to‘sin, vassa, sharafa kabi qismlarini yasab ularni joy-joyiga qo‘yganlar. Eshiksoz, derazasoz va panjarasozlar uy uchun maxsus eshik, deraza, panjara, darvoza va boshqalarni tayyorlaganlar. Duradgorlikning bir necha ming yillik taraqqiyoti uning ba’zi tarmoqlarining san’at darajasiga o‘sib chiqishini ta’minladi.
Asbobsozlik, yog‘och o‘ymakorligi, panjarasozlik, sandiqsozlik kasbida ishlovchi duradgor ustalari bu tarmoqlarning namunalarini yaratdilar. Musiqa asboblari (dutor, setor, chortor, tanbur, g‘ijjak, chang, doira, nay, surnay va boshqalar) yasovchi duradgorlik kasblari paydo bo‘ldi. Duradgorlik tarixida Xitoy yog‘och pardozlash (sayqal, jilo berish, bo‘yash, laklash) san’ati, Yevropa kemasozligi, o‘ymakorligi va boshqalar bilan mashhur.
O‘zbekiston hududida VIII-asrning boshlarida qurilgan masjid va madrasalarning eshiklari o‘ymakor naqshlar bilan bezatilgan. Samarqand, Buxoro, ko‘hna Urganch, Xiva, Pandjakent va boshqa shaharlardagi IX-XI asrlarga oid ko‘hna yodgorliklarda ishlatilgan yog‘och materiallardan duradgorlik arxitekturasining ajralmas qismi bo‘lganligini ko‘rish mumkin. XIX-asrning oxiri va XX- asrning boshlaridan o‘zbek duradgorligi Evropa va Rus duradgorlik elementlari bilan boyidi hamda duradgorlik mahsulotlarining yangi yevropacha nusxa va tiplari paydo bo‘ldi. Bu davrga kelib o‘zbek duradgorlaridan Ota Polvonov, Abdurazzoq Abdurahmonov, Sulaymon Xo‘jayev, No‘mon Ibrohimov, Qodirjon Haydarov va boshqalar yasagan buyumlar diqqatga sazovor bo‘ldi.
Hozirgi zamon duradgorligida yangi tipdagi uysozlik, dastgohsozlik, xo‘jalik jihozlari kabi tamoqlar keng rivojlanmoqda. O‘zbek duradgorchiligi Yevropa, va jahon duradgorligining eng yaxshi an’analaridan andoza olib rivojlanib bormoqda.
Ushbu to‘garakning asosiy vazifasi o‘quvchilarda turli buyumlarni yasash duradgorlik asboblari va dastgohlari bilan ishlash ko‘nikmalari va malakalarni hosil qilishdan iborat. Shuningdek, mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarga xalq amaliy san’ati tarixi, namoyondalari, maktablari va ularning ish uslublari, unda ishlatiladigan xom-ashyolar kabi bilimlarni berish bilan birgalikda, to‘garak a’zolarida izlanuvchanlik va yaratuvchanlik qobiliyatlarini oshirish, ularni mehnat qilishga va o‘z mehnati samarasidan faxrlanishga, zavqlanishga odatlantirish, bajargan ishlarining natijasini xolisona baholashga o‘rgatish, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishga, mehnat jarayonini mustaqil tashkil eta olishlariga ko‘maklashishdan iboratdir.
“Duradgorlik” to‘garagi dasturi ikki o‘quv yiliga mo‘ljallangan bo‘lib, jami 216 soatdan ajratilgan. Dasturdagi ajrtilgan soatlarning aksariyat qismi amaliy mashg‘ulotlr uchun ajratilgan bo‘lib, o‘quvchilarda izlanuvchanlik va yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 216.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling