Duradgorlikning ustaxonasida bo‘lishi lozim bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar.
1.Ustaxonaning jihozlari haqida plakat va chizmalar.
2.Duradorlik asbob turlari va ulardan foydalanish qoidalari haqida slaydlar va plakatlar.
3.Asbolarni charxlashga oid plakatlar.
4.Texnika xavfsizligiga oida plakatlar va film yozilgan disk.
5.Ish dastgohi va undan to‘g‘ri foydalanishga oid plakatlar.
Duradgorlik asboblari.
Duradgorlik asboblari yog‘ochni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dastaki yoki mexanik asboblardir. Ular asosan randalash, arralash, parmalash-o‘yish, o‘lchash-belgilash va yordamchi asboblarga bo‘linadi.
O‘lchash-belgilash asboblari va ular bilan ishlash.
O‘lchash-belgilash asboblariga chizg‘ich, metr (ruletka), go‘niya, pargar, shovun, shaytonlar, xatkash, porsi, go‘niya va boshqalar kiradi. Buyum detallarini tayyorlashdan eng oldin shu asboblar bilan rejalab ish boshlanadi.
Arra va uning turlari. Arralar bilan ishlash. Arralarning pichoqlari ishlatilishiga qarab 3 xil bo‘ladi.
1 si yog‘och materiallarni bo‘yiga arralaydi.
2 chisi yog‘och materiallarni eniga arrralaydi.
3 chisi yog‘och materiallarni aralashiga, ya’ni ham bo‘yiga, ham eniga arralaydi. Bunday arralar burch arralar deb ataladi. Bundan tashqari, yog‘och materiallarni faqat ko‘ndalangiga arralaydigan arralar ham mavjud bo‘lib, qo‘l arra deyiladi.
Qo‘l arralarning sarjin arra, chok arra, kalta arra, turtma arra kabi turlari mavjud.
Randa va uning turlari.
Randalar 2 turga, ya’ni tekis yuzalarni randalovchi va naqshdor yuzalar hosil qiluvchi randalarga bo‘linadi. Tekis yuzalar tuk randa, mush randa, japs randalardan foydalanib hosil qilinadi. Naqqshdor yuzalar hosil qiluvchi randalar esa nov randa, taroq randa, chok randa va chorapzal randa kabilardan iboratdir. Taxtalarni randalashda qo‘l kuchini taqsimlash katta ahamiyatga egadir. Randalashda chap qo‘l bilan randaning old tomonidan, o‘ng qo‘l bilan esa randaning orqa tomonidan ushlanadi. Radalashni boshlashda qo‘l kuchini ko‘proq chap qo‘lga, datalni o‘rtasini randalashda esa ikki qo‘lga barobar taqsimlash, detalning oxirini randalashda esa qo‘l kuchini ko‘proq o‘ng qo‘lga berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |