Texnik konstruksiyalsh va


Lobzikda faneradan to‘g‘ri va dumaloq shakllarni arralash


Download 216.03 Kb.
bet37/39
Sana05.04.2023
Hajmi216.03 Kb.
#1276623
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr

Lobzikda faneradan to‘g‘ri va dumaloq shakllarni arralash.
To‘g‘ri, dumaloq, to‘rtburchak kabi shakllarni arralashda har birining o‘ziga xos bo‘lgan arralash qoidalariga amal qilinib, turli yordamchi moslamalardan foydalaniladi.
Fanerani lobzik yordamida kesishda qisqich, botirmalardan foydalaniladi. Lobzik arrada faneradan to‘rtburchak, dumaloq va turli shakllar chizma asosida tuo‘g‘ri va dumaloq shakllar arralanib olinadi. O‘quvchilar lobzik arra bilan ishlashdan oldin albatta texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishlari tushuntirilib o‘tiladi.
Qalamdon shaklini chizish va arralash. Qalamdon haqida umumiy ma’lumot berilib, o‘quvchilarda qalamdon haqida tasavvur hosil qilinib, qalamdon shaklini chizish, andozasini karton qog‘ozga tushirish va tayyorlangan andozani faneraga chizib olib, lobzik yordamida arralash bosqichlari amalga oshiriladi va qalamdonning qirqilgan shaklari maxsus chizmalar asosida yelimlardan foydalanib yig‘iladi. Qisqichlar bilan qisib tayyor buyum pardozlanadi.
Quticha yasash uchun olti qirrali faneralar kesish. Hozirgi davrda o‘zbek xonadonlarining har birida turli hajmdagi qutichalarni uchratish mumkin. O‘tgan zamonda quticha ziynatlarni saqlaydigan buyum sifatida ishlatilgan bo‘lsa, hozirda san’a durdonalari sifatida muzeylarda saqlanmoqda.
Ilgich bittalik, uchtalik shaklini chizish va yasash. Ilgichlar shaklini chizish, yog‘ochga ishlov berish qoidalari.
Duradgorlikda ilma qoziqdan uy ro‘zg‘or va bino ichini bezashda foydalaniladi. Ilma qoziq shakli oddiy shakllardan biri bo‘lib, o‘quvchilarning dastlabki fikrlarini boyitishda ularni shakl topish uchun dastlabki izlanishlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Ilma qoziq uchun shakl topishdak maqsad ularning shaklini chiroyli, milliy va foydalanishga qulay qilishdir.
O‘quvchilar dastlab ilma qoziqning shaklini topish ustida izlanishlar olib boradi va mashg‘ulot jarayonida bir necha ko‘rinishda chizilgan shakllarni o‘qituvchiga ko‘rsatib ma’qul deb topganini tasdiqlatib oladi. Tasdiqlangan shakl yuzasiga mos kompozitsiya tuzishda oddiy naqsh bo‘laklaridan islimiy, pargori va bardodiy usullardan foydalanib bittalik ikkitalik, uchtalik ilgichlar yasaladi ularga ishlov berib, pardozlanadi.

Download 216.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling