Texnik konstruksiyalsh va
Yo‘nuvchi va o‘yuvchi iskanalar, ular bilan ishlash
Download 216.03 Kb.
|
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Duradgorlik birikmalari.
- Oddiy birikmalar
Yo‘nuvchi va o‘yuvchi iskanalar, ular bilan ishlash. Iskanalar 2 xil bo‘lib, 1 chisi yo‘nuvchi iskana deyiladi. Bu iskanalar qo‘l kuchi bilan yo‘nib ishlanadigan randa ishlatib bo‘lmaydigan joylarga ishlov berishda qo‘llaniladi. 2 chisi o‘yuvchi iskana bo‘lib, tashqi kuch ta’siri ostida ishlatiladi, ya’ni bolg‘a bilan urib ishlanadi. Bu iskanalar yog‘ochlarda teshiklar, uyachalar hosil qilishda, quloqchalar ochishda katta yordam beradi. Yo‘nuvchi iskana bilan o‘yuvchi iskanalar bir-biridan tashqi ko‘rinishi jihatidan, dastlarning ikki tomonida xalqasi bo‘lishi, o‘tkirlik burchaklari bilan farq qiladi. Yo‘nuvchi iskanaga tashqi kus ta’sir etmaydigan bo‘lgani uchun faqat dastasining pastki tomonida xalqachalar qo‘yiladi hamda o‘tkirlik burchagining kichik bo‘lishi bilan ajralib turadi. Chunki pichoq yupqa bo‘ladi.
Burg‘ilar bino qurishda sarrovlarni teshishda ishlatilib ishlatilib, eni 20 mm da 60 mmgacha, uzunligi 500-700 mm gacha bo‘ladi. Duradgorlikda ishlatiladigan parmalar kesuvchi qismining tuzilishi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Duradgorlik parmasining pichoqlari 5 xil bo‘ladi: -qoshiqsimon parma -perosimon parma -nov parma -pyorka -spiral pichoqlardan iborat. Yana bir parma “drel” deb ataladi. U asosan slesarlik parmasi bo‘lib, turli xil o‘yiqlar, teshiklar ochishda, oshiq-moshiqlarning teshigini kengaytirishda ishlatiladi. Duradgorlik birikmalari. Duradgorlik yo‘li bilan tayyorlanadigan buyumlarning, mebellarning qismlari bir-biriga turli usullar bilan biriktiriladi. Birikmalar hosil qilishda har xil biriktiruvchi materiallardan foydalaniladi va unda bir necha bog‘lash usullari qo‘llaniladi. Buyumlarning qanday materiallardan tayorlanishiga va qanday maqsadda ishlatilishiga, unga qanday sifat berilishiga qarab detallar oddiy yoki murakkab ko‘rinishda biriktiriladi. Oddiy birikmalar. Oddiy birikmalar deb mix va shuruplar yordamida biriktiriladigan birikmalarga aytiladi. Oddiy birikmalar bir necha turlardan iborat. uchma-uch birikma-bunda ikki detalning chokini bir-biriga to‘g‘rilab, chok bo‘lgan joyining ustiga kichik bir taxtacha qo‘yib mixlanadi. burchakli birikmalar- bunda ikki detalning uchi 45 gradusdan kesilib, bir-biriga to‘g‘rilanib mix bilan qoqiladi. tirnoqli birikma- bunda ikki detalning bir uchidan yarim yog‘och kesib olinib, detallarning uchlari bir-biriga ustma-ust tushirib, mix qoqiladi. Bunday ulashlarda yog‘ochlar bo‘yiga uzaytiriladi. Binokorlikda yog‘ochni ana shunday uzaytirib, ishlatish keng qo‘llaniladi. Oddiy birikma orqali yog‘ochlarni eniga ham uzaytirish mumkin. Masalan eshik, darvozalar yasashda ana shu usuldan foydalaniladi. Bunda yog‘ochdagi yillik xalqalarning joylashishiga e’tbor berish kerak. Download 216.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling