Texnik konstruksiyalsh va


To‘garak a’zolari quyidagilarni bilishlari lozim


Download 216.03 Kb.
bet33/39
Sana05.04.2023
Hajmi216.03 Kb.
#1276623
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr

To‘garak a’zolari quyidagilarni bilishlari lozim:
-“Duradgorlik" hunari tushunchasi, namoyondalari va ularning ish uslublarini;
-duradgorlikda ishlatiladigan xom-ashyolar, asbob-uskunalarni;
-duradgorlikda foydalaniladigan dastgohlar va ularning vazifasini;
-yog‘och, ularning turlari va xususiyatlarini;
-duradgorlikda foydalaniladigan asboblar turlari va ulardan foydalanish qoidalarini;
To‘garak a’zolari quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim:
-duradgorlikda ishlatiladigan xom-ashyolarni va asbob-uskunalardan foydalana bilish;
-duradgorlik dastgohlaridan foydalanish;
-yog‘ochga ishlov berish dastgohlarini ishlatish;
-arra, randa, iskanalardan to‘g‘ri foydalanish;
-lobzik arrada faneradan turli shakllarni arralash;
-lobzik yordamida kesishda qisqich, botirmalardan foydalanish;
-turli buyumlar shaklini chizish va arralash;
-qirqilgan shakllarni yig‘ish;
To‘garak a’zolari quyidagi malakani egallashlari lozim:
-duradgorlikda ishlatiladigan xom-ashyolar va asbob-uskunalardan mustaqil foydalanish;
-duradgorlik dastgohlarini mustaqil ishlatish;
-turli xil hajmdagi va shakldagi buyumlarni yasash;
-yasalgan buyumlarga bezak berish;
-pardozlash ishlari.
Duradgorlik haqida tushuncha.
Duradgorlik kasbi shunday kasblardanki, bunchalik xalq turmushiga singib ketgan kasblar kam topiladi. Shuning uchun bu kasb o‘quv predmetiga aylanib, ta’lim muassasalarida o‘qitilib kelinmoqda. Duradgorlik tomondan yasalgan buyumlar har bir xonadonda ko‘plab topiladi.
Duradgorlikning ustaxonasida xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi.
Duradgorlik ustaxonasi binoning 1 qavatida joylashishi, unga yorug‘lik yaxshi tushib turadigan bo‘lishi kerak. Ustaxonaning yarim podval yoki podvalga joylashishi gigiyenik nuqtai nazardan qat’iyan man qilinadi. Ustaxona uchun qo‘yiladigan maxsus talablardan biri unga tabiiy yorug‘lik yaxshi tushishi, xona isitilishi va shamollatilishi kerak. Eng muhimi ustaxonada xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak. Ustaxonada yong‘in xavfsizligiga alohida e’tibor berish lozim. Chunki yog‘ochdan chiqqan qirindilar tez yonadi. Shuning uchun elektr isitkich asboblar, elektr plitalarga maxsus belgilangan joy bo‘lishi lozim. Ustaxona o‘t o‘chirish inventarlari bilan jihozlanishi va bunda quyidagilarga e’tibor berishlari lozim:
1.Ish boshlashdan oldin ish kiyimlarni to‘g‘ri kiyib, ularning tugmalarini taqib olish.
2.Ishlayotganda kerakli yog‘ochni dastgohga mahkamlab, mustahkamligini tekshirib ko‘rish;
3.Kesuvchi asboblarning tig‘i o‘tkir yoki o‘tmasligini tekshirish.
4.Arra bilan ishlaganda gaplashmasdan, hushyorlik bilan ishlash.
5.Randa bilan ishlaganda randaning sozligini tekshirish.
6.Yelim tayyorlashda, uni eritishda elektr asboblardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish.
7.Ishdan keyin qolgan materiallar va tugatilmagan ishlarni navbatchiga topshirish.
8.Asboblarni artib, tozalab joyiga qo‘yish.
9.Ish dastgohlarini qirindi payraxlaridan tozalashda maxsus cho‘tkalardan foydalanish.
10.Ustaxonada meditsina aptechkalari bo‘lishi shart. Agar biror o‘quvchining qo‘li kesuvchi asboblar bilan jarohatlanib, qon ketayotgan bo‘lsa, uni to‘xtatish uchun jarohatlangan joyning yuqori qismidan bog‘lab qo‘yish va uni tezda yaqin oradagi tibbiy yordam ko‘rsatish muassasiga olib borish lozim.

Download 216.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling