Texnik stansiyalarda vagon oqimlarini tashkil etish va boshqarish texnologiyasini takomillashtirish


Download 417.08 Kb.
bet2/3
Sana18.11.2023
Hajmi417.08 Kb.
#1785453
1   2   3
Bog'liq
PRIZENTASIYA STIPENDIYA

Ishning obyekti. sifatida O‘zbekiston temir yo‘llari AJ tasarruidagi “Chuqursoy” saralash stansiyasi olingan.
1-rasmdan kо‘rish mumkinki “Chuqursoy” saralash stansiyasining parklari ketma-ket joylashgan. Bunday joylashuv vagonlar oqimiga ishlov berishda juda muhim hisoblanadi. Ammo ma’lumki har qanday sxematik joylashuvda ham stansiyaning ish jadalligini belgilab beruvchi elementlardan biri bu saralash tepaligidir. Demak, bu stansiyaning vagonlar oqimini qayta ishlashdagi asosiy “zaif joy”i hisoblanadi (1-rasm).
“Chuqursoy” stansiyasida vagonlarning har bir saralash elementida qancha vaqt sarflashi tahlil qilindi va natijasi 2-rasmda keltirildi.

2-rasm. Qayta ishlanadigan vagonlarning har bir saralash elementida о‘rtacha vaqt sarfi ulishi
Saralash tepaligida eng kam vaqt sarflanishiga (2-rasm) qaramay ushbu elementning qanday jihozlanganligi stansiyaning qayta ishlash qobiliyatini oshirishda muhim rol о‘ynaydi.
Jo‘natish parki 31%, saralash parki 52%, saralash tepaligi 4%, qabul qilish parki 13%.


Texnik stansiyalarning asosiy vazifasi vagonlarning stansiyada turishini minimal va texnologik jihatdan asoslangan holda vagon oqimlarini qayta ishlash va poyezdlarni optimal rejimda tuzishdan iborat. Shuning uchun ham texnik stansiyalarning asosiy ish kо‘rsatkichi “vagonlarning turish vaqti” hisoblanadi. Ushbu kо‘rsatkich bajarilishi hozirgi kunda tranzit qayta ishlanadigan va ishlanmaydigan hamda mahalliy vagonlar uchun alohida hisoblanadi.
О‘TY” AJ tasarrufidagi texnik stansiyalarda vagon oqimlarini tashkil etish va boshqarish ishlarida vagonlar bilan turli amallarni bajarish jarayonlarida samarasiz vaqt yо‘qotishlari belgilangan texnik meyorlardan ortib ketmoqda. Jumladan, statistik ma’lumotlarga kо‘ra ish hajmi bо‘yicha eng yirik stansiya hisoblanmish Chuqursoy stansiyasida vagonlar turish vaqti о‘rtacha 1-5 soatga oshib ketishini kuzatish mumkin.
Bu kabi samarasiz vaqt yо‘qotishlarini bartaraf etish uchun vagon oqimlarini tashkil etish va boshqarish bо‘yicha stansiya ish texnologiyasi samaradorligini oshirish zarur hisoblanadi. Shuning uchun men о‘z ilmiy ishimda ushbu texnik stansiyada vagonlarni qayta ishlash jarayonini imitatsion modellashtirish orqali oshirishni maqsad qilganman. Bunda vagonlarni stansiyaga qabul qilib jо‘natishgacha bо‘lgan jarayonlarni avtomatik ravishda nazorati о‘rnatiladi. Bunga hozirgi kunda stansiyada yuritilayotgan meyoriy hujjatlar va qabul qilish va jо‘natish parklari hamda saralash tepaligi ishini raqamlashtirish hisobiga erishiladi. Buning natijasida vagonlar turish vaqti о‘rtacha hisobda 15-20% ga kamaytirishga erishiladi. Iqtisodiy samaradorlik esa, vagon, manyovr va poyezd lokomotivlarining о‘rtacha turib qolish vaqti harajatlarini kamaytirish natijasida yuzaga keladi.
Misol tariqasida hozirgi kunda 1 ta vagonning о‘rtacha turib qolish harajati 16500 sо‘mni tashkil etadi. Chuqursoy stansiyasida bir sutkada о‘rtacha 1100 ta vagon qayta ishlanadi. Demak, Chuqursoy stansiyasida vagonlar turish vaqtini 1 soatga kamaytiradigan bо‘lsak, kutiladigan iqtisodiy samaradorlik sutkasika 18 mln 150 ming, yiliga esa, 6 mlrd. 624 mln 750 mingni tashkil etadi. Bundan tashqari lokomotivlar yoqilg‘i harajatlaridan hamda ish jarayonini raqamlashtirish hisobiga ishchilar oylik fondidan ham iqtisodiy samaradorlikga erishish imkoniyati mavjud.
Hozirgi kunda “vagonlar turish vaqti” ko‘rsatkichlari ya’ni, tranzit qayta ishlanuvchi va ishlanmaydigan hamda mahalliy vagonlar bo‘yicha turli xil usullardan foydalangan holda aniqlanadi. Jumladan, texnik stansiyalar eng asosiy ish ko‘rsatkichi hisoblangan tranzit qayta ishlanuvchi vagonlar turish vaqti saralash stansiyasi ishi misolida quyidagi analitik ifoda yordamida aniqlanadi
(1)
bu yerda qabul qilish parkida vagonlarning poyezd qabul qilingan paytdan boshlab tarkibni tarqatish boshlanishigacha turgan vaqti, soat; saralash tepaligida tarkibni tarqatish vaqti, soat; vagonlarning saralash parkida turish vaqti, soat; vagonlarning jo‘natish parkida tarkibni tuzishni tugallash yoki uni poyezd jo‘nashidan oldin jo‘natish parkiga olib o‘tishgacha turgan vaqti, soat.
Vagonlarning qabul qilish parkida turish vaqti quyidagi elementlardan iborat:
(2)
bu yerda qabul qilish parkida tarkibni mahkamlash va to‘sish vaqti, soat; qabul qilish parkida tarkibga qayta ishlov berishni kutish vaqti, soat; tarkib kelgandan so‘ng qayta ishlov berish vaqti, soat; tarqatishni kutish vaqti, soat;
Vagonlarning saralash parkida turish vaqti quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
soat (3)
bu yerda saralash parki yo‘llarida vagonlarning yig‘ilish vaqti, soat; tarkib tuzilishini va uni jo‘natish parkiga olib o‘tishni kutish vaqti, soat; tarkibni tuzish va uni jo‘natish parkiga olib o‘tish vaqti, soat.
Vagonlarning jo‘nash parkida turish vaqti quyidagi elementlardan tashkil topgan
(4)
bu yerda jo‘natish parkida tarkibni mahkamlash va to‘sish vaqti, soat; ishlov berishni kutish vaqti, soat; poyezdni jo‘natish bo‘yicha qayta ishlov berish vaqti, soat; poyezdni lokomotiv bilan ta’minlash vaqti, soat; poyezdni tormoz bilan ta’minlash vaqti, soat; jo‘nashni kutish vaqti, soat.
Tranzit qayta ishlanmaydigan vagonlarning stansiyada turish vaqti quyidagi ifoda orqali aniqlanadi
(5)
bu yerda i yo‘nalishdan qabul qilingan va j yo‘nalishga jo‘natilgan qayta ishlanmaydigan tranzit vagonlar soni, ko‘rsatilgan vagonlarning stansiyada turish vaqti, soat.
Ikkilangan (ortish-tushirish) yuk amallarida mahalliy vagonlarning turish vaqti quyidagi ifoda orqali aniqlanadi
(6)
bu yerda saralash parkida yig‘ilish jarayoni (vagon(lar)ni yuk obyektiga uzatishgacha bo‘lgan davrda) vaqti, soat; bir nechta yuk punktlari uchun saralash parkida mahalliy vagonlarni jamlash vaqti, soat; yuk punkitiga uzatish vaqti, soat; yuk tushirish frontiga vagonlarni joylashtirish, soat; vagonlardan yuk tushirish vaqti, soat; yuk tushirilgandan keyin vagonlarni yig‘ish vaqti, soat; ikkilangan yuk amallarini bajarish uchun vagonlarni boshqa yuk frontiga olib o‘tish vaqti, soat; yuk ortish frontiga vagonlarni joylashtirish, soat; vagonlarga yuk ortish vaqti, soat; yuk ortishdan keyin vagonlarni yig‘ish vaqti, soat; vagonlarni yuk punktidan stansiya yo‘liga olib chiqish vaqti, soat; mahalliy vagonlarni belgilangan yo‘nalishlari bo‘yicha saralash vaqti, soat; yuk punktining belgilangan manzilining to‘liq tarkibiga qadar saralash yo‘lida yig‘ilish vaqti, soat;
Mahalliy vagonlarning amallararo kutishlari tranzit qayta ishlanuvchi vagonlar bilan bir xil bo‘ladi.
Hozirgi kunda yuqorida keltirilgan (1)-(6) ifodalar “Texnik stansiyalar ishining na’munaviy texnologik jarayoni”da belgilangan usullarga muvofiq me’yorlanadi.
Vagonlarning texnik stansiyalarda turish vaqti me’yorlari qayta ishlanuvchi va ishlanmaydigan hamda mahalliy vagonlar uchun ratsional ishlash texnologiyasini hisobga olgan holda alohida hisoblanadi.
Ko‘pchilik texnik stansiyalarda hozirgi kungacha vagonlar turish vaqti “Stansiyaning sutkalik ish reja grafigi”ni tuzish orqali me’yorlanadi. Ushbu “Stansiyaning sutkalik ish reja grafigi” ma’lumotlariga ko‘ra, stansiyaning sifat ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun vagon-soat sarflari aniqlanadi. Ushbu sarflar stansiya uchun jami va elementlarga bo‘lingan holda sutkalik vagon-soatlarni yig‘ish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi. Amallar kutishlar uchun vagon-soatlar sarfi alohida aniqlanadi. Natijada stansiyaning ish tavsifini belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimi shakillanadi.
Vagonlar turish vaqtini bunday me’yorlash usulida odatda faqat stansiyaning ish hajmi, texnik jihozlanganlik va ish texnologiyasi parametrlari hisobga olinadi (1-rasm). Bu shuni ko‘rsatadiki, vagonlarning turish vaqtini texnik jihatdan me’yorlashning mavjud tizimlarida vagonlarga qayta ishlov berish jarayonidagi samarasiz vaqt yo‘qotishlari sabablari ta’siri inobatga olinmaydi. Bu o‘z navbatida amaldagi me’yorlash usullarini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari texnik me’yor har oy uchun alohida hisoblanadi.


Download 417.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling