4.5. Mualliflik texnologiyasi
0 ‘qitish texnologiyasi pedagogik strategiya sifatida talaba va
o‘qituvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish vositalariga ega
bo‘ladi. Bunday texnologiyalarga quyidagilami keltirish mumkin:
•
pedagogik jarayonda shaxsni ko^zda tutishga asoslangan pedagogik
texnologiya (Sh.A.Amonashvili texnologiyasi);
• o'quv materialini sxemalar va modellar ishorasi asosida o'qitishni
jadallashtirish texnologiyasi (VF.Shatalov texnologiyasi);
•
o'quv jarayonini samarali boshkarish va tashkil etish asosiga qurilgan
texnologiya (S.N.Lisenkova texnologiyasi va N.P.Guzikning oiqitish tizimini
rejalashtirish texnologiyasi);
• o'qitishni individuallashtirish texnologiyasi (Inge Unt, A.S.Graniskaya
va VD.Shadrikovlar texnologiyasi);
•
0
‘qitishni dasturlash texnologiyasi (B.P. Bespalko).
4.5.1. Shaxsni ko‘zda tutishga asoslangan pedagogik texnologiyalar
Shaxsni ko‘zda tutishga asoslangan pedagogik texnologiya asosida
insonparvarlik falsafasi, psixologiyasi va pedagogikasi yotadi.
Bu texnologiya
shaxsga
tayanadi.
U
o‘zini namoyon qilishga, yangi
tajribalami idrok qilishga maqsad sari intilgan, ongli, ma'suliyatli shaxsdir.
Shaxsni ko‘zda tutish texnologiyasi har tomonlama rivojlangan shaxs-
fuqaroning shakllanishi, ijodiy qobiliyatini namoyon qilish, ma’naviy-
ahloqiy taibiya bilan bevosita bog‘langan intellektual rivojlanishga qaratilgan.
Ta’lim mazmuni shaxsning shakllanishi yuz beradigan ayni muhitdir.
Hamkorlik pedagogikasi
Hamkorlik pedagogikasi XX asming 80-yillarida rivojlana boshladi va
ta’limdagi ko'pgina innovatsion jarayonlami hayotga chorladi. Bu texnologiya
negizida taniqli ms va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi. Ular
K.D.Ushinskiy, N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, J.J. Russo, Ya.Korchak,
K.Rodjers, E.Bem, S.T.Shaskiy, V.A.Suxomlinskiy va boshqalardir.
Hamkorlik pedagogikasi 4ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
•
Do'stlaringiz bilan baham: |