Texnologiyalar va pedagogik mahorat
Download 5.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- Formal nazariya yoki didaktik formalizm
formal nazariyasini belgilab berdi. Ta’lim mazmunining material nazariyasi
ayrim manbalarda didaktik materializm yoki qomusiylik (ensiklopediznf deb yuritildi. Bu nazariyaning asosiy maqsadi fanning turli sohalaridan mumkin qadar ko‘p miqdorda bilim berishidir. Bunday qarashni Ya.A. Komenskiy ham yoqlagan u o‘zining darsligida o‘quvchilarga zarur bo‘lgan barcha bilimlami joylashtirish uchun ko‘p yillik hayotini bag‘ishladi. Ya.A. Komenskiyning zamondoshi ingliz shoiri va tarixchisi Djon Milton (1608-1674) ham ta’lim mazmunini shunday tushungan. Formal nazariya yoki didaktik formalizm ta’lim mazmunini qobiliyatlar va bilishga bo‘lgan qiziqishni o‘stirish vositasi sifatida tushuntiradi. Didaktik formalizmning nazariy asosini bir faoliyat sohasida olingan bilim va ko‘nikmalami ikkinchisiga ko‘chirish holati tashkil etadi. Qadimgi yunon olimi Geraklit didaktik formalizm tarafdori bo‘lgan. Uningcha, “Ko‘p bilim aql o‘rgata olmaydi”. Siseron ham shunday fikrdadir. Yangi davrga kelib, I.I. Pestalossi hamda I. Kant falsafasi neogumanizm g‘oyasiga asoslangan holda, didaktik formalizm nazariyasini olg‘a suradi. Ulaming fikricha, o‘qitishning bosh maqsadi “o'quvchining to'g'ri fikrlash yokifomal ta ’limi 'hi kuchaytirishdan iboiat. Bunga yaqin fikrlami A Disterveig o‘zining “Nemis o‘qituvchilariga qo‘llanma”sida (1850) ham bayon qilgan edi. Ta’lim mazmuni formal nazariyasi o‘qituvchilarining xizmatlari shunda ediki, ular ta’lim oluvchilaming qobiliyati, bilishga qiziqishlari, ulaming diqqati, xotirasi, tasawuri, tafakkurini o‘stirish zarurligiga diqqatni qaratdilar. Bu nazariyaning ojizligi esa ulaming ta’lim dasturlarida ko‘proq ko‘rgazmali predmetlari (til, matematika)ning aks etganligida edi. Har ikkala nazariya K.D. Ushinskiy tomonidan qattiq tanqid qilindi. U shunday yozgan edi: “Aqlning formal rivojlanishi bu muhim bo‘lmagan belgi, chunki aql haqiqiy real bilimlarda rivojlanadi” (K.D. Ushinskiy, Asarlar to‘plami. 8-jild, 661-b.) K.D. Ushinskiy fikriga, maktab insonni bilimlar bilan boyitishi va ayni zamonda bu boylikdan foydalanishni o‘rgatishi lozim. U didaktik formalizm va didaktik materializm birligi g‘oyasini yoqlab chiqdi. XIX va XX asr oralig‘ida AQShda didaktik utilitarizm konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Bu g‘oya amerikalik pedagog Dj. Dyuiga tegishlidir. Yevropada bu yo‘nalish bo‘yicha taniqli nemis pedagoj. R. Kershenshteyn fikr bayon qilgan. Dj. Dyuining aytishicha, alohida olingan o‘quv fanlari mazmuni orasidagi aloqalaming manbai ta’lim oluvchilaming individual va ijtimoiy faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat turlari optimal dastumi o ‘quv fanlarining ketma- ketligi va uzviyligi asosida emas, baUd o‘quvchining erkinligida, uning tajribalari bilan bog‘langan xulqining yangi munosabatlari va tiplarini shakllantirish asosida ta’minlaydi. Didaktik utilitarizm amerika maktablarining ham ta’lim mazmuniga, ham o‘quv ishlari metodlariga kuchli ta’sir etdi. Buning natijasi o‘laroq ta’lim oluvchilarga maksimal darajada erkinlik berildi. Jumladan, majburiy va fakultativ fanlar sifatida ajratilgan o‘quv fanlarini tanlab o‘qitishga ijozat berildi. 0 ‘quv-tarbiya jarayoni o‘quvchilaming individual talablari (tanlovlari)ga moslashtirildi. Polshalik olim V. Okun funksional materializm deb nomlanuvchi ta’lim mazmuni nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariya asosida esa bilimning faoliyat bilan integral aloqasi qoidasi yotar edi. Bu nazariyada jamiyatning ta’limga qo‘yiladigan talablari va o‘quvchilaming individual tanlovlari birligi sezilib turadi. 50-yillar o‘rtalarida dasturlashtirilgan ta’limning yuzaga kelishi munosabati bilan ta’lim mazmunining operational strukturizatsiya nazariyasi ishlab chiqildi. Bu nazariya qay tarzda o‘qitish kerak degan savolga javob berishga qaratilgan. Bu nazariya tarafdorlari o‘quv fanlari mazmuni va ular orasidagi bog‘lanishni sinchiklab tahlil qilish zarurligini uqtiradilar. Bu tahlil programmalashtirilayotgan matnni oldindan aniq va konkret belgilash imkonini beradi. Download 5.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling