Texnologiyasi


Hayvonlar organizmining funksiyalari


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet121/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Hayvonlar organizmining funksiyalari
H ar qanday tirik organizmdagi kabi hayvonlar organizm ida ham
m oddalar almashinuvi, q o ‘zg‘aluvchanlik va urchish jarayonlari asosiy 
rol o ‘ynaydi. M oddalar almashinuvi to ‘xtashi bilan organizm ning 
hayoti ham tugaydi, bu esa oqsillam ing parchalanishiga olib keladi.
189


M oddalar alm ashinuvida m oddalar parchalanib (dissimilatsiya), ular 
o'rn ig a yangi m oddalar hosil b o £lib (assimilatsiya) turadi. M oddalar 
alm ashinuvi jarayoni ovqat hazm qilish, nafas olish, qon va limfa 
aylanishi, siydik ayirish a ’zolari va ichki sekretsiya bezlari orqali 
sodir b o ‘lib turadi.
Ovqat hazm qilish a ’zolari tizimi organizmga tashqi m uhitdan kir- 
gan oziq m oddalar hazm b o ‘lishiga xizmat qiladi. Bu oziqlar mexanik 
va kimyoviy ravishda tegishlicha ishlanib, eriydigan moddaga aylanadi 
ham da qon va limfa tomirlariga so‘riladi, hazm b o ‘lmagan qoldiqlar 
tashqariga chiqarib yuboriladi. Ovqat hazm qilish a ’zolari tizimiga: 
og‘iz bo'shlig'idagi a ’zolar, so'lak bezlari, halqum , qizil o ‘ngach, 
m e’da (oshqozon), ingichka ichaklar (jigar va m e’da osti bezlari) va 
orqa chiqaruv teshigi bilan tugaydigan y o 'g 'o n ichaklar kiradi.
Nafas olish a ’zolari tizimi tashqi muhitdan kislorod olib, karbonat 
angidrid chiqarish uchun xizmat qiladi.
Bu tizimga: burun teshiklari, burun b o ‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak 
va o‘pka kiradi.
Q on va limfa aylanish tizim i, ya’ni yurak - tom ir tizim i qon va 
lim fadan iborat bo'lib, ular yordamida organizm b o ‘ylab tom irlarda 
qon to ‘xtovsiz harakat qiladi. Y urak-tom ir tizimi organizmga ovqat 
hazm qilish va nafas olish a ’zolaridan barcha oziq moddalar va kislorodni 
tegishli joyga yetkazib beradi. Organizmda paydo bo'lgan keraksiz m od­
dalar buyrak, o ‘pka va boshqa a ’zolar orqali tashqariga chiqarib yubo­
riladi. Ayirish a ’zolari bir juft buyrak, bir juft siydik y o ‘li, siydik 
pufagi va siydik chiqarish kanalidan iborat.
Ichki sekretsiya a ’zolari tizimi gipofiz, epifiz, timus, qalqonsi- 
m on bez, qalqon oldi bezi, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar va oshqo­
zon osti bezidan iborat bo'lib, qonga turli kimyoviy ta ’sirlar o'tkazuvchi 
gorm onlar ajratadi. G orm onlar esa m odda alm ashinuvi jarayonini 
boshqarib turadi.
Qo'zg'aluvchanlik tirik organizmlaming tashqi va ichki ta ’simi qabul 
qilish, unga javob qaytarish xossasidir. Hayvonlarda qo'zg'alish va unga 
javob reaksiyasi asab, muskul tizimlari, bez apparatlari va teri orqali 
amalga oshiriladi.
Asab tizim i markaziy va periferik qismlardan iborat bo'lib, m arka­
ziy asab tizim iga bosh va orqa miya kiradi. Periferik asablar ta ’sim i 
qabul qiluvchi va javob qaytamvchi asab uchlaridan iborat bo'ladi.
190


T a’sirni qabul qiluvchi asab uchlari tashqi m uhitdan ta ’sir olib, ularni 
bosh miyaga, u yerdan javob beruvchi a ’zolarga — muskullarga va 
bezlarga yetkazadi, bu bilan refleks hosil b o ‘ladi, ya’ni ta ’sirga javob 
beriladi. Asab tizimi barcha a ’zolar tizimlarining ishini bir-biri bilan 
bog'laydi, natijada organizm ning tashqi m uhit bilan bir butunligi 
vujudga keladi.
M uskul tizim i muskullardan iborat, ular asab tizim i impulslari 
ta ’sirida qisqarish fimksiyalarini bajaradi. Muskullar skeletlarga birik- 
kan bo'ladi va tana harakatlarini vujudga keltiradi. Skelet suyak, tog‘ay 
va paylardan tuzilgan bo'lib, tana shaklini hosil qiladi.
Teri hayvon tanasining tashqi qoplamasi, u tashqi m uhit bilan 
aloqada b o ‘ladi. Terida ta ’sirni qabul qiluvchi asab tolalari bor.
U rchish organizm ning yangi individ hosil qilish jarayonidir. Ur- 
chish jarayoni erkak va urg'ochi hayvon I arda tuzilishi bir xil bo ‘lmagan 
ko‘payish a ’zolari yordam ida amalga oshadi. Erkaklik jinsiy hujayralar
- urug‘donda rivojlanib, urug' yo'li orqali jinsiy a ’zoga va undan urg'ochi 
hayvonlar jinsiy a ’zosiga tushadi. U rg'ochi hayvonlarning tuxum hu- 
jayrasi sperm a bilan q o ‘shilib, urug‘lanadi va em brion bachadonda 
rivojlana boshlaydi. Urchish jarayoni ham asab tizimi va ichki sekretsiya 
a ’zolari bilan cham barchas bog'liq bo'ladi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling