Tibbiyot tarixi


Tosh davridan so‘ng bronza davri keldi


Download 105.18 Kb.
bet10/13
Sana09.01.2022
Hajmi105.18 Kb.
#255575
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
FkcUFf6CnMMV6oiGL9THO i4xIZ4Bte1

Tosh davridan so‘ng bronza davri keldi. Odamlar tog'larda va ochiq dalalarda toshga o'xshagan, lekin ursa sinmaydigan, ya’ni ishlov berish mumkin bo’lgan m a’danlar borligini bilib, ulardan turli buyumlar yasay boshladilar. Bu topilmalarning ko‘pchiligini mis (yunoncha enus) tashkil etgan. Birinchi yasalgan buyumlar va qurollar shu misdan ishlangan. Shuning uchun bronza davrining dastlabki bosqichini eneolit (mis davri) deb ataganlar.

So‘ng misga boshqa metallarni qo‘shib (qalayi, qo‘rg‘oshin) ishladilar va unga bronza deb nom berdilar. Bronza qattiqlik va yumshoqlikda eng qo’lay metall bo‘lib chiqdi. Undan turli shaklda va turli o‘tkirlikda har xil qurol va asboblar yasaldi. Tibbiy muolaja asboblari ham bronzadan ishlana boshladi.

Xususan, jarrohlik pichoqlari, qaychilar, kateterlar, ninalar (ignalar), suyak qirqadigan va qiradigan iskanalar shu bronzadan yasaldi. Bular yordamida ancha m u r a k k a b jarrohlik operatsiyalari bajariladigan bo‘ldi.

Masalan, bosh suyagini trepanatsiya qilish (teshish), o‘zi tug‘aolmagan ayolning qornini yorib, bolani chiqarib olish, kuchli jarohatlangan a’zoni kesib tashlash va h,k- Shunday qilib, dastlabki muolaja usullarini ishlab chiqishda qurol ishlatish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Dastlabki muolaja usullari ishlab chiqilgandan so‘ng tibbiyot o‘z rivojlanishida davom etib, u alohida kasb sifatida shakllandi.



Download 105.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling