Tibbiyot tarixi


TIBBIYOTNING KASB SIFATIDA SHAKLLANISHI


Download 105.18 Kb.
bet11/13
Sana09.01.2022
Hajmi105.18 Kb.
#255575
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
FkcUFf6CnMMV6oiGL9THO i4xIZ4Bte1

TIBBIYOTNING KASB SIFATIDA SHAKLLANISHI

Kоpchilik tibbiyot tarixchilarining flkricha, tabobat ibtidoiy jamoa davrining matriarxat bosqichida shakllangan. Birinchi "tabiblar" ayollar bo‘lganlar. Tarixiy dalillar bu fikrni tasdiqlaydi.

M a’lumki, ibtidoiy jamoa davrining matriarxat bosqichida oila va qabilaga ayollar boshchilik qilganlar. Binobarin, ular o‘z oila va qabila a’zolarining hayoti va sog’lig‘i haqida qayg‘urishlari lozim bo‘lgan. Shunga ko‘ra ayollar tibbiy yordam ga m uhtoj bo'lganlarga yordam berganlar. Masalan, tug‘ayotgan ayolga yordam ko‘rsatganlar, tug‘ilgan chaqaloqning kindigini kesganlar, jarohatlanganlarning jarohatini bog‘laganlar va bem orlarni parvarish qilganlar.

Shifobaxsh o ‘sim liklarni ham birinchi bo‘lib ayollar topib ishlata boshlaganlar. Ma’lumki, ibtidoiy jamoa kishilari asosan hayvonlarni ov qilish bilan shug‘ullanganlar. Bu ishda ayollar kam roq qatnashganlar.

Ular о’z qarorgohlarida qolib, yaqin joylardagi o ‘rm onlardan har xil yegulik va shifobaxsh о simliklarni yig‘ib kelib, ulardan foydalanganlar. Shunday qilib, tibbiyotni ayollar boshlab berganlar. Buni quyidagi m isollar ham tasdiqlaydi. K o‘p xalqlar tarixida biror ayol birinchi m ohir tabib, deb tanilgan. Masalan, O‘rta Osiyoda Anahita (Ardvisura-Anahita) ismli ayol odam lar hayoti va sog’lig‘ining homiysi hisoblangan.

Bizgacha yetib kelgan bir afsonada uning ismi "Bibi mushkul kushod", ya’ni m ushkulni ochuvchi, uni yengillashtiruvchi pari, deb atalgan.' Qadimgi ajdodlarimiz sog’liq homiysi bo‘lgan bu go‘zal parining ramziy haykalini yasab, unga sajda qilganlar. 0 ‘zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilm alar vaqtida bunday haykallar ko‘p topilgan. Qadimgi zardushtiylarning m uqaddas kitobi "Avesto"da Ardvisura — Anahita hom ilador ayollarning hom iysidir, deb yozilgan. U tug‘ayotgan ayolga yordam beradi, uning og‘rig‘ini kam aytiradi, tug'ruqni osonlashtiradi, tuqqan ayolning ko'kraklarini sutga to ‘ldiradi, deyilgan.

Ilgari tibbiyot tarixchilari o ‘rtasida "odamlar tibbiyoti"ga bundan 100 ming yil m uqaddam yashagan neandertallar asos solganlar, degan fikr hukm surardi. Bu fikr quyidagicha izohlanardi: N eandertal tipidagi antropoidlarning pastki jag‘i katta va kuchli, tishlari yirik, ularning sathi yedm lgan bo‘ladi. Buning sababi shuki, neandertallar faqat o ‘simliklar, ularmng ildm va m ag'izlarini iste’mol qilganlar. Ularni chaynash uchun esa kuchli jag va yirik tishlar kerak. Shuning uchun neandertallarning jag’I kata, kuchli, tishlari esa yirikdir. Ular har xil o ‘simliklarni yeb kоrib, ular orasida shifobaxshlari borligini aniqlaganlar. Ammo, keyingi tad q iq o tlar bunday fikr asosli emasligini k o ‘rsatdi. Birinchidan, neandertallar faqat o‘sim liklar emas, hayvonlar go‘shtini ham iste’mol qilganlar. Ikkinchidan, tabiatda shifobaxsh o ‘sim liklar mavjudligi neandertallargacha ham m a’lum bo‘lgan. Yuqorida aytib o ‘tilganidek, ba’zi bir muolaja usullarini o ‘z vaqtida arxantroplar bilganlar. Shunday qilib, tabiatdagi shifobaxsh o ‘simliklardan foydalanish va boshqa muolaja usullari neandertallar davridan ancha ilgari q o ‘llangan. Demak, "odamlar tibbiyoti'ga neandertallar asos solgan, degan fikr to‘g‘ri chiqmaydi. Fikrimizcha "odamlar tibbiyoti"ni arxantroplardan boshlash to ‘g‘riroqdir.

Neandertallar tibbiyotni kashf etgan emaslar, balki uni davom ettirganlar va takomillashtirganlar, xolos. Neandertallar erishgan muhim natijalardan biri tovush chiqarib so'zlashning kashf etilishidir. Bu hodisa tibbiyotni yanada rivojlantirib yubordi. Bem or davolovchiga o‘z kasali haqida, uni nima bezovta qilayotganligi haqida so‘zlab berish imkoniyatiga ega bo’ldi. Davolovchi esa shunga qarab, to ‘g‘riroq tashxis qo‘yish va muvaffaqiyatliroq davolash im koniyatiga ega b o ‘ldi. Shunday qilib, tibbiyot oldinga yana bir katta qadam qo‘ydi. Shu yuqorida bayon etilganlarning hammasi matriarxat davri tibbiyotiga tegishli. Matriarxat "tibbiyoti"ning asosiy xususiyati shundan iborat ediki, bu davrda tibbiyot hali kasb sifatini olm agan edi.

Oila yoki qabila boshlig'i zarur boiib qolganida jarohatlangan yoki kasalga yo‘liqqan kishini davolab, boshqa vaqtda o ‘z ishi bilan shug‘ullanardi. Kishilik jam iyati rivojlanishining m a’lum davriga kelib, m atriarxat patriarxat bilan alm ashdi. Erkaklar m oddiy boyliklarni o ‘z q o ‘llariga oldilar. Buning natijasida ular oila va qabilada hukm ronlik mavqeini egalladilar. Oila va qabilaning hayoti va sog’lig‘i haqida qayg‘urish endi erkaklar zimmasiga tushdi. Shunday qilib ular muolaja ishlari bilan shug'ullana boshladilar. Odatda bu ish bilan ko‘proq yoshi ulug’‘roq, katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan kishilar shug‘ullanardilar. Erkaklar tibbiyotni ayollarga nisbatan yuqoriroq bosqichga ko‘tardilar. Unga yangi muolaja usullarini kiritdilar. Tabiiy holda uchraydigan m etallardan har xil qurollar yasash usulini ham shu erkaklar kashf etdilar. U lar yasagan qurollar orasida tibbiyotda ishlatiladiganlari ham bor edi. U lar yordam ida murakkabroq muolaja ishlarini amalga oshirardilar. Masalan, bosh suyagini trepanatsiya qilish (teshish), chiqqan-singanlarni davolash, yiring yigilib

qolgan joyni kesib yiringini chiqarib yuborish va h.k.

Ibtidoiy jam oa davrining oxiriga kelib, odam lar ko‘chib yurishdan o'troq hayot kechirishga ota boshlaganlar. Buning natijasida mehnat taqsimoti vujudga kelgan. Dastlab m ehnat taqsim oti erkaklar va ayollar,-kattalar (qariyalar) va yoshlar o ‘rtasida joriy qilingan. So‘ng asta-sekin mehnatning ayrim sohalari bo'yicha taqsimlana boshlagan va turli kasblar kelib chiqqan.

Davolash ishi bilan shug'ullanuvchi tajribali kishilar bu ishni o ‘zlari uchun kasb qilib olganlar. Shunday qilib tabiblik kasbi kelib chiqqan.



Download 105.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling