Tibbiyot tarixi


Pitekantroplardan so‘ng sinantroplar (Xitoy-odamlar)


Download 105.18 Kb.
bet8/13
Sana09.01.2022
Hajmi105.18 Kb.
#255575
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
FkcUFf6CnMMV6oiGL9THO i4xIZ4Bte1

Pitekantroplardan so‘ng sinantroplar (Xitoy-odamlar) davri boshlanadi. Bu maxluqlar gavda tuzulishi va idrok etish jihatidan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ikki maxluqdan yuqoriroq turadi. Sinantroplar qurol ishlashda ancha mohir bo‘lganlar. Ular takomillashgan va noziqroq qurollar yasay boshlaganlar. Bu qurollar bilan esa ba’zi murakkabroq muolaja usulini qilish imkoniyatiga ega bo'lganlar. M asalan, o ‘tkir qirrali qilib ishlangan tosh yoki suyak bilan qattiq jarohatlanib osilib qolgan a’zoni kesib tashlash va h.k. Antropoidlar hayvonot olamidan ajralib chiqib, haqiqiy inson qiyofasiga ega bo‘lgunlaricha yana bir necha bosqich taraqqiyot yo‘lini bosib o ‘tdilar. Xususan, ular sinantroplardan so‘ng atlantroplar, keyin xeydelberglar, oxirida esa olduvaylar bosqichlarini o‘tdilar. Shu uchala bosqich, antropoidlarni birlashtirib, ularni arxantroplar, deb ataganlar. Arxantroplardan alohida ahamiyatga molik bo‘lgani olduvay tipiga kiruvchilardir. Olduvay tipidagi antropoidlar juda idrokli bo‘lganlar. Shuning uchun ularni "homo habilis" ("uquvli odam") deb atadilar. Olduvaylar tashqi qiyofa jihatidan haqiqiy odamga juda yaqin b o ‘lganlar. Har xil muolaja usullarini qo'llashda ham boshqa antropoidlarga nisbatan ancha uquvliroq bo‘lganlar. Bu yerda eng muhimi shundan iboratki, olduvaylar muolaja usullarini qo‘llashda faqat instinktiv harakat qilmay, o‘z idroklarini ham ishga solganlar. Masalan, qanday kasallik holatida qaysi usul va qanday dorivor o ‘simlik ko‘proq yordam berishini ajrata olganlar.


Download 105.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling