Til – muloqot vositasi nutqiy mavzuning maqsadi


Download 209.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana25.02.2023
Hajmi209.34 Kb.
#1227835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. Til - muloqot vositasi OʻK

Yozma nutq. 
Qoralama maktubingizni oqqa koʻchiring.
Bu topshiriq oʻquvchilarga yozgan matnlarini tahrir qilish, xato va 
kamchiliklarini aniqlab, kerakli oʻrinlarini toʻldirib yozish koʻnikmasini 
shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar yozgan matnlarini koʻrib chiqib, oqqa 
koʻchirishlari lozim.
Tinglab tushunish.
Sinfdoshlaringiz yozgan maktublarni tinglang. Ularga munosabat bildiring.
Bu topshiriq oʻquvchilarning tinglab tushunish hamda munosabat bildirish 
koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar navbat bilan yozgan 
maktublarini oʻqib berishlari lozim. Bir kishi oʻqiganda qolgan oʻquvchilar 
tinglovchi boʻlib, sinfdoshlarining matniga munosabat bildirishlari aytiladi.


Bunda oʻquvchilar sinfdoshlarining maktubini tinglar ekan, uning berilgan 
tavsiyalarga qay darajada amal qilganligiga, grammatik va mazmun jihatdan 
gaplarning bogʻlanganligiga, olmoshlarning oʻz oʻrnida qoʻllanganligiga eʼtiborni 
qaratishlari, oʻzi bildirilayotgan eʼtirozlarni izohlab berishlari lozim. 
Oʻquvchilarning umumiy fikr aytishga yoʻl qoʻymaslik lozim. 
Uyga vazifa.
Yozma nutq. Matn yaratish. 
Quyidagi fikrlarni oʻqing. Oʻrganganlaringiz asosida tilning inson hayotidagi 
oʻrni haqida ijodiy matn yozing. Fikrlaringizni sheʼr shaklida ifodalashingiz 
ham mumkin. 
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning erkin fikrlab, ijodiy yondashishlariga 
qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan matnni oʻqib, ushbu matndan olgan xulosalarini 
matn koʻrinishida yozishlari lozim. Bu jarayonda fikrlarini sheʼr shaklda yozishlari 
mumkinligi ham aytib oʻtiladi. 
Bu topshiriq oʻquvchilar orasida yozuvchilikka qiziqadigan oʻquvchilarning 
qobiliyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan.

Download 209.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling