Til – muloqot vositasi nutqiy mavzuning maqsadi


Download 209.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana25.02.2023
Hajmi209.34 Kb.
#1227835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. Til - muloqot vositasi OʻK

Morfologiya. 
Sheʼr tarkibidan qoʻshma soʻzlarni aniqlang. Xuddi shunday 10 ta qoʻshma 
soʻz topib, namunadagidek yozing.
 
Mazkur topshiriq sheʼr matnini lingvistik tahlil qilishga qaratilgan. 
Oʻquvchilar matn tarkibidan qoʻshma soʻzlarni aniqlab, namunadagi singari tahlil 
qilib yozishlari lozim. Dastlab oʻquvchilar qoʻshma soʻz nima ekanligi savollar 
orqali mustahkamlab olinishi lozim.
Javob: asalchoy (asal+choy), bulbultalqin (bulbul+talqin), muhabbatsheva 
(muhabbat+sheva).
Oʼqib tushunish. Yozma nutq.
Berilgan matnni oʻqing va mazmunini tushunganingiz asosida yozing.
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning matnni oʻqib tushunish, uni qayta bayon 
etish, matn mazmunini tahlil qilish bilan bogʻliq nutqiy koʻnikmalarni 
mustahkamlash qaratilgan.
Oʻquvchilar oʻz soʻzlari bilan matnni qisqa shaklda yozishlari lozim. Bunda 
yaʼni, zero, ushbu maʼlumot orqali ............mazmunidagi fikr ifodalangan” singari 
birliklardan foydalanish tavsiya etiladi. Matn mazmunida tushunilishi qiyin boʻlgan 
soʻzlar ajratib olinadi, ularga oid izohlar berib tushuntiriladi. 
Muhokama. 
Ushbu matnning yuqoridagi sheʼr matnidan qanday farqi bor? Javobingizni 
izohlang. 
 
Mazkur topshiriq uslublarni farqlash, ularga oid til birliklarini aniqlashga 
qaratilgan. Oʻquvchilar sheʼr matn hamda yuqoridagi rasmiy uslubdagi matnni 
taqqoslab, munosabat bildirishlari lozim. Bunda matnning uslubiy xususiyatlari 
tahlil qilinadi, ularning oʻziga xos jihatlari, qoʻllanishi bilan bogʻliq vaziyatlar, taʼsir 
doirasi tahlilga tortiladi. Turli uslubdagi matnlar oʻzaro taqqoslanadi.
Uslubiy oʻziga xoslikni yuzaga chiqarayotgan til birliklariga eʼtibor qaratilishi 
hamda ulardan qanday vaziyatlarda foydalanish mumkinligi haqida suhbat olib 
borilishi maqsadga muvofiq. 

Download 209.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling