TIL – MULOQOT VOSITASI
Nutqiy mavzuning maqsadi: til
va uning ijtimoiy ahamiyati, milliy til va
qadriyatlarning
uzviyligi, badiiy tasvir vositalari va ulardan foydalanish,
iboralar,
ogʻzaki va yozma nutqning imkoniyati, nutq uslublari, asos va qoʻshimchalar, tinish
belgilari.
1-soat
Dars jarayoni
Kirish.
Doʻstingizga ustozingiz aytgan biror narsa, harakat yoki holatni soʻzsiz
tushuntirishga harakat qiling. Bunday jarayonda nimalarni his qildingiz? Tilning
ahamiyati haqida oʻylab koʻring.
Asosiy qism.
Ogʻzaki nutq.
Rasmlarga diqqat qiling. Savollarga javob bering.
Turli vaziyatlar aks etgan rasm berilgan. Oʻquvchilar ushbu tasvirlar bilan
tanishib chiqishlari aytiladi.
Muhokama.
Oʻquvchilar rasm bilan tanishib chiqqanlaridan soʻng rasm ostidagi
savollar
bilan suhbat boshlanadi.
1. Rasmlarni oʻzaro bogʻlab turgan jihat nimada deb oʻylaysiz? Javobingizni
izohlang.
Rasmlarda muloqot jarayoni tasvirlanganligi, unda tilning oʻrni bilan bogʻliq
oʻrinlar toʻgʻrisida suhbat olib boriladi. Oʻquvchilar har bir jarayonni taʼriflar ekan,
oʻqituvchi ularga yoʻnaltiruvchi savollarni berish orqali kerakli xulosaga kelishiga
yordam berishi lozim.
2. Ayting-chi, til qanday vazifalarni bajaradi?
Ushbu savolga oʻquvchilarning
javoblari tinglanadi, oʻquvchilarga tilning
vazifalarini eslatish uchun savolga qoʻshimcha ravishda yoʻnaltiruvchi savollar
beriladi. Masalan,
“Tasavvur qiling, insonlar oʻzaro gaplashmasa, nima boʻlar
edi?”
3. Muloqot deganda nimani tushunasiz?
Bu savol oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirishga qaratilgan.
Oʻquvchilardan “muloqot” birligi haqidagi dastlabki tushunchalari tinglanadi.
Soʻngra ushbu birlik haqida maʼlumot beriladi.
Muloqot – odamlar oʻrtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga
keladigan axborot almashinuvi; uchrashuv.