Til – muloqot vositasi nutqiy mavzuning maqsadi


Download 209.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana25.02.2023
Hajmi209.34 Kb.
#1227835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. Til - muloqot vositasi OʻK

Uslub. Soʻzlashuv uslubi.
 
Oddiy va adabiy soʻzlashuvdan qanday holatlarda foydalanamiz? 
Javoblaringizni namunadagidek yozing. 
 
Mazkur topshiriq oddiy va adabiy soʻzlashuvni farqlashga qaratilgan. 
Oʻquvchilar yuqorida oʻtkazilgan suhbat asosida ushbu soʻzlashuv uslubiga xos 
birliklarni farqlab, ularni qoʻllash vaziyatlarini aniqlab yozishlari lozim. 
Leksikologiya. Sintaksis.



Quyidagi iboralarning maʼnosini aniqlab, yozing. Dastlab oʻng ustundagi 
soʻzlar ishtirokida gap tuzing, keyin ularni chap ustundagi mos iboralar bilan 
almashtirib, qayta yozing. Qaysi birida taʼsirchanlik kuchli? Sinfdoshlaringiz 
tuzgan gaplarga munosabat bildiring. 
 
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirishga qaratilgan. 
Oʻquvchilar berilgan iboralarni maʼnosi bilan moslashtirib yozishlari hamda ular 
ishtirokida gaplar tuzib, maʼnosini farqlab berishlari lozim. Bu jarayonda 
oʻquvchilarga lugʻatdan foydalanishlariga ruxsat beriladi. Asosiy eʼtibor 
iboralarning maʼnosi haqida tushuncha hosil qilishlari hamda uni mazmuniga mos 
kontekstda qoʻllay olishlariga qaratiladi. 
Javob: til biriktirmoq – kelishmoq; til degan bir qarich, til bir quloch, tili uzun 
– maqtanchoq; tilga tushmoq – tanilmoq; tilga kelmoq, tilga kirmoq – gapirmoq; 
tiliga erk bermoq – bemalol gapirmoq; tilga olmoq – aytmoq; tilini tishlamoq – 
afsuslanmoq; tili qichimoq – aytgisi kelmoq; tili bormadi – aytolmadi. 
Uyga vazifa. 
Uslub. Badiiy uslub. Tahlil. 
Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” asaridan olingan parchani 
oʻqing. Ushbu matnga munosabatingizni yozma shaklda ifodalang.
 
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning matnni tahlil qilish hamda munosabat 
bildira olish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilarga berilgan 
koʻrsatma tushuntirib beriladi hamda ularga ushbu koʻrsatma asosida matnni tahlil 
qilib munosabat bildirishlari aytiladi. 
Oʻquvchilar berilgan koʻrsatmaning har biriga alohida tayyorgarlik koʻrishi 
lozim. Keyingi darsda ushbu jihatlarga alohida eʼtibor qaratilib, matn tahlili olib 
boriladi.

Download 209.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling