Til va madaniyat


Yalma – paxtali to‘n, forslar buni turkiy xalqlardan olganlar. Аrablar esa forslardan olib yalmaq shaklida qo‘llaydilar. Аrablar q


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

Yalma – paxtali to‘n, forslar buni turkiy xalqlardan olganlar.
Аrablar esa forslardan olib yalmaq shaklida qo‘llaydilar. Аrablar q ni 
ga aylantirganlar. Chunonchi: kandani xandaq, yarani yaraq qilib 
olganlar” [ДЛТ 1960-1963, III, 41].
50
Baxtiyor ABDUSHUKUROV, Lobar ARALOVA


51
Rus tilidagi turkiy o‘zlashmalar
Bu anʼananing keyingi davrda ham davom etganini 
Аlisher Navoiy ijodi misolida ko‘rish mumkin. Buyuk mutafakkir 
o‘zining yuqorida zikr etilgan asarida turkiy tilning forsiy tildan 
qolishmasligini, uning til imkoniyatlari boyligi, bu tilda ham go‘zal 
adabiyot namunalari yaratish mumkinligini ko‘rsatish barobarida 
turkiy tildan forsiy tilga o‘zlashgan so‘zlarni qayd etib o‘tadi. Аsarda 
bu haqda quyidagi jumlalarni o‘qiymiz: “Yana ot anvoidaki, tubuchoq 
va arg‘umoq va yaka va yobu va totu yo‘sunluq - borini turkcha-o‘q 
ayturlar. ...Yana baʼzi yemaklardin qaymog‘ va qatlama va bulamog‘ 
va qurut va uloba va mantu va quymog‘ va urkamochni ham turkcha 
ayturlar. Va qimizni va suzmani va boxsumni va bo‘zani dag‘i turkcha 
ayturlar. Yana tutmoch va umoch va kumoch va tolg‘onni ham turkcha 
ayturlar” [Навоий 1967, 115].
Mutaxassislarning eʼtirof etishicha, o‘zlashmalarning til 
tizimiga singib ketishi maʼlum sharoit va omillarga bog‘liq. Jumladan, 
so‘z uni qabul qilgan tilning amaldagi yozuv xususiyatlariga 
moslashgan bo‘lishi; fonetik, semantik, grammatik meʼyorlari, 
kategoriyalariga muvofiq kelishi; o‘z yasash sistemasida faol ishtirok 
etishi; o‘zlashma maʼnosi aniq bo‘lishi; chet so‘z uni o‘zlashtirgan 
tilda uzluksiz ishlatilishi kerak.
Boshqa tildan kirib kelayotgan leksik birliklarning mustah-
kam o‘rnashib, singib ketishi uchun qo‘yiladigan mazkur talablar 
barcha tillarga xos. Xususan, rus tilida ham o‘zlashmalar qaysi tildan 
kirganligiga qaramay yuqoridagi talablarga bo‘ysunadi.
Rus xalqining leksik qatlamiga singib ketgan turkiy so‘zlar 
borasida dastlab Rossiyada, keyinchalik Qozog‘istonda bir qator 
ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling