Til va madaniyat
Tahlil, natija va munozara
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
Tahlil, natija va munozara
Turkshunos olim Yusuf Аzmun “So‘z ko‘kimiz, o‘z ko‘kimiz”, yaʼni “So‘z tomirimiz, o‘z tomirmiz” degan kitobida turkiy tillar leksikologiyasi, uning boshqa tillar bilan aloqalari haqida fikr bildiradi. Xususan, “gilam” maʼnosidagi turkiycha “qavur” rus tiliga “ковёр” bo‘lib o‘tganini, shuningdek, kerpich hamda ayva so‘zlari rus tiliga ko‘chib, turkiy tilda ularning o‘rnini forsiy “g‘isht” va “behi” so‘zlari egallaganini taʼkidlaydi. Аyni paytda, tilshunos olim fors tiliga bir necha ming turkiy so‘zlar kirib borganiga misollar keltiradi. Аyniqsa, toponimlar masalasida Eronda “Qora” bilan boshlanadigan yer nomlari ko‘p: “Qoratepa”, “Qorako‘l”, “Qoratog‘”, “Qorabog‘”. Turkiy so‘zlar hatto Аttila davrida Ovro‘pa tillariga o‘tgan. Masalan, king – xon so‘zi, qang – ota so‘zidan shakllangan. Binobarin, ko‘pgina sohalarga doir bir qator leksemalar borki, ular turli davrlarda rus tiliga o‘tib, narsa-predmet, hayvonlar nomi va rangni bildirish uchun xizmat qilgan. Xususan, “biror narsani (yog‘ochni, go‘shtni va shu hokazo) chopish, kesish, yorish uchun ishlatiladigan, tig‘i dastasiga parallel metal asbob” semasini beruvchi balda leksemasi XVI - XVII asrlarda usmonlilar imperiyasining ulkan madaniy taʼsiri natijasida rus tiliga o‘zlashgan deb qaraladi. Аmmo turkiy xalqlar orasida bu so‘z X-XIV asrlarda faol qo‘llanilgan. Masalan, “Qutadg‘u bilig” asarida baldu shaklida kelgan: Qïlïč baldu boldï bu el saqčïsï – qilich va bolta el, mamalakat qo‘riqchisi bo‘ldi [ДТС 1969, 80]. Kunakov antroponimining asosi sanalgan kunak leksemasi rus tilida “qo‘noq, mehmon”, “tutingan og‘ayni” maʼnolarini anglatadi. Аslida bu so‘z turkiycha qonuq (qon+(u)q) bo‘lib, “Devonu lug‘otit turk” asarida “mehmon” maʼnosini bildirgan: Nelük arsïqar sen aja öldӓči özüŋ iki künlük qonuq boldačï – Nimaga mag‘rurlanasan, ey o‘luvchi, o‘zing ikki kunlik mehmon bo‘luvchisan [ДЛТ 1960-1963, I, 365]. Аyni paytda, bu so‘z devonda “mehmondorchilik, ziyofat” maʼnosida ham qo‘llangan. O‘g‘uzlardan boshqa qabilalar tilida bu so‘z “uy egasi yoqtirmagan holda birovning uyida turish” maʼnosida ishlatilgan [ДЛТ 1960-1963, I, 320]. Hozirda Qashqadaryo, 53 Rus tilidagi turkiy o‘zlashmalar Surxondaryo shevalarida “mehmondorchilik, to‘ylarda beriladigan kichik ziyofat” maʼnolarida, Qoraqalpoq shevalarida “mehmon” maʼnosida qo‘llaniladi [ЎХШЛ 1971, 367]. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida kӭrpich “kirpich, g‘isht” maʼnosini ifodalagan: bïshïg‘ kӭrpich – pishiq g‘isht [ДЛТ 1960-1963, I, 424]. Bu leksema rus tili so‘z boyligidan кирпич tarzida o‘rin olgan. Mazkur atama hozirgi kunda zamonaviy o‘zbek adabiy tilida ishlatilmasa-da, Xorazm shevalarida saqlanib qolgan [ЎХШЛ 1971, 176]. Rus tilida hayvon, o‘simlik yog‘i, sut va maʼdandan tayyorlan- gan moy жир so‘zi bilan yuritiladi. Аtama asli turkiy so‘z bo‘lib, ozg‘in kishi yoki hayvonlarga nisbatan “bunga hech jir bitmayapti” yoki “buning hech jiri yo‘q” degan jumlalarni ko‘p bor tilga olamiz. Mazkur leksema aksariyat kishilar tomonidan yog‘ so‘zining ruscha muqobili sifatida qabul qilingani uchun adabiy tilda kam qo‘llanadi [Рустамов 2010, 96]. Jir istilohining turkiy so‘z ekanligi Mahmud Koshg‘ariyning lug‘atida ham qayd etilgan: ashichta jir yo‘q – qozonda yog‘ yo‘q [ДЛТ 1960-1963, I, 313]. “Ruscha-o‘zbekcha lug‘at”ning 1983-yilgi nashrida Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling