Til va madaniyat


najdak  so‘ziga shunday izoh berilgan: NАJDАK m.r. “najdak, jilvir,  qumqayroq”. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da jilvir


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

najdak  so‘ziga shunday izoh berilgan: NАJDАK m.r. “najdak, jilvir, 
qumqayroq”. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da jilvir so‘zi quyidagicha 
tavsiflanadi: JILVIR, jilvir qog‘oz qayroqqum qoplangan qog‘oz yoki 
mato (buyumlarning sirtini silliqlash, sayqallash, jilolash uchun 
ishlatiladi) [Шукур 2018, 191]. Najdak ham aslida turkiy so‘z 
bo‘lib, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da mayda va yupqa, donador 
kristallardan iborattog‘ jinsi deb izohlangan [ЎТИЛ 1981,I, 4]. 
“Devonu lug‘otit turk” asarida bu so‘zning nïjdag‘ shakli uchrab, 
“qayroq tosh” semasini beradi [ДЛТ 1960-1963, I, 432].
“Orqa va yon tomonlari yopiq bo‘lib, ichiga o‘t yoqiladigan, 
ovqat pishirish uchun ustiga qozon o‘rnatiladigan qurilma” semasini 
beruvchi o‘choq leksemasi rus tiliga ochag shaklida o‘zlashgan va 
“o‘choq”, “oila, o‘z uyi”, “manba, makon” kabi maʼnolarni bildiradi. 
“Olov” maʼnosidagi o‘tva-chuq kichraytirish qo‘shimchasidan hosil 
bo‘lgan mazkur so‘z “Devon”da öčaq shaklida uchraydi [ДЛТ 1960-
1963, I, 95]. Ochagov familiyasining hosil bo‘lishida ham ushbu 
istiloh o‘zak vazifasini o‘tagani, shubhasiz. 
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da tarxan - soliqdan va har 
qanday majburiyatlardan ozod qilingan; imtiyozli, daxlsiz (qabila, 
urug‘, zot yoki mansabdor) tarzida taʼriflanib, mo‘g‘ulchaga 
nisbat berilgan. Ushbu atama turkiy bo‘lib, dastlab moniy yozuvi 
yodgorliklarida tarqan shaklida “unvon” semasida keladi [ДТС 1969, 
538]. Qolaversa, rus tili etimologik lug‘atlarida leksemaning turkiy 
tildan o‘zlashganligi qayd etilgan. Leksemaning darxon fonetik 
varianti xalq og‘zaki ijodi, dostonlarda qo‘llanishda bo‘lganini 
54
Baxtiyor ABDUSHUKUROV, Lobar ARALOVA 


ko‘ramiz: Endi senga timsol aytay bir alvon, Men ketgancha, o‘zing 
Chambilda darxon. “Malikai ayyor” [ЎТИЛ 1981, I, 234]. “Devonu 
lug‘otit turk” kitobida Mahmud Koshg‘ariy tarxan atamasi “bek” 
maʼnosida islomiyatdan oldin qo‘llanganini taʼkidlaydi va yana bir 
joyda uning arg‘ucha ekanligini uqtirib o‘tadi [ДЛТ 1960-1963,I, 
409].
Turkiy surqach – luk deyilgan daraxtning siqib olingan 
shirasi. U bilan qilich, xanjar va katta pichoqlarning dastalari 
biriktiriladi [ДЛТ 1960-1963, I, 423]. Zikr etilgan leksema rus tiliga 
surguch fonetik shaklida kirib borgan: запечатать сургучом – 
surguchlamoq, surguch bilan pechatlamoq. 
Inju (“dur, marvarid”) XII asrda maʼlum bir tarixiy taraqqiyot 
davomida rus tiliga fonetik o‘zgarishga uchragan holda, yaʼni
jemchug shaklida o‘zlashgan. Leksema uyg‘ur yozuvidagi Berlin 
qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan manbalarda yenjü shaklida 
kelgan: Qïzïl yenjü [ДТС 1969, 256]. “Devon”da yenjü, jinjü fonetik 
variantlari zikr etilib, ularning birinchisi turklar, ikkinchisi esa 
o‘g‘uzlar tilida muomalada bo‘lgan [ДЛТ 1960-1963, I, 67]. Аyni 
paytda, Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida yenjü so‘zining “oqsoch, cho‘ri” 
semasi ham borligi haqida maʼlumot mavjud [ДТС 1969, 256]. 
Rus tilidagi  tovar – “sotiladigan narsa, mol yoki tovar” 
so‘zining dastlabki shakli tavar bo‘lib, “Devonu lug‘otit turk” 
asarida “jonli, jonsiz mol, tovar” [ДЛТ 1960-1963, I, 343], “pora, 
boylik” maʼnolarini anglatgan. Tamu qapug‘in achar tavar – pora 
do‘zax eshigin ochadi, nega boshqalar ochmas ekan. Bu maqol ishi 
bitishini istagan odam pora berishi kerak degan maʼnoda qo‘llanadi 
[ДЛТ 1960-1963,III, 252]. Leksemaning kelib chiqishi Mahmud 
Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asaridagi “tabmaq” feʼli bilan 
bog‘liq. “Tabmaq” feʼli “topmoq; ishlab topmoq; ega bo‘lmoq” kabi 
lugʼaviy maʼnolarni anglatadi. Shuningdek, zikr qilingan so‘z asosida 
rus tilida yangi bir leksema – товарищ so‘zi yasalgan: tovarish  
“tovar + ish”, yaʼni “tovar – o‘rtoq”, tovar-mol vositasida birga ish 
qiladigan sherik. 
T.Yefremovaning “Современный толковый словарь рус-
ского языка” kitobida tyufyak so‘ziga shunday izoh beriladi:
1) “yumshoq to‘shak; 2) befarq odam; 3) daryo bo‘yini himoya qilish 
uchun ko‘priklar, to‘g‘onlarga qo‘llaniladigan egiluvchan qopqoq
[Ефремова 2005, 463]. Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida atamaning 
tӧshӓk varianti kuzatiladi: tӧshӓk tӧshӓdi – to‘shak soldi, yozdi [ДЛТ 
1960-1963,III, 282]. Y.Shipova Dal, Dmitrevning fikrlariga tayangan 
holda to‘sha- feʼliga ot yasovchi -k qo‘shimchasini biriktirish 
yo‘li bilan hosil qilingan mazkur leksemaning rus xalqiga turkiy 
xalqlardan kirib kelganini aytadi [Шипова 1976, 147]. N.Baskakov 
Tyufyakin familiyasini izohlaganda, aynan mana shu so‘z turkiylardan 
55
Rus tilidagi turkiy o‘zlashmalar


o‘zlashgani, bu ism erinchoq, dangasa, faqat uyquni yaxshi ko‘radigan 
odamlarga nisbatan qo‘yilishini yozadi [Баскаков 1979, 218]. 
“Kabob” maʼnosidagi shashlik so‘zi XVIII asrda rus tiliga 
o‘zlashgan. XI asrda shïsh leksemasi tutmoch (xamir osh, ugra 
osh) yeydigan cho‘p, qoshiq o‘rnida qo‘llaniladigan maxsus cho‘pni 
ifodalagan [ДЛТ 1960-1963, II, 326]. Mazkur leksema -lik so‘z 
yasovchi qo‘shimchasi bilan affiksatsiya usuli yordamida yasalgan: 
shish+lik=shashlik.
Tatar va boshqird xalqlarida bahorgi dala ishlari tugashi 
munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram – sabanto‘y deb ataladi. 
Bu atama XIX asrda rus tiliga o‘zlashgan bo‘lib, sabantuy tarzida 
ishlatiladi. Mazkur so‘z “ot+ot so‘z turkumi” qolipi asosida 
kompozitsiya usuli yordamida yasalgan: saban – “omoch” + to‘y “to‘y, 
bayram”. Turkiy xalqlarning eng katta anʼanaviy bayramlaridan biri 
bo‘lgan ushbu ayyom bahor bayrami Navro‘z arafasida o‘tkaziladi. 
Har yili O‘zbekistonda tatar va boshqirdlar ushbu bayramni keng 
nishonlab kelmoqda. Marosimda anʼanaviy kurash, arqon tortish, 
ustunga chiqish, qopda sakrash o‘yini, chelakda suv tashish va ayollar 
o‘rtasida bilak kurashi kabilar ko‘plab odamlarni o‘ziga jalb qiladi. 
Saban istilohi “Devonu lug‘otit turk” asarida quyidagicha 
taʼriflanadi: saban – qo‘sh, qo‘sh ho‘kiz, omoch, bo‘yinturuq. Bu so‘z 
qo‘sh bilan yer haydash maʼnosida ham qo‘llanadi [ДЛТ 1960-1963, 
III, 136]. Qayd etilgan atama, yaʼni saban rus tilida “saban, so‘ka; 
omoch” semasida uchraydi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling