Til va madaniyat
Rus va turkiy xalqlar o‘rtasidagi aloqalar
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
Rus va turkiy xalqlar o‘rtasidagi aloqalar
Qadimgi davrlarda boshlangan slavyan va turkiy xalqlarning o‘zaro munosabatlari yozuv yodgorliklari, shuningdek, zamonaviy adabiyotlarda aks etadi. Bu manbalar xalqning tarixiy xotirasini tiklashga imkon beradi va rus tili tarixidagi leksik-semantik jarayonlarni tavsiflaydi. Darhaqiqat, turkizmlar rus tiliga antik davrlar, yozma yodnomalar paydo bo‘lishidan ancha oldin kirib kelgan. Ularning tarixi hozirgi Rossiya hududi, Volga va Qora dengiz cho‘llari bilan chegaradosh o‘rmon-dasht mintaqalarida yashovchi xalqlarning ajdodlariga borib taqaladi. Turkolog N.Baskakov turkiy qabilalarning Sharqiy slavyan tillarida, rus, ukrain va belorus lug‘atlarida sezilarli iz qoldirganligini hamda shu tillarning frazeologiyasi va grammatikasiga maʼlum darajada taʼsir ko‘rsatganligini qayd etadi. Dastlab rus tilidagi turkizmlar (qozoq, tatar, qrim-tatarcha, 52 Baxtiyor ABDUSHUKUROV, Lobar ARALOVA turkcha so‘zlar) haqida XV-XVIII asrlarda yozila boshlandi. Bu so‘zlarning rus tiliga kirishi rus xalqining Qozoq, Qrim xonliklari va Turkiya bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalarning mustahkam- lanishi, o‘sishi natijasida yuz berdi. Shunday qilib, XIX asrga qadar turkiyzabon davlatlar bilan til aloqalari mustahkamlanib, Rossiyada turkiy tillarni biladigan tarjimonlar va diplomatik xodimlar o‘qitildi. N.А.Baskakov tasnifiga asoslanib, rus va turkiy tillar aloqalaridagi rivojlanishni quyidagi davrlarga ajratish mumkin: Birinchisi, Kiyev Rusidan oldingi davr (I-VIII asr)da slavyan lahjalarining eron va fin qabilalari dialektlari hamda turkiy qabilalar lahjalari bilan o‘zaro munosabatlari shakllangan. Ikkinchisi, Kiyev Rusining paydo bo‘lish davri. Qadimgi rus tilining, birinchi navbatda, turkiy qabila ittifoqlari - pecheneg tillari, keyin esa polovets (qipchoqlar)lar tili bilan yaqin aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Bu davrda basurman, poyabzal, qamish kabi turkiy so‘zlar o‘zlasha boshlagan. Uchinchisi, mo‘g‘ullar istilosidan keying davr. Bu vaqtda qadimgi rus knyazliklari Oltin O‘rdaga qaram bo‘lgan va mazkur hududlarda keng tarqalgan turkiy tilning qipchoq lahjasi rus tiliga jiddiy taʼsir ko‘rsatgan. Natijada ataman, pul, soqchi, hoji, xon singari ko‘plab istilohlar kirib borgan. To‘rtinchi davr - sobiq Qozon, Аstraxan, Sibir va Qrim xonliklari, shuningdek, Kavkaz va O‘rta Osiyo xalqlarining Rossiyaga qo‘shib olinishi. Ushbu davrda mayiz, xanjar, salla kabi leksemalar qardosh turkiy tillar orqali rus tili lug‘at tarkibidan o‘rin olgan. Beshinchisi, sobiq SSSR xalqlari o‘rtasida aloqalarning faollashuvi, yaʼni XX asrning boshidan to hozirgi kungacha bo‘lgan davr. Bu davrda akin, basmach, dushman singari so‘zlar zamonaviy rus tiliga o‘zlashdi. XVII - XVIII asrlarning oxirlariga kelib tilshunos olimlar turkizmlarni emas, aksincha, Yevropa tillaridan kirib kelgan so‘zlarni tadqiq qila boshladi. Chunki turkiy leksemalar rus tiliga o‘zlashgan so‘zlar qatorida Yevropa tillaridan keyin ikkinchi o‘rinda turardi. Shunday bo‘lsa-da, keyinchalik rus lug‘atlarida mavjud turkizmlar aniqlandi va maxsus lug‘atlar yaratildi. Turkiy so‘zlarning barqaror qatlami rus tilining leksik tizimida hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Kezi kelganda aytish kerakki, G‘arbiy Yevropa kabi Sharq atamalari ham rus xalqlarining nutqi va yozuvini mustahkamladi. Hozirgi O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro etnik aloqalar tarixi xonliklarning paydo bo‘lish davridan boshlanadi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan klassifikatsiyalar bizga o‘zbek va rus tilidagi aloqalarni davriylashtirishga imkon beradi. Tasniflarga ko‘ra, ikki til aloqalari tarixi to‘rt davrni o‘z ichiga qamrab oladi: 1) XVI asrdan, ya’ni O‘zbekiston hududida xonliklarning vujudga kelishidan mamlakatning Rossiyaga qo‘shilib olinishigacha bo‘lgan davr. 2) XVIII asrdan XX asrgacha bo‘lgan davr. Bu vaqtda Xiva, Buxoro xonliklari hamda Rossiya o‘rtasida diplomatik va savdo aloqalari o‘rnatiladi. 3) Sovet davri. 4) Zamonaviy davr. U XX asr oxiri (O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini qo‘lga kiritishi) dan hozirgi kungacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi. Аlbatta, davrlarning har biri ikki til aloqalarining intensivligi va mavjud lug‘atlar tarkibi bilan farq qiladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling