Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

STATISTIKA METODI ing. lexicostatistic method, nem. Statistikmethode, rus 
metod leksikostatisticheskoye. Til va nutq birliklarining qo’llanish miqdorini mat emat-
ik yo’l bilan hisoblash usuli. 
MINIMAL JUFTLIK METODI ing. method of minimal pairs, nem. Minimalpaar-
methode, rus. metod minimalnix par. Fonologiyaning tadqiqot metodi. Faqat bir 
tovush bilan farq qiladigan ikki so’zni qarama-qarshi qo’yish yo’li bilan, ularning 
o’xshash yoki o’xshash emasligini aniqlash usuli. Bu usul bilan fonemalarning ma’no 
ajratuvchi (diferensial, distinktiv) xususiyatlari aniqlanadi.


58 
EKSPERIMENTAL FONETIK METOD ing experimental fonetic method, nem. ex-
perimentell-phonetische Methode, rus. metod eksperimentalno-foneticheskiy.
Ob’ektiv metod. nutq tovushlarini ovoz yozib oluvchi va tahlil q iluvchi apparatlar 
yordamida tadqiq qilish usuli. 
ELEKTRO-AKUSTIK METOD ing. electro-acoustic methods, nem. elektro-
akustische Methode, rus. metodi elektro-akustichesliye. Nutq tovus hlarining akustik 
komponentalarini turli asbiblar yordamida tadqiq qilish usuli. Eksperimental 
fonetikaning tadqiqot metodi. 
SUBSTITUTSIYA METODI ing. substitution, nem. Substitution, rus. substitutsiya, 
zamesheniye, podstanovka. Til birliklarini almash tirish yo’li bilan ularning o’xshash 
yoki o’xshash emasliklarini aniqlash usuli. 
MAVZUGA OID ASOSIY MASALALAR BAYONI
Har bir fanning o’z tadqiqot metodlari mavjud. Metod quyidagi talablarga javob be r-
ishi lozim:
- Metod o b’ y e k t i v bo’lishi, yani qachon, qaerda, kim tomonidan qo’llanilmasin, 
tahlil qilinayotgan material bir hil bo’lsa, natija ham bir hil bo’lishi kerak.
- Metod  i z c h i l bo’lishi, yani zarur atamalar tizimini qamrab olishi va qo’shimcha 
tushunchalarni talab etmasligi lozim. 
- Metod u n i v e r s a l bo’lishi, yani tilning har bir qatlamlarini (fonetika, leksika, 
grammatika) tadqiq qilishga yaroqli bo’lishi kerak. 
- Metod s o d d a bo’lishi lozim. 
Hozirgi zamon tilshunosligida quyidagi metodlar keng qo’llaniladi:
- Tarixiy-qiyosiy metod. 
- Gap bo’laklariga ajratish metodi. 
- Substitutsiya metodi. 
- Distributiv metod. 
- Transformatsion metod. 
- Statistik metod. 
- Ma’no komponentlarini tahlil qilish metodi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling