Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


S u b s t i t u t s i y a


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

S u b s t i t u t s i y a metodi. 
Nutqdagi ma’lum bir pozitsiyada turgan til birliklarini boshqasi bilan almashtirib sodir 
bo’ladigan funksional o’zgarishlarni aniqlash substitutsiya metodining vazifasiga 
kiradi. Ushbu metod yordamida sinonim, omonim va antonim so’zlarning tilda tutgan 
o’rnini aniqlash yaxshi samara beradi. Substitutsiya meto di tilning barcha qatlamlari-
ga hizmat qila oladi. 
D i s t r i b u t i v metod. 
Distributsiya til birligining nutqdagi hamma holatini, uning nimalar bilan yondos hligi 
va nimalar o’rnida kela olishini hisobga olgan holda tavsif qilishdan iborat. Dis-
tributsiya til birliklarining bir-biri bilan birika olish qobiliyatidir. Distributsiyaning mor-
fologik, sintaktik, leksik va semantik turlari mavjud. 


60 
M o r f o l o g i k distributsiya deganda bir so’z tukumining boshqa so’z turkimi bilan 
munosabatga kirisha olis h, birika olish, qo’shila olish qobiliyati tushuniladi. Masalan: 
yashil barg (sifat+ ot), tez gapirmoq (ravish+fe’l) va boshqalar. 
S i n t a k t i k distributsiya gap bo’laklarining bir-birini taqozo etishidir. Mas alan: 
Men qiziqarli kitob o’qidim. 
L e k s i k - s i m a n t i k distributsiya deganda til birliklarining ma’no jihatdan bir-
biri bilan birika olish qobiliyati tushuniladi. 
Nutq birliklarini distributsiya metodi bilan tasnif qilish L.Blumfild maktabiga hos 
xususiyatdir.
T r a n s f o r m a t s i o n metod. 
Ushbu metod tilshunoslikdagi strukturalizm oqimi vakillari (I.A.Boduyen de Ku rtene, 
F. de Sosyur, N.S.Trubetskoy) tomonidan qo’llanilgan. 
Transformatsiya deganda tahlil qilinayotgan til birligini boshqasi bilan almasht irish 
tushuniladi. Ikkinchi birlik birinchi birlikka shaklan emas, mazmunan yaqin b ölishi 
lozim. Masalan:
Insho talabalar tamonidan yozildi. Talabalar insho  yozdilar. Ushbu jumlalar shakl 
jihatdan bir-biridan farq qilsa ham, mazmun jihatdan bir-biriga yaqin. 
Transformatsion metod tilshunoslikka quyidagilarni aniqlash imkoniyatini beradi: 
- so’zlarning ma’nolarini va ularning ma’no chegaralarini aniqlash;
- so’zlarning grammatik formasini aniqlash; 
- so’zlarning so’z yasashning qaysi tipiga tegishli ekanligini aniqlash;
- gramatik kategoriyalarning chegarasini aniqlash; 
- tarjima nazariyasi va amaliyoti metodikasiga aniqlik kiritish;
- til o’rgatish va o’rganish nazariyasi va amaliyotiga aniqlik kiritish va boshqalar. 
Amalda transformatsiyaning turli ko’rinishlari mavjud, jumladan: 


61 
- aniqlik darajasini majhul daraja bilan almashtirish, masalan: Talaba k itob o’qidi- 
kitob talaba tomonidan o’qildi. 
- jumlaning fe’l strukturasini ot bilan almashtirish, masalan: Talabalar tilshunoslik
masalalari bo’yicha baxslashdilar- talabalarning tilshunoslik masalalari bo’yicha 
baxslashuvi. 
- tasdiq gapni inkor gap bilan almashtirish, masalan: Referat qunt bilan yozilgan- 
referat qunt bilan yozilMAgan. 
- darak gapni s öroq gap bilan almashtirish, masalan: Ko’p o’qigan, k o’p biladi- k o’p 
o’qigan ko’p biladimi? 
- qo’shma gapni bir nech sodda gap bilan almashtirish, masalan: Kechalari uxlamay, 
jon kuydirib, doimiy ravishda uqib o’qigan kishigina ilimli bo’ladi - Kechalari ux-
lamay o’qigan kishi ilimli bo’ladi. Jon kuydirgan kishi ilimli bo’ladi. Doimiy rav-
ishda uqib o’qigan kishi ilimli bo’ladi. 
- bir necha sodda gaplarni bir qo’shma gap bilan almashtirish, masalan: Har bir k ishi 
hayotdan ta’lim olishi lozim. o’qituvchi unga o’rgatadi. Kimki hayotdan o lmasa 
ta’lim, unga o’rgata olmas hech bir muallim
Transformatsion metoddan tilning fonetik, leksik, stilistik sohalarida ham foydala nish 
mumkin. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling