64
LOGOGRAFIK yozuv sin. Ideografik yozuv,
lot. logos- so’z,
grek . Idea- tushuncha;
Grapho- yozaman. Har bir belgi so’z va tushunchani ifodalovchi yozuv.
IEROGRAFIK yozuv
grek . hieroglyphoi- muqaddas yozuv. Qadimgi Arabiston va
hozirgi Xitoyga hos bo’lgan yozuv.
MIXSIMON yozuv Mixsimon belgilar yordamida fikrni
yozma ravishda ifodalash
vositasi.
FONOGRAFIK yozuv
lot. phone-tovush, grapho- yozaman.
TRANSKRIPSIYA lot. transkription-ko’chirib yozish. So’zlarning
talaffuzini yozu-
vda ifodalash.
TRANSLITERATSIYA lot. trans - orqali, litera - harf. Bir tilning belgilarini boshqa til
alifbosi orqali ifodalash.
MAVZUGA OID ASOSIY MASALALAR BAYONI
Yozuv insoniyat o’ylab topgan eng buyuk kashfiyotlardan biri hisoblanadi.
Yozuv voqea va
hodisalarni abadiylashtirish, ular haqidagi ma’lumotlarni
saqlash
imkonini beradi. U ovoz yordamida muomala qilish imkoniyati yo’q bo’lgan ta qdirda
qo’l keladi. Yozuv uchun vaqt va masofa to’siq bo’la olmaydi.
Insoniyat yozuv tufayli o’z tarixini o’rganish imkoniyatiga ega. Yozuv t ufayli
kishilar til evolytsiyasi to’g’risida ma’lumotga egadirlar. Yozuv borligi uchungina biz
tilning
taraqiyotini kuzatish,
rivojlanishini qayd qilish, ajdodlarimiz tilini o’rganish,
qiyoslash, tilga kirib kelayotgan yangiliklar va ularning sabablarini aniqlash imkoni-
yatiga egamiz.
Yozuvning paydo bo’lganiga ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Hanuzgacha ba’zi
xalqlar o’z yozuvlariga ega emaslar.
Yozuvning rivojlanish tarixini quyidagi chizma yordamida ko’rsatish mumkin:
VOQELIK NARSA SO’Z BO’G’IN TOVUSH
Do'stlaringiz bilan baham: