Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

S t a t i s t i k metod. Ushbu metodni tilning barcha qatlamlari uchun 
qo’llash mumkin. Statistik metod yordamida til birliklarining ishlatilish miqdori aniqla-
nadi. Masalan, ushbu metod yordamida tillardagi so’z turkumi miqdor jiha tdan 
o’rganilganda otlar lug’at tarkibining 50-60 foizini, fe’l- 20-25 foizini, qolgan so’z tur-
kumlari esa 15-20 foizini tashkil qiladi. 
Olmon tilidagi otlarning rodlar bo’yicha taqsimlanishi quyidagicha: 
- Jenskiy roddagi otlar: 45 foiz. 
- Mujskoy roddagi otlar: 38 foiz. 
- Sredniy roddagi otlar: 17 foiz. 
Tildagi birliklar nutqda bir hil qo’llanilmaydi. Masalan: olmon, ingliz, farang tillaridagi 
artikl va predloglar taxminan 20-30 so’zdan iborat bo’lgani holda, nutqdagi 
so’zlarning 50 foizini tashkil qiladi. 


62 
Statistik metod matematikaga va ehtimollar nazariyasiga oid dalillardan unumli fo yda-
langan holda ish yuritishni taqozo qiladi. Ushbu metod tarjimada kompyuterdan foy-
dalanish, lug’at, bibliografiya tuzish, axborotlar tizimini tuzish, programmalashtirilgan 
darsliklar tuzish, chet tillarni o’qitish jarayonida ta’lim mazmuninig hajmini belgilash 
borasida katta ahamiyatga ega. 
M a’ n o k o m p o n e n t l a r i n i t a h l i l q i l i s h metodi. Keyingi 20-25 yillar 
ichida so’zlarning ma’no anglatish jihatlarini o’rganishga e’tibor kuchaydi.
So’zlarning ma’nosi ularni farqlovchi s e m a l a r yig’indisidan iborat. Sema 
so’zning eng kichik ma’no birligidir. 
Masalan: meva- taom; olma- taom;
-ovqat; -ovqat; 
- umumiy; - konkret. 
Hozirgi kunda tilshunoslikda ma’no komponenti tahlili metodining ikki ko’rinishi 
mavjud:
1. So’zning lug’aviy ma’nosini tahlil qilish. 
2. Ko’p pog’onali tahlil.
Agar so’zning ma’nosi ochiq, aniq (eksplitsit) ifodalangan bo’lsa tahlilning birinchi 
turidan, agar so’zning ma’nosi yashirin (implitsit) tarzda ifodalangan bo’lsa ko’p 
pog’onali metoddan foydalangan holda tahlil qilish maqsadga muvofiq.  

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling