63
-Tilshunoslikning tadqiqot metodlaridan qaysilarini siz amalda qo’llash imkoniy atiga
egasiz?
- Yuz, bet, aft, bashara, turq, tarofat, oraz, chehra so’zlarining ma’no jihatdan y aqinlik
darajasini aniqlang.
A D A B I Y O T
M.T.Irisqulov T. 1992. 188-200 sahifalar.
B.N.Golovin M. 1977. 259-280 sahifalar.
Y O Z U V
MA’RUZA BO’YICHA ASOSIY MASALALAR
- Yozuv va uning mohiyati.
a) yozuv haqida tushuncha
b) yozish yoki fikrni yozma ravishda bayon qilish
c) yozma nutq
- Yozuvning paydo bo’lishi.
- Yozuv turlari.
- Grafika.
- Orfografiya.
- Orfografiya prinsiplari.
- Jahon tillarida yozuvdan foydalanish.
- O’zbek tili orfografiyasi.
- Yozuvning maxsus turlari.
MA’RUZADAGI ASOSIY LINGVISTIK ATAMALAR IZOHI
YOZUV 1. Kishilar muomala jarayonida foydalanadigan barcha turdagi ko’rish (graf-
ik) belgilari.
2. Harflar yordamida ifodalangan matn.
YOZISH fikrni yozma ravishda bayon qilish.
YOZMA NUTQ 1. Nutq faoliyatining turi: o’qish va yozish jarayoni. 2.
Kitobiy nutq.
GRAFIKA grek . grafikos- yozilgan, ifodalangan. Harflarning
yozilish shakllari,
xarf -
tovush munosabatlari bilan shug’ulanuvchi soha.
ORFOGRAFIYA grek . orthos-to’g’ri, grapho- yozaman.
Alifboning yozuvdagi
qo’llanish
qoidalari, so’zlarning yozilishi va bo’g’in ko’chirish
masalalari bilan
shug’ullanuvchi soha.
Do'stlaringiz bilan baham: