Tizimli tahlil asoslari fanining mazmuni, predmeti va metodi
MURAKKAB TIZIMNING ELEMENTLARI, UNING
Download 215.09 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
1.3. MURAKKAB TIZIMNING ELEMENTLARI, UNING
YUQORI VA QUYI TIZIMLARI. Ob’ekt murakkab tizim sifatida namoyon qilinganda, uning tizimli tahlil uchun muhim hisoblangan tarkibiy qismlari tizim elementlari deb nomlanadi. Ob’ektning muhim bo‘lmagan qismlari tizimda aks ettirilmaydi. Har qanday murakkab tizim tuzilma shaklida bir-biri bilan bog‘langan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Agar tizimning ayrim elementlari o‘z navbatida tuzilma shaklida bir- biri bilan bog‘langan elementlardan tashkil topgan bo‘lsa, bunday elementlar to‘plami quyi tizim deyiladi. Quyi tizim ham murakkab tizimning uchta universal hususiyatlariga ega – u maqsadga intiladi, uning biborta elementini ajratib bo‘lmaydi va ular bog‘langan bo‘ladi. Agar quyi tizim murakkab tizim bo‘la olmasa, ammo baribir bir qancha elementlarni o‘zida qamrab olsa, u tizim komponenti deyiladi. Agar A tizimi B tizimning quyi tizimi bo‘lsa, u holda B tizimi yuqori tizim deyiladi. Odatda yuqori tizimni tashqi muhit deb ham atashadi. Rasm 1.1. Murakkab tizimning elementlari, uning yuqori va quyi tizimlari Tizim tahlilchisi ob’ektni tizim shaklida namoyon qilayotganda tadqiqot mavzusini inobatga oladi. Masalan, tadqiqot mavzusi “Toshkent davlat yuridik universitetida yuridik kadrlarni tayyorlash tizimining samaradorligi” deb nomlansa, bunda Toshkent davlat yuridik universitetidagi yuridik kadrlarni tayyorlash tizimi – tadqiqot ob’ekti bo‘lsa, mazkur tizimning ishlashi samaradorligi tadqiqot predmeti bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, o‘quv va ilmiy ishlarning 18 natijaviyligi va sifati, hamda resurslardan oqilona foydalanishga urg‘u beriladi va tegishli muhim quyi tizimlar va elementlar tizimni namoyon qilishda “universitet” degan ob’ektdan ajralib olinadi. Download 215.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling