1.4. MURAKKAB TIZIMLAR TUZILMALARI. Murakkab
tizimlarning tuzilmalarini aniqlash – tizimli tahlilning muhim vazifasidir,
chunki agar bunday tuzilma haqida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, tizimning
elementlari, quyi tizimlari va ular orasidagi munosabatlar haqida gapirib
bo‘lmaydi.
Tizimning tuzilmasini aniqlash degani – tizimning quyi tizimlari,
elementlari va ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash degani.
Agar vaqt o‘tgan sari tizimning holati o‘zgarsada, lekin shu bilan birga
uning tuzilmasi va funksiyalari o‘zgarmasa, bunday tizim - statsionar
(yoki barqaror) tizim deyiladi. Agar vaqt o‘tgan sari tizimning qaysidir
elementi rivojlanib, quyi tizimga aylansa, tizimning tuzilmasi rivojlangan
bo‘ladi.
Tizimning tuzilmasi – ichki va tashqi ta’sirlar sharoitida uning
yahlitligini ta’minlovchi munosabatlar majmuasidir. Bunda tizimdagi
barcha elementlar orasida bog‘liqliklar mavjud deb faraz qilinadi.
Hususan, agar tizimdagi qaysidir elementning holatida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar tizimdagi boshqa bir element holatidagi o‘zgarishlarga ta’sir
qilsa, u holda tizimning o‘sha ikkita elementini bog‘liq desa bo‘ladi.
Rivojlanish xarakteri bo‘yicha tuzilmalarni ekstensiv va intensiv
tuzilmalarga ajratish mumkin. Ekstensiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda
munosabatlar soni vaqt o‘tgan sari ko‘payadi, intensiv tuzilmaga ega
bo‘lgan tizimlarda esa munosabatlar sifati va shakli, hamda elementlar
orasidagi kommunikativlik yaxshilanib boradi. Reduktiv tuzilmaga ega
bo‘lgan tizimlarda munosabatlar soni vaqt o‘tgan sari kamayadi, regressiv
tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda esa munosabatlar sifati va shakli, hamda
elementlar orasidagi kommunikativlik yomonlashib boradi.
Munosabatlar turi bo‘yicha tuzilmalar predmetli, funksional va
tashkiliy tuzilmalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |