Tizimli tahlil asoslari fanining mazmuni, predmeti va metodi


Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlilning ob’ekti va predmeti


Download 215.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/20
Sana17.06.2023
Hajmi215.09 Kb.
#1520949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-mavzu

Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlilning ob’ekti va predmeti. 
Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil – tizimlarning vujudga kelishi
4
Bertalanffy L. von (1962), General System Theory – A Critical Review // «General Systems», vol. VII, p. 1-20. 
5
Haken v. H. (Hrsg.), Synergetik: Synergetics - A Workshop. Berlin: Springer-Verlag, 1977. 


10 
rivojlanishi, degradatsiyasi va tugatilishi, hamda ularning turlari
tuzilmalari, funksiyalari va hususiyatlarini o‘rganuvchi fan.
Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fanining o‘rganish ob’ekti 
sifatida tizim ko‘rinishiga keltiriladigan turli ob’ekt va xodisalarni ko‘rish 
mumkin.
Tizimlar 
nazariyasining 
o‘rganish predmeti sifatida tizim 
ko‘rinishiga keltiriladigan turli ob’ekt va xodisalarning vujudga kelishi, 
rivojlanishi, degradatsiyasi va tugatilishi, hamda ularning turlari, 
tuzilmalari, funksiyalari va hususiyatlarini ko‘rish mumkin.
Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fanining metodologiyasi. Fan 
metodologiyasi deb fan tomonidan foydalaniladigan tadqiqot usullari 
majmuasiga aytiladi. Ma’lumki, tadqiqotchilar turli tadqiqot usullari 
majmuasidan foydalanadi.
Avvalam bor, deyarli har qanday mutaxassislik fani quyidagi 
umumiy-ilmiy o‘rganish usullardan foydalanadi: tahlil va sintez; induksiya 
va deduksiya; analogiya; ajratib olish; ideallashtirish; konkretlashtirish; 
tasniflash; qiyoslash. 
Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fani ham shu usullardan, albatta, 
foydalanadi. 
Tahlil usuli o‘rganish predmetini bo‘laklarga bo‘lib o‘rganishni 
nazarda tutadi.
Sintez usuli esa predmetning o‘rganilgan bo‘laklarini birlashtirishni 
va tahlil natijalarini umumlashtirishni nazarda tutadi. Tahlil tadqiqot 
boshida amalga oshirilsa, sintez uni yakunlaydi. 
Induksiya usuli - hususiy xodisalar hususiyatlaridan olingan fikr 
bildirishdan (ya’ni asosdan) umumiy xodisalar hususiyatlaridan olingan 
fikr bildirishni (ya’ni xulosani) keltirib chiqarish usulidir. Bunda hususiy 
fikr bildirish (asos) haqiqat deb faraz qilinadi.
6
Deduksiya usuli – umumiy fikr bildirishdan (asosdan) hususiy fikr 
bildirishga (xulosaga) o‘tish usulidir. Bunda umumiy fikr bildirish (asos) 
haqiqat deb faraz qilinadi.
7
Analogiya usuli – muayan predmetni o‘rganish natijasida hususiyatlar 
bo‘yicha olingan bilimlarni analogik predmetga qo‘llash usulidir.
8
6
Induksiya to‘liqsiz va to‘liq bo‘ladi. To‘liq induksiya usulini qo‘llash nihoyatda og‘ir, chunki barcha hususiy xodisa 
yoki ob’ektlarni o‘rganib chiqish - mushkul va harajatli tadbir. Ko‘pincha to‘liqsiz induksiya amalda qo‘llaniladi, lekin 
to‘liqsiz induksiya usuli yordamida olingan xulosalar ehtimolli bo‘ladi va doimo haqiqat bo‘lavermaydi. 
7
Ba’zan deduksiya usulida asos “ceteris paribus” qoidasi bilan birgalikda haqiqat deb faraz qilinadi. Bu qoida “boshqa 
omillar o‘zgarmas”degan ma’noni anglatadi. 
8
Mazkur usul, masalan, quyidagi formulaga asoslanadi: agar A ob’ekti a, b, c, d hususiyatlariga ega va B ob’ekti b, c, d 
hususiyatlariga ega bo‘lsa, u holda B ob’ekti ham a hususiyatiga ega.


11 

Download 215.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling