Tizimli tahlil asoslari fanining mazmuni, predmeti va metodi
Download 215.09 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murakkab tizim
- Bog‘liqlik (kommunikativlik) hususiyati
Muammo (masala) – sub’ektning ob’ektga nisbatan mulohaza
ko‘rinishida bildirilgan tanqidiy munosabati. 16 Masalan, sub’ekt ob’ekt tomonidan keltirilayotgan naf bilan qoniqmaydigan bo‘lsa, ob’ektga nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi, ya’ni ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni ko‘taradi. Tezaurus – quyi ob’ektlar, sub’ekt va ob’ekt orasidagi munosabatlarni maxsus belgilar bilan ifodalash va ular yordamida muammoni yechish maqsadida qo‘llanadigan til. Masalan, bu – matematik, lingvistik yoki dasturlash tili bo‘lishi mumkin. Murakkab tizim – bu shunday ob’ektki, u quyidagi uchta universal hususiyatlardan iborat bo‘ladi: - ob’ektning yahlitligi (elementlarning integrallashganligi) 17 ; - elementlarning bir-biri bilan tuzilma shaklida bog‘liqligi 18 ; - ob’ektning maqsadga intilishi (ya’ni ob’ektda maqsad sari intilish hususiyati mavjud). Yuqorida keltirilgan ta’rif ushbu darslikda o‘rganiladigan murakkab tizim tushunchasining to‘liq ta’rifi hisoblanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bundan avvalgi ta’rifda tizimning yaxlitlilik xususiyati keltirilmagan edi. Yahlitlik (integrallashganlik) hususiyati. Murakkab tizimning birorta elementini ajratib bo‘lmaydi. Demak, murakkab tizimga nisbatan hususiy tahlil emas, balki tizimli tahlilni amalga oshirish kerak, ya’ni har bir elementni tizimdan ajratmagan holda tahlil qilish lozim. Tizimdan ajralgan element o‘zining muhim hususiyatlarini yo‘qotadi, tizim doirasida esa u o‘z hususiyatlarini saqlaydi. Bunga sabab, o‘sha elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligidir. Bog‘liqlik (kommunikativlik) hususiyati. Murakkab tizimdagi elementlar bir biri bilan har hil munosabatlarda bo‘lishadi. Agar ba’zi elementlar alohida bo‘lib qolib, ularning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi aniqlanmasa, tizim haqidagi ma’lumot to‘liq bo‘lmaydi. Agar har bir elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi 16 “Muammo” tushunchasiga boshqacha ta’rif bersa ham bo‘ladi: muammo – ob’ektning a’lo va joriy holati orasidagi tafovutni ifodalovchi mulohaza. 17 Ya’ni birorta elementni ob’ektdan uning nafliligini kamaytirmasdan ajratib bo‘lmaydi. Masalan, futbol jamoasi o‘yin davomida bir o‘yinchidan qizil kartochka tufayli ayrilib qolsa, o‘ynayveradi, ammo uning o‘yini samaradorligi pasaymay qolmaydi. 18 Tizim elementlari orasidagi bog‘liqlik tizim va tashqi muhit elementlari orasidagi bog‘liqlikdan kuchliroq bo‘ladi. 16 ma’lumot to‘liq aniqlansa, u holda tizim deterministik deb nomlanadi. Deterministik tizimlar ko‘pincha mexanika va matematika sohasida uchraydi. Ijtimoiy tizimlar esa deterministik bo‘lmaydi. Murakkab tizimdagi elementlar bir biriga nisbatan ierarxik yoki boshqacha holda joylashgan bo‘ladi. Qaysidir elementlar tizimning yuqori pog‘onasida joylashgan bo‘lsa, boshqalari – quyi yoki parallel pog‘onada joylashgan bo‘ladi. Masalan, universitet boshqaruvi tizimida rektor element sifatida eng yuqori pog‘onada tursa, prorektorlar boshqa elementlar sifatida ikkinchi pog‘onada turishadi va xok. Download 215.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling