Tizimli tahlil asoslari fanining mazmuni, predmeti va metodi
Download 215.09 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konkretlashtirish usuli
Saralab olish usuli – predmet uchun ob’ektning eng muhim bo‘lgan
hususiyatlari, qismlari, ularning orasidagi munosabatlarini alohida ajratib olish va boshqa ahamiyatsiz hususiyatlari, qismlari va munosabatlaridan voz kechish usulidir. Ideallashtirish usuli – muayan predmetni o‘rganish natijasida real xayotda uchramaydigan, etalon yoki ideal sifatida ko‘riladigan modelni yaratish va uning hususiyatlarini real xayotda uchraydigan ob’ekt hususiyatlari bilan taqqoslash usulidir. 9 Konkretlashtirish usuli – ob’ekt va predmet to‘g‘risidagi abstrakt, hamda ideallashtirilgan bilimlarni real hayotdagi xodisalar to‘g‘risidagi bilimlar orasidagi tafovutni kamaytirish usulidir. Tasniflash (klassifikatsiya) usuli – muayan ob’ektlar (elementlar) to‘plamidan muayan tasniflash alomati bo‘yicha tasniflar (klasslar, quyi to‘plamlar) ni tuzish usulidir. Tasniflash alomati – elementning hususiyati yoki tavsifidir. Alomatlar sifatiy va miqdoriy ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin. 10 Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fani - fanlararo fandir. Demak, bu fan mutaxassislik fanlarning tadqiqot usullaridan tegishli tizimlarni o‘rganishda foydalanadi. Bular: - sotsiologik usullar (kuzatuv, intervyu va so‘rovnoma orqali o‘rganish usullari); - psixologik usullar (kuzatuv, test, eksperiment va xok. orqali o‘rganish usullari); - matematik usullar (matematik modellashtirish, matematik tahlil, funksional tahlil, algebra, matematik mantiq, o‘yinlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi usullari va boshqalar); - statistik usullar (boshlang‘ich statistik tahlil, tanlanma statistik kuzatuv, korrelyasion-regression tahlil, vaqt qatorlari tahlili, indekslar usuli); - iqtisodiy tahlil usullari (iqtisodiy samaradorlik nazariyalari usullari); - davlat va huquq nazariyasi usullari; - yuridik dogmatika va germenevtika usullari; - tarihiy hujjatlar tahlili va sintezi va xok. So‘ngi asrda vujudga kelgan yangi sohalararo fanlarning quyidagi usullari tizimlarni o‘rganishda nihoyatda foydalidir: 9 Masalan, sof raqobat modeli – xayotda uchramaydigan model, ammo har qanday iqtisodiyot nazariyasi darsligida bunday model keltirilgan. 10 Ierarxik tasniflash usuli bir necha alomatlar bir-biriga nisbatan ierarxik holda turishini talab qiladi. Parallel tasniflash usuli esa bir necha alomatlar bir-biriga nisbatan mustaqil, bog‘liqsiz holda turishini talab qiladi. 12 - boshqaruv usullari; - verbal modellashtirish usuli; 11 - qarorlar qabul qilish usullari; - kibernetik va sinergetik usullar 12 . O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fanining o‘ziga hos metodologiyasi esa qanday? Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil - avvalam bor, ilmiy-metodologik fandir. Bu fan ob’ekt, xodisa va jarayonlarni yahlit holatda o‘rganish maqsadida turli usullarni o‘zida qamrab oladi. Bu usullar majmuasi biror- bir murakkab ob’ekt, xodisa yoki jarayonning husususiyatlari, tarkibiy qismlari va funksiyalarini o‘rganib olishga imkon beradi. Natijada o‘sha ob’ekt, xodisa yoki jarayon tizim ko‘rinishiga keltirilib, o‘ning ichki elementlari orasidagi munosabatlari, uning tashqi muhit bilan munosabati, elementlarining muayyan tuzilma asosida bog‘liqligi va muayan maqsad sari intilishi tushuntirib beriladi. Tizimli tahlil usuli har qanday maqsad sari intiluvchi ob’ekt, xodisa yoki jarayonni yahlit holatda ko‘rishni majburlaydi. Tizimli tahlilda ob’ekt va xodisalarni yahlit holatda ko‘rish hususiy holatda ko‘rishdan ustun turadi. Demak, tizimli tahlilda fikr soddalikdan murakkablikga emas, balki murakkablikdan soddalikka, yahlitlikdan tarkibiylikka, tizimdan elementlar sari qarab yuradi. Demak, muayan murakkab ob’ekt, xodisa yoki jarayonni tizimli tahlil qilish deganda, uni yahlit holatda, ya’ni tizim sifatida namoyon qilib, hususiyatlarini o‘rganish tushuniladi. Bunda tizimning holati va hususiyatlarini o‘rganiladi va buning natijasida uning o‘z ideal holatidan og‘ishganligi sabablari aniqlanadi. So‘ng, o‘sha sabablarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rinishidagi yechimlar tavsiya etiladi. Tizimli tahlil intuitiv qaror qabul qilishlarda qo‘llanilmaydi va ko‘pincha muammoni har-tomonlama o‘rganish, hisob-kitoblarni amalga oshirish va modellashtirish yordamida qarorlar qabul qilish jarayonlarida qo‘llaniladi. Tizim qanchalik katta va murakkab bo‘lsa, tizimli tahlil shunchalik muhim va kerakli tadqiqot instrumenti bo‘ladi. Ob’ekt, xodisa yoki jarayonlarning tizimli tadqiq qilish ko‘p 11 Verbal modellashtirish usuli – xayolan davlat-huquqiy xodisalar modelini yaratish va faraz qilingan sharoitlarda ularni ko‘zlangan yo‘nalishda o‘zgartirish o‘zgartirish. Bunday modellashtirishda miqdoriy ma’lumot deyarli qo‘llanilmaydi. Masalan, Adam Smit “ko‘rinmas qo‘l” konsepsiyasini xech qanday matematik ifodalarsiz yoritib bergan. 12 Sinergetika fani usullari tizimlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, degradatsiyasi va tugatilishini o‘rganishga katta e’tibor beradi, ammo ularning turlari va hususiyatlari ko‘proq tizimlar nazariyasi o‘rganadi. Tizimli tahlil fani esa ko‘proq tizimlar dekompozitsiyasini o‘rganishga urg‘u beradi. Mazkur darslikda biz tizimlar nazariyasi tizimlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, degradatsiyasi va tugatilishini ham o‘rganadi deb faraz qilamiz. 13 holatlarda tuzilmaviy va funksional tadqiqotlar ko‘rinishida amalga oshiriladi, ya’ni har qanday tizim ichkaridan yoki tashqaridan o‘rganiladi. Agar tizim tashqaridan o‘rganilsa, tizimning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi yoki tizimning funksiyalari ko‘rib chiqiladi, ya’ni bu erda Download 215.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling