Yog‘ochni hasharot va qurtlar zararidan asrash
- uchun avvalo,
uni p o ‘stloqdan tozalash va saqlashda sanitariya normalariga rioya
qilish kerak. Ammo qurt va hasharotlar y o g‘ochni ishlatish davrida
ham shikastlashi mumkin. Ushbu holatda yog‘ochga zaharli moddalar
(insektitsidlar - moyli antiseptiklar, organik erituvchilardagi preparatlar
bilan ishlov beriladi.
Yonishdan saqlash
- uchun yog‘ochni saqlash qoidalariga rioya
qilish, bino va inshootlarda ishlatilganda olov markazidan uzoqda bo‘lishi
yoki yonmaydigan materiallar - asbest karton va asbestsement taxtasi,
turli suvoqlar bilan qoplash zarur. Xususiy hollarda yog‘ochni yonishdan
asrash uchun antipirenlar bilan qoplash yoki shimdirish kerak. Antipiren
sifatida bura, ammoniy xlorid, natriyli va ammoniyli fosforkislotalar,
ammoniy sulfat ishlatiladi. Antipirenlar bo‘yoq va pasta sifatida kukun
to ‘ldiruvchilar kiritilgan holda ishlatiladi. Himova qatlami mo‘yqalam
yoki sepuvchi moslamalar yordamida yog‘ochga qoplanadi.
Antipirenlar yuqori haroratda yog‘och yuzasida qattiq erigan parda
yoki ba’zi antipirenlar yog‘ochni yonishdan asrovchi gazlar hosil qiladi
va kislorodni ichki qatlamlarga o‘tkazmaydi. Zarurat bo‘lsa, antipirenlar
bilan antiseptiklami mutanosib ravishda aralashtirib, yog‘ochni chirishdan
va yonishdan saqlash mumkin.
13.6. Yog‘och material va buyumlar
Yog‘och materiallar, asosan, ignabargli daraxtlami bir necha bosqichda
qayta ishlab tayyorlanadi. Ular ichida eng ko‘p ishlatiladigani qarag‘ay,
qora qarag‘ay, (yel), oq qarag‘ay (pixta), pista qarag‘ay (kedr) va tilingan
yog‘ochdir. Qarag‘ay yog‘ochidan brus, taxta, duradgorlik buyumlari, faner
va shu kabilar olinadi. Bargli daraxtlar qurilishda kamroq ishlatiladi. O lta
zich, teksturasi chiroyli eman, qora qayin (buk), yasen, shpon va maxsus
faneralar olishda, oq qayin esa pishiq fanerlar tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |