To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»
Polimer asosida tayyorlangan materiallar
Download 232.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Penopoliuretanlar
14.5.2. Polimer asosida tayyorlangan materiallar
Yacheykali p lastm assaiar - strukturasi jihatidan ko‘pikplastlar va poroplastlarga (gazoplastlarga) boMinadi. Ko‘pikplastlar plastmassa tarkibiga ko‘pik kiritilgani uchun o‘zaro tutashmagan yopiq g ‘ovaklar va yupqa devorlardan tashkil topgandir. Poroplastlar esa plastmassa tarkibida hosil qilingan gaz tashqariga chiqib ketish hisobiga o ‘zaro tutashgan g ‘ovaklar bilan xarakterlanadi. Plastmassa tarkibida ko‘pik va gaz hosil qilinishi natijasida aralash strukturali buyumlar olinadi. 226 Ularning g ‘ovakligi 90-98 foiz, o'rtacha zichligi juda kichik, X =0,026-0,0-58 W/(m.°C). Bikr va yarim bikr yacheykali plastm assalar yetarli darajada mustahkam, elas.tik va egiluvchan boMadi. Ular suvga, kuchsiz kimyoviy va biologik m ulytlarga chidamli. 100-150°S ko‘pchilik turlarining yonuvchanligi va termik destruksiyasi kamchiligi hisoblanadi. Qalinligi 5-6 sm. ko‘pikplastlar 14-16 sm qalinlikdagi mineral paxta yoki yacheykali betonlar singari issiqlik izolyatsiyasi ko‘rsatkichiga ega. Yacheykali plastmassalar asosida tayyorlangan uch qatlamli panellarning 1 m2 massasi 20-50 kg. kamayadi. Ko‘pikplast va poroplastlami qirqish, kesish va beton, asbosement, metall, yog‘och, qog‘oz yuzalarga yelimlash oson. Yacheykali plastmassalar plita, qobiq, yarim silindr shaklida devor, tom qoplama, quvurlar va boshqa konstruksiyalaming issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Penopoliuretanlar — poliefir polimerlari, diizotsianat, katalizator, emulgator va suv aralashm asining kimyoviy reaksiyalari natijasida ko‘pchitib hosil qilinadi. Poliuretan bikr va elastik holda tayyorlanadi. Poliuretanning o ‘rtacha zichligi 50-60 kg/m3, X = 0,02-0,04 W/(m.°C), ishchi harorati -50°S dan + 110°S gacha, suv shimuvchanligi 2-5 foiz. Bikr poliuretan kichik o‘rtacha zichlikka va yuqori mustahkamlikka ega boMib, suv va agressiv muhitlarga bardoshli, metall yuzalarga juda katta kuch bilan yopishadigan samarali issiqlik izolyatsiyasi materialidir. Bikr poliuretan plita uch qatlamli panellar, segmentlar, qobiqlar tayyorlashda, truboprovodlar uchun sovuq sharoitda ko‘pchiydigan va qotadigan monolit issiqlik izolyatsiyasi qoplamalari hosil qilishda ishlatiladi. Monolit qoplamalar tayyorlaganda yuzalarni gidroizolyatsiya qilishga zarurat boMmaydi, chunki penopoliuretan massasi juda katta kuch bilan metall quvur tashqi qolipiga urungani sababli o‘ta zich qatlam hosil boMadi. Penopoliuretan asosida ikki tomoni zanglamaydigan poMat listlar bilan qoplangan, istalgan oMchamdagi panellar ishlab chiqariladi va sanoat binolarida tom, devor issiqlik izolyatsiyasida ishlatiladi. U biologik muhitlarga bardoshli boMgani uchun zamburugMar va mikroorganizmlar ta’sir etishi ehtimoli boMgan joylarda ishlatiladi. Elastik panellar choklarini germetizatsiyalash uchun ishlatiladi. Poliuretan qurilishda ishlatilganda yonuvchanligini hisobga olish kerak. Download 232.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling