14.6-rasm. Fibrolit plitalar.
Arbolit - sement,
organik toMdirgichlar, kimyoviy qo‘shimchalar va
suv aralashmasidan tayyorlanadi.
Qamish plitalari - qamish poyalarini maxsus stanokda presslab va
zanglamaydigan sim bilan ko‘ndalang y o ‘nalishda tikib tayyorlanadi.
Qamish plitalari uzunligi 2400-2800 mm., eni 500 - 1500 mm.,
qalinligi
30-100 mm. Uning o ‘rtacha zichligi 175, 200 va 250 kg/m3,
X =0,06-
0,09 W/(m.°C), namligi (massasiga ko‘ra) 18 foizgacha boMadi. Ularni
chirishdan saqlash maqsadida antiseptik, yonishdan asrash uchun antipiren
bilan ishlov beriladi.
Qamish plitalari loy, gips va suvoqlar bilan yaxshi
tishlashadi.
Ular karkas devorlar, ichki pardevorlar,
kam qavatli binolar
shiftining issiqlik izolyatsiyasida ishlatiladi.
14.7. Qamish plita.
14.8-rasm. Arbolit plita.
225
Organik to‘ldirgich sifatida yog‘ochning maydalanigan chiqindilari,
maydalangan qamish, kanop yoki zig‘ir o‘zagi kabilardan foydalaniladi.
Arbolit zichligi 700 кг/м3 kam, siqilishga mustahkamligi 0,5 dan 3,5
МПа gacha bo‘ladi. U qator muhim xususiyatlarga ega:
qiyin yonuvchan,
sovuqqa va biochidamli, yaxshi arralanadi va parmalanadi.
Arbolitdan
plitalar va panellar ko‘rinishida qilingan buyumlar osma va o ‘zi ko‘tarib
turadigan devorlar, qishloq binolarining
orayopmalari va yopmalarida
foydalaniladi.
Qurilishbop namat hayvonjunidan uzunligi 1000-2000, eni 500 -2000
va qalinligi 12 mm to‘g ‘ri burchakli bir en mato ko‘rinishida tayyorlanadi.
14.9-rasm. 0 ‘ramli namat.
Namat devor va shifitlar, deraza hamda eshik
qutilari va boshqalarda
xonani isitish maqsadida ishlatiladi. Namatga xos kamchilik - kuyaning
ko‘payishi uchun muhit bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: