To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


IX BO B. B IT U M L I H A M D A Q A T R O N L I B O G ‘L O V C H IL A R


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

121


IX BO B. B IT U M L I H A M D A Q A T R O N L I B O G ‘L O V C H IL A R  
VA U L A R A S O SID A G I M A TE R IA L L A R
9.1. Um um iy m a’lumotlar
Tabiiy bitumli va qatron bino va inshootlar qurilishida qadimdan yer 
osti qismini, yog‘och konstruksiyalarni himoyalashda ishlatilgan. Ular 
Misr, Vavilon, Gretsiya, Markaziy Osiyo qadimgi shaharlarida ishlatilgani 
arxeologlar tomonidan topilgan. XIX asr o‘rtalaridan boshlab neft qazib 
chiqarish rivojlangach, neft bitumlari olish va ular asosida turli qurilish 
materiallari ishlab chiqarish kengaygan. Bitumli materiallarga tabiiy 
bitumlar, asfalt jinslari, neft bitumlari va gudron kiradi.
Tabiiy bitum lar 
- qovushoq suyuqlik yoki qattiq modda uglevodorod 
birikmalari va nometall hosilalar aralashmalaridan iborat. Tabiiy bitumlar 
neftni yer qatlamlarida tabiiy oksidlanishi (polimerlanishi) natijasida hosil 
bo'lgan; rangi qora yoki to‘q jigar rang bo‘ladi. Ular neft konlari atrofida 
toza holda yer osti ko‘llari va linzalari sifatida hamda ko‘p hollarda 
cho‘kindi to g‘ jinslariga (ohaktoshlar, qumtoshlar) shimilgan holatda 
uchraydi. Tabiiy bitum kamchil boigani uchun qurilishda bitum loklari 
sifatida ishlatiladi.
Asfalt jinslari 
- tabiiy bitum shimilgan ohaktosh, dolomit, qumtosh 
va shu kabilardir. Ulardan bitum ajratib olinadi yoki jinslar maydalanib, 
asfalt kukuni ko‘rinishida qorishmalar va betonlar tayyorlashda ishlatiladi.
Neft (sun’iy) bitumlari - neft xomashyosini organik sintez jarayonidan 
hosil bo‘ladigan mahsulotlardir. Neftni qayta ishlash texnologiyasiga qarab 
bitumlar quyidagi turlarga bo‘linadi: neftdan (gudrondan) benzin, kerosin 
va moylar haydash yo‘li bilan olingan qoldiq bitumlar; gudronga maxsus 
apparatlarda havo puflab (oksidlab) olingan oksidlangan bitumlar; neft va 
neft moylarini yuqori haroratda krekinglanishi (parchalanishi) natijasida 
hosil bo‘lgan kreking bitumlar.
Qatron 
- toshko‘mir, yog‘och, torf, slanes va shu kabilar havosiz 
muhitda quruq haydash natijasida hosil bo‘ladi.
Bitum va qatronni polimerlar, rezina, dispers to‘ldiruvchlarlar va shu 
kabi kiritib xossalari yaxshilanadi.

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling