To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 232.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev
Cho‘kindi tog‘ jinslari. Chaqiq cho‘kindi tog‘ jinslari - qum va
shag‘al beton uchun to‘ldiruvchi, temiryo41 qurilishida ballast sifatida va y o ‘l qoplamalarida ishlatiladi. Qum shisha va keramika ishlab chiqarish sanoatida xomashyoning asosiy tashkil etuvchisi sifatida qo‘llaniladi. Gilli cho‘kindi - tog‘ jinslariga kaolinit, kvars, sluda, dala shpati va boshqa minerallaming 0,01-0,001 mm. zarrachalari kiradi. Kaolinli - gil kaolinitdan iborat bo‘lib, yorqin ranglarda bo‘ladi. Ular y o g ‘lik va olovga bardoshli bo ‘lgani uchun keramika ishlab chiqarish sanoatida ko‘p ishlatiladi. Gil sement ishlab chiqarishda asosiy xomashyodir. Qumtoshlar - kvarsning sementlangan donachalaridan iborat bo‘lib, xarsangtosh pol va tratuarlar uchun plitalar, beton uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Konglomerat va brekchiyalar - tabiiy sementlangan tosh va mayda toshdan iborat bo‘lib, xarsangtosh va to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Gilli cho‘kindi tog‘ jinslari Markaziy Osiyoda ko‘plab uchraydi. Kimyoviy (xemogen) cho'kindi jinslarga - karbonatlar, sulfatlar va allitlar kiradi. Karbonatli jinslarga - ohaktosh va dolomitlar kiradi. Ohaktosh tarkibida 50 foiz ko‘p kalsit, dolomit tarkibida esa 50 foiz ko‘p dolomit jinslari bo‘ladi. Jins tarkibidagi kalsit va dolomit nisbatiga ko‘ra uning tarkibi toza ohaktoshdan toza dolomitga qadar o ‘zgaradi. Karbonatli jinslar tarkibidagi giltuproq aralashgan bo‘lishi mumkin. Karbonat va giltuproq deyarli teng miqdorda aralashsa, bunday jinslar - mergel deyiladi. Giltuproq ohaktosh mustahkamligini kamaytiradi. Ohak tosh oq, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, kulrang, hattoki, qora rangda, dolomit esa oq, sariq, och qo‘ng‘ir ranglarda bo‘ladi. 24 Ohaktosh va dolomit - zaxiralari hamma q it’alarda uchraydi. Ulami qazib chiqarish va qayta ishlash oson. Ular qurilishda poydevor va devorlarda,*binolarni bezashda, beton uchun to ‘ldiruvchi sifatida, ohak va sement bog‘lovchilari olishda ishlatiladi. Dolomit bog‘lovchi va olovbardosh materiallar, sement, shisha, keramika va metallurgiya sanoatida ishlatiladi.1^ Sulfatli jinslarga - gips va angidrit kiradi. Gips angidritga nisbatan yumshoq bo‘ladi. Angidrit oq, yashilsimon, och kulrang va kulrang- havorang ranglarda bo ‘ladi. Gips va angidrit tosh holatida qurilishda bog‘ilovchilar olishda ishlatiladi. Gips konlari Markaziy Osiyo tog‘larida ko‘plab uchraydi va tozaligi bilan farqlanadi. M agnezit- magnezit minerallaridan iborat, olovga bardoshli material, bog'lovchi ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bog‘lovchi yog‘och chiqindilari asosida kompozitsion materiallar olishda qadrlanadi. Allit - jinslariga glinozyomlar-boksitlar va lateritlar kiradi. Boksit- alyuminiy gidroksidi qizil, q o‘ng‘ir, jigarrang, yashil-kulrang ranglarda b o ‘lib, olov bardosh, qum qayroq, alyum iniy ishlab chiqarishda xomashyodir. Laterit kaolinit va temir gidrookisdan iborat. Qizil, qo‘ng‘ir va sariq ranglarda bo‘ladi. Orgonogen cho‘kindijinslarga ohaktosh, bo‘r, trepel, opoka, diatomit kabilar kiradi. Orgonogen ohaktosh dengiz umurtqasiz hayvonlari, ohakli suvo‘tlari va ohaktoshning aralashishidan paydo bo‘lgan. Orgonogen ohaktoshning bir turi bo‘r hisoblanadi. Bo‘r oq rangli, yumshoq jins bo‘lib, bo‘yoq, zamazka uchun pigment, ohak va sement kabi bog‘lovchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Chig‘anoqli ohaktosh zichligi 0,8-1,8 g/ sm3yengil arralanuvchan, Teksturasi chiroyli jins bo‘Igani uchun qurilishda ichki, tashqi devor va pollarni qoplashda ishlatiladi. Uning chiqindilaridan beton uchun to‘ldiruvchi sifatida foydalaniladi. Diatomit, trepel va opokalar, asosan, diatomitli suvo‘tlari qobiqlari, toshga aylangan mikroorganizmlardan, amorf kremnezyomdan iborat uvalanadigan tog‘ jinslaridir. Ular issiqlik izolyatsiyasi materiallari olishda, sement uchun aktiv mineral qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. Metamorfik tog‘ jinslaridan - qurilishda ko‘p ishlatiladigani gneyslar, gilli slaneslar, marmarlar va kvarsitlardir. Gneyslar slanessimon - (qatlamli) tuzilishga ega bolib, granitlaming metamorfizmga uchrashidan hosil bo‘lgan. Gneyslar tarkibiga kvars, 25 biotit, rogovaya obmanka, dala shpatlari kabi minerallar kiradi. Ular granit kabi yuqori mustahkamlikka ega, lekin muzlaganda qatlamlanib buziladi. Gneyslar poydevorlar, yo‘l qoplamalari barpo etishda ishlatiladi. Kristalli slaneslar - mayda donali kvars, biotit va muskavit minerallaridan iborat; gilli, kremniyli, sludali va boshqa turlari mavjud bo‘lib, tombop plitalar tayyorlanadi. Slanes 2-8 mm. qalinlikda osongina qatlam lanadi. Uning zichligi 2,7 -2 ,8 g/sm 3 g ‘ovakligi 0,3-3 foiz, siqilishdagi mustahkamligi 50-240 MPa. Kvarsitiar - qumtoshlarning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan mayda donali to g‘ jinslari 95-99 foiz (SiO,) dan iborat, siqilishdagi mustahkamligi 100^455 MPa, olovga bardoshliligi 1710-1770 °S. Qurilishda kvarsitiar devor toshlari, bruschatka, yo‘l va ko‘prik qoplamalarida kislotaga chidamli material sifatida ishlatiladi. Marmar - mayda, o ‘rtacha va yirik donador zich tog‘ jinsi bo‘lib, ohaktosh va dolomitlami yuqori bosim va harorat ta’sirida metamorfizmga uchrashidan hosil bo‘lgan. Sof marmar oq rangda, minerallar aralashsa, yashil, qizil, kulrang, qora va qoramtir bo‘lishi mumkin. Aralashgan mine- rallaming bir tekis tarqalmaganligi marmar teksturasi turli gulli bo‘lishiga sababchidir. Marmar zichligi 2,8 g/sm3, suv shimuvchanligi 0,7 foizgacha, siqilishdagi mustahkamligi esa 100-300 MPa, qattiqligi 3—4. Marmar oson qayta ishlanadi va jilolanadi. Mannar qurilishda ichki va tashqi devorlami bezashda, zinapoya, deraza tokchalari, chiqindilari esa koshinkorbeton buyumlar, murakkab bezak qorishmalari tayvorlashda ishlatiladi. Marmar bino va inshootlaming tashqi bezagi uchun ishlatilganda vaqt mobaynida havodagi namlik va turli gazlar ta’sirida jilosini yo‘qotib boradi. Marmar 0 ‘zbekistonning Nurota, Qurama, Chotqol tog ‘ tizmalarida ko‘plab uchraydi. Shulardan eng mashhuri Nurota mannar konlari tizimidir. Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli teatr, «Istiqlol» saroyi binolari mahalliy marmar toshlar bilan bezatilgan. Download 232.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling