To‘lg‘anoy Saidnazarova Umumtexnika fanlari va mehnat ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi annotatsiya


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 251.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana22.12.2022
Hajmi251.34 Kb.
#1042757
1   2   3   4
Bog'liq
oziq-ovqat-mahsulot-turlarini-o-qitishda-zamonoviy-pedagokik-texnologiyalardan-foydalanish

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-180-183 
Academic Research, Uzbekistan 182 www.ares.uz 
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo‘lib, har bir ta’rif 
ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning 
sharxlarini ko‘rib chiqamiz. 
Pedagogik texnologiya-axborotlarni o‘zlashtirish, ulardan amalda foydalanish
ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog‘liqliklarni 
ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o‘rgatish jarayonidan iborat. 
Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo‘llari hamda tarbiyaviy 
vositalar yig‘indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir. 
Pedagogik texnologiya-ma’lumotlarni o‘zlashtirish uchun qulay shakl va 
usulda uzatish va o‘zlashtirish jarayonidan iborat. 
Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan 
belgilangan maqsad bo‘yicha ta’sir o‘tkazish faoliyatidan iborat. 
Pedagogik texnologiya talabani mustaqil o‘qishga, bilim olishga, fikrlashga 
o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. 
NATIJALAR VA MUHOKAMA
 
Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya 
jarayoni katta avlod tomonidan o‘z bilim va tajribalarini o‘sib kelayotgan avlodga 
o‘rgatishdan iborat bo‘lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni 
avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi. 
Oziq-ovqat mahsulotlari inson uchun energiya manbai, organizm to‘qimalari 
uchun qurilish materiali va almashinuvni amalga oshiruvchi sifatida kerakdir. Oziq-
ovqat mahsulotlarining sifati xom ashyolarning xossalari, shu bilan birga xom 
ashyolarning birlamchi xossalarini o‘zgartiruvchi va mahsulotning yangi xossalarini 
shakllantiruvchi texnologik jarayonlarga bog‘liq. Masalan nonning sifati unning sifati 
va non pishirish jarayonlariga, sariyog‘ning sifati qaymoqning sifati va yog‘ ishlab 
chiqarish jarayonlariga bog‘liq. Sifati past xom ashyolardan yuqori sifatli oziq-ovqat 
mahsulotlari tayyorlab bo‘lmaydi. Shuning uchun xom ashyoga bo‘lgan talablarni 
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi barcha xodimlar 
bilishlari shart.
«Oziq-ovqat texnologiyasi» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olinayotgan talabalar 
uchun mutaxasislik fanlarini o‘rganish, tarmoqda qo‘llaniladigan xom ashyo va 
materiallarni 
o‘rganishdan boshlanadi. Dars jarayonida turli pedagogik 
texnologiyalardan foydalanashi esa darsning sifatini, talabalarning darsga bo‘lgan 
qiziqishlarini oshiradi. 



Download 251.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling