Tolibi ilm bezagi 1-dars ِﻢﯿ ِﺣﱠﺮﻟا ِﻦَﻤْﺣﱠﺮﻟا ِ ﱠ� ِﻢْﺴِﺑ
dirham (pul, mol-mulk)meros qoldirmadilar, balki, ilmni meros
Download 365.03 Kb. Pdf ko'rish
|
tolıbı ılm 1-dars lotıncha
dirham (pul, mol-mulk)meros qoldirmadilar, balki, ilmni meros
qoldirdilar. Kim buni olsa, to‘liq nasibada olibdi” (Abu Dovud, Termiziy, ibn Moja rivoyatlari). Bu Hadisni o‘rganish orqali tolibi ilmning qalbi va maslagijihatidan o‘zini qanday tarbiya qilishi kerakligi o‘rganiladi.Ilm talab qilish - ibodat, Allohga yaqinlikdir, dunyoviy foyda ilinjida yuriladigan yo’l emas.Baliq 2 suvsiz, inson havosiz yashay olmaganidek, siz ham ilm talabisiz yashay olmaydigan bo‘lishingiz kerak. Tolibi ilm foydasiz narsalarga o‘zini urmaydi. Bir yigitni tanir edik, u shar’iy ilmni yaxshi egallagan, mahallasida ilm berish, fatvolarga javob berish bilan sharafli bo‘lib turgan bir vaqtda tijoratga qiziqib qoldi. Ilmni tashlab, katta savdogar bo‘lib ketdi, ilm esa qolib ketdi. Lekin Allohning huzurida ilmini davom etgani afzalmi yoki dunyoga alg‘igan kishimi? Xossatan, qizlar turmushga chiqqani, farzandli bo‘lgani, qaynona-qaynotali bo‘lgani sabab tamoman ilm talab qilishdan to‘xtab qolishib, boshqa narsalarga chalg‘ishlari bu juda ham achinarli holdir. “Bir vaqtlar o‘qigan edim, hozir kitobni ushlasam, hech narsa esimda yo‘q”, degan gaplarni ko‘p eshitamiz. Afsuski, ilmni talab qilish qanday ajri ulug‘ amalki, uni qadrlamaslik oqibatida zoye qilib qo‘yadi. Oxirigacha uni ushlab olib borolmaydi. Demak, ilm talab qilish - bu hayotda qaror berish va hayotga faqat “ilm” degan ko‘zoynak bilan qarash, bu ko‘zoynaksiz yashash amrimahol deb bilish ekan. Bizning ilmga kirish yo‘limizda dunyo ilmlari kabi “bitirdi” degan gap bo‘lmaydi. To‘g‘ri, masalan, “arab tilidan sarf kitobini bitirdi” deyish mumkin, undan keyin esa yana ilmning asoslari ochiladi. Arab tilini bitirsangiz, yana shu arab tilining ichida yuraverasiz. Endi asosiy qadamni qo‘yib, Qur’on, aqida, fiqh va tafsir o‘qiysiz. Mana shu tarzda ilm eshiklari ochilib, davom etaveradi. Arab tilini o‘rganishga qiynalayotgan yoki yoshi kattaligi sababli muyassar bo‘lmaydigan kishilarga o‘zbek tilida ham kitoblar ko‘p. Ahli sunna va jamoaning sahih aqidasida bo‘lgan kitoblarni o‘qib ilmini oshirish mumkin. Fiqhga oid, aqidaga oid, tafsir kitoblarining tarjimalari bor bo‘lib, ulardan o‘qishlik ilm hisoblanadi. Ilm yo‘lida yurgan har qaysi foyda ilinjida yuriladigan yo‘l emas. O‘quvchi bugun o‘quvchi bo‘lsa, ertaga o‘qituvchi bo‘ladi. Muallimlik bilan tolibi ilmlik yonma-yon juft holatda davom etaveradi. Mana shu badanimizning jasadimizning tabibi eng yaxshisi qanday bo‘ladi, bilasizmi? Agar “falonchi doktor eng yaxshi doktor” desa, malakasi ko‘p deymiz. Har yili ilmini yangilab, malakasini oshirib, 3 kasalliklar, dorilarni qayta o‘rganib, izlanib turgani, ilmiy ishlar yoqlab, professor bo‘lgani va ishlashda uzluksiz to‘xtamagan doktor maqtovli va mashxur bo‘ladi. Odamlar undan ko‘p foydalanadi, bir-biriga maqtab, tavsiya qiladi. Badan tabibi shunday ekan, qalb tabibi mana shunday bo‘lishi lozim emasmi? Din ilmini o‘rganayotganlar qalb tabibi bo‘ladi. Qalb tabibi ham hech qachon ilmdan to‘xtab qolmasligi kerak. Tinmay malaka oshirishi, qalb kasalliklari davosini yaxshi bilishi lozim. Bu kasallik o‘zida bo‘lsin, yon-atrofida, jamiyatda bo‘lsin, davolashga hissa qo‘shishi lozim. Har kun ko‘zimizni ochib, siyosiy xabarlarni kuzatar ekanmiz, har kuni yangi-yangi fitnalar, musibatlar boshimizga yog‘ilayotganiga guvoh bo‘lamiz. Eshitayotgan narsalarimizdan siqilib qolamiz, dunyoni qo‘ying, tevarak-atrofimizda, yonimizda bo‘layotgan ishlarning bizga yechimi yo‘qmi? Kim ularga shar’an mos yechimni beradi? Kimlardir vaqtinchalik, o‘zlari bilganicha, psixalogiya yoki boshqa uslublar bilan yechim qilyapti. Ammo, “Alloh aytdi”, “Rosuli aytdi” bilan haqiqiy yechim, davo bo‘lib, buni faqat tolibi ilm bera oladi. Bu aytayotgan gaplarimiz tolibi ilmlarni cho‘chitmasin. Katta foyda ko‘zlagan savdogar katta qo‘rquv bilan ishga kirishi aniq. Allohninng huzuridan katta ajrlarni umid qilayapmizmi, biz ham katta pul tikayotgan savogarlarga o‘xshaymiz. Katta pul tikib, savdoga qo‘l urayotgan odam ham xavfi bo‘ladiki “inqirozga uchrab qolmaymanmi?”, “foyda ko‘ramanmi?”, “molimni vaqtida yetqizib, chiroyli foyda ko‘ramanmi?” degan xavfi bo‘ladi. Shunga o‘xshab, biz ham katta tijoratga kirayapmiz, tolibi ilm bo‘lish - bu Alloh bilan bizning o‘rtamizdagi bir tijorat, undan katta foyda ko‘zlayapmiz.Alloh Taolo bu ilmga nihoyatda ulug‘ ajrlarni va’da qildi. Bizda ham shu katta savdogar kabi katta xavf ham bo‘lishi kerak. Ko‘radigan foyda bilan xavfimiz barobar bo‘lishi kerak.Tolibi ilmga farishtalar qanotlarini yoyib, to‘shab turishi, istig‘for aytib turishi oliy foyda emasmi? Siz farishtalarning sanog‘i-yu, qanchalik mukarram ekanligini bilasizmi? Bunda rag‘bat bilan barobar rahbat ham bo‘lishi kerak. 4 Bu rag‘batning o‘ziga yarasha qiyinchiligi, mashaqqati, fidoiyliklari bor. Endi yuqorida kelgan Hadisga to‘xtalsak, bu Hadis mashxur va ma’ruf bo‘lgan Hadis. Ammo, juda chuqur taammul qilish vojib bo‘lgan hadislardan hisoblanadi. Bu Hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam “kimki ilm yo‘liga yursa” dedilar. Mana shu Hadisning uchta kalimasiga e’tibor qaratamiz: “yursa”, “izlab”, “oson qiladi”. “Kim ilm talabida izlab, bir yo‘lga yursa”... “yursa” nima degani? Rаsululloh sollallohu alayhi va sallam “borsa”, “harakat qilsa” demadilar, “yursa” dedilar. Bu yerda “Shunchaki yursa ham” degan ma’no bor. Yo‘l so‘ragan odamga “ shu yo‘ldan yursangiz, to‘g‘ri topasiz”, deb aytamiz. Bu oddiygin yurib ketish ma’nosida. Avvalo, Alloh Subhanahu Taolo qalbimizga shu yo‘lda yurish rag‘batini tashlaydi. Ilm talabida yurish sevdiriladi. Salaflardan ba’zilari ilmni qattiq sevib, xohlab qolganlarida “ajrlanmasamchi” deb qo‘rqib qolishgan. Nihoyatda ilm yo‘lida yurish oson bo‘lib ketganligidan, shunchalik yaxshi ko‘rib, usiz tura olmay qolganligidan “savob bo‘lmay qolarmikin, bu nafsimga, xohishimga juda ham yoqadigan narsaga aylanib qoldi” deb qo‘rqib qolishgan. Alloh Taolo ko‘ngilga shunchalik rag‘batni tashlab qo‘yadi, ilm yo‘lida yursa, rohatlanadigan qilib qo‘yadi. Bu yurish shunchalik oson. Alloh Taolo bunga rag‘bat qilgan, ilm yo‘lida yuraman degan insonga yurishni oson qilib qo‘yadi. Yurishining o‘zini oson qilib qo‘yadi, ozmi, ko‘pmi bir ilmni o‘rganishi shart qilinmayapti. “Borib, mana buncha narsani yodlasang, buncha qator oyatni bilsang” degan shartlar qo‘yilmayapti, ammo, bu yo‘lda yurganga albatta Alloh Taolo tavfiq beradi, ilm beradi, shuning uchun ham yurishining o‘zi aytildi, xolos. “Qiyin ekan, tushunmayapman”, “yod olomayapman”, “yozolmayapman”, “orqada qolayapman” deguvchilardan: “Ilm talab qilishdan sizning maqsadingiz nima? Bu yo‘lda yurishning o‘zi ajr ekan, yana bu qiyinchiliklaringizga alohida ajr bo‘lsa, Alloh Taolo sizning bilim darajangizga emas, nechta kitob yodlading, nechta daftar qoralab kelding, demas ekan. Juhdingizga, harakatingizga, qalbingizdagi ixlosingizga qaraydi. Mana shu narsa yetarli emasmi?” deb so‘raymiz. 5 Ilm izlashdan maqsad - Allohga xolis niyat bilan ibodat qilish, Allohning yuzini maqsad qilish, Allohning roziligini maqsad qilish bo‘ladi. Shu maqsadlarga qanday erishamiz, Jannatga qanday erishamiz, mana shu narsalarni izlashimiz kerak bo‘ladi. Izlanganni Alloh Taolo albatta maqsadga muvaffaq qiladi, bunga hayotda misollar ko‘p. Shunday yo‘lni topgan insonga eng ulug‘ ibodat bu shukr ibodatidir. Haqiqatdan sizni izlagan ustozingiz bor, sizga “bu kitobni o‘qisang bunday bo‘ladi, bunisini o‘qisang mana bunday bo‘ladi” deb to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib turadigan ustoz bo‘lsa, kitoblar muhayyo bo‘lsa, sharoitlar muhayyo bo‘lsa, qilinadigan eng katta ibodat - bu shukr ibodati. Alloh taolo dedi: ﵟ نِ� َل ۡمُ�ۡرَك َش ۡمُ��نَد�ِز َ � َ � ﵞ Download 365.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling