19
bo‘ladigan munosabatini, boringki, hayotining har bir bosqichini
izga soladi.Mana sizga odoblar majmuasidan tuzilgan «Bezak».
Odoblar majmuasining muqobili ofatlar majmuasidir. Odob
qo‘ldan boy berilgani sari ofatga yo‘l ochilaveradi. O‘quvchi
qanchalik beparvo bo‘lsa, shunchalik odobni yutqazib, ofatga
yo‘liqaveradi. Odoblar yuksalgandan yuksalib, sunnatgacha va
hatto farzgacha yuqorilagani kabi, ofatlar ham tobora
tubanlashib, makruhgacha va hatto haromgacha pastlaydi.
Odobning buzuvchilari (ofatlar)i bordir. Buning ma’nosi: odoblar
zikr qilinsa, uning ziddidan ofatlarini borligi tushuniladi. Agar
sunnatga tegishli bo‘lib uni tark qilsa, qaraladi: agar uning tark qilgani
muallim bilan yoki birga o‘qiydigan toliblar bilan bo‘lgan
odobsizlikdan bo‘lsa, bu makruh ishdir. Odobni tark
qilganligi uchun
emas, undan odobsizlik sodir bo‘lganligi uchun makruh ishdir.
XULOSA: "Sunnatni tark qilgan barcha odamlar batahqiq makruh
qilibdi yoki vojibni tark qilgan barcha odamlar batahqiq harom qilibdi"
deb umumiy aytilmaydi, balki bu nisbiy tushunchadir.
Odoblar turlichadir. Jumladan, umuminsoniy odoblar va tolibi
ilmlarga xos odoblar, shar’iy odoblar va tabiiy odoblar. Hatto
tabiiy odoblar ham shariatga asoslanadi. Zero, chiroyli odoblaru
go‘zal xulqlarga chorlash shariatning umumiy qoidalaridandir.
Men bu mavzuni to‘la yoritib berdim, deya olmayman. Kitobni
yozishda misollar keltirish uslubini tanlab, o‘quvchini shu fan
taqozo qiluvchi vazifalarga undashni ko‘zladim. Bu qisqa va
lo‘nda bitiklar o‘quvchining ta’biga to‘g‘ri kelsa, uni sharhlaydi,
kengaytiradi. Uni o‘qigan odam o‘zi ham bahra oladi, o‘zgalarga
ham ulashadi. O‘z navbatida shuni ham ta’kidlab o‘tishim lozimki,
kitobdagi misollar ilmlariga Alloh taolo baraka berib, ummatning
peshvolariga aylangan zotlarning odoblaridan olindi. Alloh
barchamizni jannati naimda o‘sha zotlar bilan birga qilsin! Omin!