Tolibi ilm bezagi 1-dars ِﻢﯿ ِﺣﱠﺮﻟا ِﻦَﻤْﺣﱠﺮﻟا ِ ﱠ� ِﻢْﺴِﺑ
Download 365.03 Kb. Pdf ko'rish
|
tolıbı ılm 1-dars lotıncha
“Agar shukr qilsangiz, ziyoda qilaman” (Ibrohim, 7). Yana tolibi ilmga noloyiq eng xunuk ishlar bilan ham tanishib chiqsak. Bunday ishlardan tanqid qilish, kir qidirish. Allohning fazli ila tolibi ilmga maqsadi hosil bo‘lishi uchun makon hozir bo‘lsa, ustozlar hozir bo‘lsa, sharoitlar muhayyo bo‘lsayu, undan nuqson topsa. Albatta, insonning ishlaridan nuqson topiladi, topaman desa, topilaveradi. Muhimi, odob, axloq ilm berib turibdimi, maqsadingizga yetadigan narsalar bormi, qolgan mayda-chuyda narsalarga tilni uzun qilish kerak emas. Alloh qodir qilganicha harakat qilayotganlarning yuziga oyoq qo‘ysa, bu tolibi ilmlik barakasini ketkizadigan, shu joyning barakasini ketkizadigan holat bo‘lib, aynan o‘sha shaxsning o‘zi ham barakasiz, xosiyatsiz shaxs ekanligini ko‘rsatadi. Ilmiy jamoaga nisbatan hadeb kir qidirish yaxshi emas. Masalan, ustozlarning shaxsiy ayblari bo‘lishi mumkin, bu berayotgan ilmida yoki o‘qitayotgan kitobida emas, o‘tirgan madrasasida ham ayb yo‘q.Lekin kir qidirsa nimdir bo‘ladi yoki “imtihonda menga yaxshi qaramadi, falonchiga yaxshi qaradi”, “savollarni noto‘g‘ri tuzibdi, bizni qiynash uchun qilibdi” degan kabi bo‘lishi mumkin yoki umuman 6 boshqacha bo‘lishi mumkin. Mana shunday kir qidirishlar eng barokatsizlikni olib keladi va noshkurlik bo‘lib qoladi. Mana shu narsalardan ehtiyot bo‘laylik, barokatsiz, xosiyatsiz shaxs bo‘lib qolishlikdan Alloh asrasin! Bu gaplarni aytishdan maqsad, ba’zi o‘quvchilar madrasani tashlab ketadi, o‘qishlarga kelmay qo‘yadi yoki darslarga kirmay qo‘yishadi. Sababi, bu ustoz uning talabiga javob bermagan bo‘ladi yoki o‘sha madrasa uning talabiga javob bermagan bo‘ladi.Bu shukrsizlik alomati, ne’matga nonko‘rlikdir. Kamchiliklar astasekin tajribalar oshishi sababidan to‘ldirilib, tuzatilib boriladi. Siz bo‘layotgan ishlarga, darslarga hayrixohlik nazari bilan qarang. Yaxshiliklar Allohdan kelaveradi, inshaalloh, ne’mat shukr bilan davomli. Biz mana shu yo‘lga kirgan ekanmiz, ilm talabida ilm izlab yursa, Alloh u sababli Jannatga yo‘lni oson qilib qo‘yadi. “Ilm talabida yursa, Alloh u sababli Jannatga yo‘lni oson qilib qo‘yadi” degandagi ma’no Jannatga tegishlimi Oxiratga tegishlimi? Bir kishi xolis Allohning yuzi uchun ilm talabida yo‘lga chiqdi. Alloh unga Jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi, demak, u Jannat haqlarni soqit qilmaydi. Uning ustozlik haqqiga riyo qilmaganlardan haqqini oladi. Ustoz ko‘rmasa, Alloh ko‘rib, kuzatib turibdi. Alloh uchun ilm olayotgan bo‘lsangiz, sizni ustoz ko‘rib turibdimi, ko‘rmayaptimi, holatingizni bilib turibdimi, bilmayaptimi, nima qizig‘i bor, sizga axir ilm kerak- ku.Aslida, shu ilmni olasan, shu ustozda o‘qiysan, deb sizni birov majburladimi? Nega ustozning bilimidan foydalanishga xaris emassiz, ixlosingizni bir tekshirib oling, niyatingizni bir tekshirib oling. Kimki ilm yo‘lida yurgan ekan, faqat Allohning vajhini qasd qilsin. Maqsadi ilm orqasidan non topish, tirikchilik bo‘ladigan bo‘lsa, yaxshisi boshqa ilmlarga borsin. Kompyuter o‘rgansin, chevarlikni o‘rgansin, boshqa hunarlarni o‘rgansin, u uchun mana shunisi yaxshi. Gunohkor ham bo‘lmaydi, malomatga ham qolmaydi. Bu yo‘lni bo‘shatib qo‘ysin, adashib kirib qolgan bo‘ladi.Hech kim xohlamaydi, dunyoni deb Oxiratini kuydirishni yoki birinchilardan bo‘lib do‘zaxga otilishni. Non topish uchun qilinadigan muboh ishlar juda ham ko‘p, shu yo‘lga tushib oling. Ilmni dunyomizga vosita qilishdan qattiq ehtiyot qilishimiz 7 kerak. Hadis davomida “Farishtalar qanotlarini tolibi ilmga uning qilayotgan narsasidan rozi bo‘lib, Allohni tanish uchun qilayotgan harakatidan rozi bo‘lib, qanotlarini to‘shab turadi”, deyildi.Endi tasavvur qiling, ilm va uning talabida bo‘lish sizni butun dunyo bilan bo‘ladigan aloqangizni hosil qilayapti. Dunyoning eng sharafli maxluqotlari - bu fatishtalar. Tasavvur qiling farishtalar nechta, ular nimadan yaralgan? Farishtalar nurdan yaralgan. Qanotlari qanday? Yoysa, ufqni to‘ldiradi, juda ham katta. Alloh Taolo qanotlarini ikki, uch, to‘rt va yana bundan ham ziyoda qilib yaratgan. Jabroil alayhissalomning qanoti butun osmonni to‘sib qolar edi, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam shu narsani ko‘rgan edilar. Endi shunday ulug‘, buyuk qanotlar tolibi ilm poyiga undan rozi bo‘lingan holda to‘shab qo‘yilgan bo‘lsa, bu ilm talabinining qanchalik ulug‘ligiga dalolat qilmaydimi? Nima uchun biz buni his qilmaymiz, anglamaymiz? Darsda o‘tirgan vaqtimizda boshqa narsalarga chalg‘iymiz? Buni his qilishdan, anglashdan to‘siq bo‘lib turgan narsani eritib, yo‘q qilib yuboradigan narsa nima, bilasizmi? Hadisda “Olimning obidga fazli oyning boshqa yulduzlarga fazli kabidir” deyildi. Yulduzlar obidga qiyoslanayapti, yulduz ham sharafli, oliy, go‘zal maxluqotlardan. Ammo, oyga qiyoslanganda, oychalik porloq va foydali emas. Olim oyga qiyoslandi, oy ham sharafli, oliy, go‘zal maxluqotlardan, yulduzdan farqi nuri ko‘proq, bizga shakli ham kattaroq ko‘rinadi va nurli. Olim obid bo‘lishi shart, olim odam ilmi yo‘q bo‘lgan odamdan farqli ekan, deb xato tushunib qolmasligimiz kerak. Olim yulduz bo‘lishi shart, chunki yulduz va oy bir-biriga mushtarak maxluq, bir-biriga yaqin. Obid o‘ziga xos fazilatlar sohibi bo‘lsa, olim ham o‘ziga xos fazilatlar sohibi bo‘lishi bilan birga boshqalarga ham fazilat kasb qilishiga yordamchi bo‘lishi bilan nurli oy kabi qiyos qilindi. Hadis davomida “Olimlar Payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir, Payg‘ambarlar dirham, dinorni meros qilmadilar, balki, ilmni qoldirdilar. Kim uni olsa, to‘liq nasiba bilan olibdi”, deyildi. Bu yo‘lda yuruvchilarning eng muhim narsasi qalbi, kitobi, 8 daftari, qalami emas. Qalb ichingizda turibdi, doim bor. Gohida kitobingiz esingizdan chiqib qolishi mumkin, daftar, qalam qolib ketishi mumkin, lekin qalb doim yoningizda, ichingizda turibdi. Qalb go‘yo shisha idish, unga ozgina narsa tegsa ham, xiralashtiradi. Atrofimizdagi jaxolat va fasodlar ta’siri ichimizdagi shayton orqali qalbga yetib turadi. Hasad, kibr, gina adovat kabilar. Qalb kasalliklari ilm bilan ochiladi, ko‘rinib qoladi. Qalb kasalliklari ilm olishingizdan oldin ham bor bo‘lishi mumkin yoki ilm ola boshlagandan paydo bo‘lishi ham mumkin, ilm olayotgan vaqtingizda ham paydo bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, qalblarimizga nazarimiz qay darajada bo‘layapti? Chunki qalbimizdagi yaxshilik miqdoriga qarab Alloh Taolo ajr beradi, bizni yo‘naltirib, tavfiq beradi. Alloh subhonahu va taologa hamdu sanolar bo‘lsinki shar’iy ilmlarni yer yuziga keng yoyib qo‘ydi. Odamlarda ilm talab qilishga bo‘lgan rag‘bat va qiziqish tobora ortib bormoqda. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, ayrim tolibi ilmlarda ilm ortgan sayin amal kamayib, tolibning ziynati bo‘lmish odob axloq kamayib bormoqda. Tolibi ilm go‘zal xulqi va odobi bilan ziynatlanmasa, uni olgan ilmi foyda bermaydi balki boshqalarni ham ilmdan uzoqlashiga olib boradi. Bizga bu borada yeng yaxshi namuna Rasululloh solllallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalaridir. Zero, Allloh subhonahu va taolo dedi:َ ﵟ ۡدَق�ل َناَ� ۡمُ�َل يِ� ِلوُسَر ِ ��ٱ ٌةَوۡس ُ أ ٞةَن َسَح نَمِّل َناَ� ْاوُجۡرَي َ ��ٱ َمۡوَ� ۡ �ٱَو َرِخ�ٱ Download 365.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling