Alloh Bani Isroilning ahd-paymonini oldi va o‘zlaridan o‘n ikki
boshliqni (Muso bilan birga, Shom zaminini maskan tutgan
kofirlarga qarshi jang qilish uchun) jo‘natib, aytdi: “Albatta Men
sizlar bilan birgaman. Qasamki, agar namozni to‘kis ado qilsangiz,
zakotni (haqdorlarga) ato qilsangiz, payg‘ambarlarimga iymon
keltirib, yordam bersangiz va (beva-bechoralarga yaxshilik —
ehson qilish bilan) Allohga qarzi hasana bersangiz (yaxshilik va
Uning yo‘lida infoq-ehson qilsangiz), albatta yomonliklaringizni
(ya’ni, qilgan gunohlaringizni) o‘chirurman va albatta sizlarni
ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga doxil qilurman. Mana
shu ahd-paymondan keyin sizlardan kimki kofir bo‘lsa, uning
To‘g‘ri Yo‘ldan ozgani aniqdir”. (Moida,12).
“Alloh ahd-paymonini oldi” jumlasi bu g‘oib siyg‘asida,
“Yubordik” esa mutakallim jam siyg‘asida bo‘ldi.Oyatni boshida g‘oib
siyg‘asida habar berib, so‘ngra mutakallim siyg‘asida bayon
qildi.Muallif "Ta’alum" kitobidan keyin ushbu "Tolibi ilm bezagi"
kitobini yozganiga ishora qilyapti.
Toliblar orasiga pisib kirib oladigan ayg‘oqchi kimsalar ham borki,
shaxsiyatini, qancha ilm olganini, kimdan ilm olganini sir tutadi va
xolis ilm olgani kirgan tolibalarni ilmdan chalg‘itadi va hozir sizga bu
ilm farzmas, hozir mana bu ilmlar farz deb, o‘zi tushunmagan holda
oyat va hadisdan dalillar qilib keltiradi.Maqsadiilm talab qilish uchun
emas, shunchaki ermak yoki ma’lumot yig‘ish bo‘ladi xolos.
Matn.
Eng to‘g‘ri yo‘lni tanlay olishi va har qanday vaziyatda o‘zini
munosib tuta bilishi haqida hamda pokiza shariat tojidagi eng
qimmatbaho gavhar bo‘lmish ilmga uning odoblari ila bezana
18
Do'stlaringiz bilan baham: |