Tolibi ilm bezagi 1-dars ِﻢﯿ ِﺣﱠﺮﻟا ِﻦَﻤْﺣﱠﺮﻟا ِ ﱠ� ِﻢْﺴِﺑ


Allohga tasbeh aytaman!Lekin bu navniholni sug‘orib


Download 365.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana08.11.2023
Hajmi365.03 Kb.
#1756604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tolıbı ılm 1-dars lotıncha

Allohga tasbeh aytaman!Lekin bu navniholni sug‘orib, 
parvarishlab turmoq lozim. Toki, u ilmu amal so‘qmoqlarida bilib-
bilmay toyib ketmasin hamda fikru aqidadagi, maslagu 
yo‘nalishdagi beqarorliklar, toifachiligu guruhbozliklar domiga 
tushib qolmasin. 
Sharh: Shayx, alloma Muhammad ibn Solih Usaymin 
rahimahullohu aytdilar: "Muallif zikr qilgan narsalar xaqiqatdir. 
Chunki, u yaqin kunlarda bo‘lib turibdi va Allohga hamdlar bo‘lsin. 
Yoshlardan turli sohalarda katta intilishlar ko‘rinayapti, lekin bu 
intilishlar, shayx aytganidek, mana shu uyg‘onishni ham va mana shu 
jiddu-jahd qilishning bardavomligini ham o‘z ichiga oladigan 


15 
mas’uliyat va cheklovlarga muhtoj.Chunki, har qanday narsa haddidan 
oshsa, bas, uni tezda ehtiyotkorlik chegarasiga qaytariladi. Agar uni 
to‘sib- to‘xtatib bo‘lmasa, jamiyatda va o‘z sohibining qalbida 
halokatga aylanadi. Havorijlarni ko‘rganmisiz?! Ularda boshqalarda 
siz uni ko‘rmagan haq ustida musulmon bo‘lishlikni istash bilan 
bo‘lgan iymon bor, ulardan boshqalarda bu narsa topilmaydi. Lekin, bu 
darhaqiqat ziyoda bo‘ldi, hatto musulmonlarni kofirga chiqarishdi va 
musulmonlarning peshvolarini kofirga chiqarishdi va ularga qarshi 
chiqishdi. Nabiiy sollallohu a’layhi va sallam aytganlari kabi 
bo‘ldilar, ya’ni 
"Xuddi o‘q kamondan otilgani kabi Islomdan otilib 
chiqadilar".Agar qalbingni uzoqlarga qochayotganini ko‘rsang va 
qiyin yo‘lga yo‘nalayotganini ko‘rsang, uni to‘xtat. Uni qaytarishing 
va Allohning dinida qoim bo‘lishni maqsad qilishlikni bilishing sening 
zimmangdadir. Gʻayrat va nafsning qo‘zg‘alishi sababli g‘alaba 
bo‘lmaydi. Va ma’lumki, agar mana shu maqsad bo‘lsa, Allohning dini 
bunday g‘alabadan behojatdir. Inson agar bunga ehtiyoj chorlasa
garchi kelishuv yo‘li bilan bo‘lsa ham o‘sha maqsadga yetishlikka eng 
yaqin yo‘lga tushadi". 
Muallif yoshlarni navniholga o‘hshatdi. Daraxtlarni ham yaxshi 
parvarish qilmasa, shohlari har tomonga o‘sib, qurib qolishi mumkin. 
Shuningdek, tolibi ilmga ham hamisha eslatma qilib tuzatib turilmasa, 
ilmni kim uchun olayotganini unutadi.Chunki u payg‘ambarlarga 
xaqiqiy merosxo‘r bo‘lmoqchi bo‘lsa, ilmni dunyo talabidan yuz 
o‘girib, olim yoki olima deyishlari uchun emas, balki yolg‘iz Alloh 
taoloning yuzi uchungina ta’lim oladi.Ilm talab qilish paytida bunday 
nasihatlar beruvchi xolis ustozlar va do‘stlarga muxtoj bo‘ladi. Agar 
uni to‘g‘ri parvarish qilinsa kelajakda payg‘ambarlarga voris avlodlar 
yetishadi.Qolaversa, tolibi ilmni ilmli kishi xaqqa yo‘llab turmasa u har 
hil guruhlarga kirib ketadi. Har bir “laa ilaaha illalloh”kalimasini 
aytgan va siz bilan bir safda namoz o‘qiyotgan kimsa to‘g‘ri yo‘lda 
degani emas.Shu kalimalarni aytgan holda to‘g‘ri yo‘ldan adashib 
ketgan insonlar qancha?! 

Download 365.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling