Tolibi ilm bezagi 1-dars ِﻢﯿ ِﺣﱠﺮﻟا ِﻦَﻤْﺣﱠﺮﻟا ِ ﱠ� ِﻢْﺴِﺑ
Yuqoridagi hadisdan olinadigan foydalar
Download 365.03 Kb. Pdf ko'rish
|
tolıbı ılm 1-dars lotıncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- KITOB MUALLIFI HAQIDA
Yuqoridagi hadisdan olinadigan foydalar:
1. Olim bilan obid xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o‘xshaydi.Tunda osmonda oy yulduzlarni oldida qanchalik yorqin bo‘lsa, olimning ham holati obidlarning oldida huddi shunday bo‘ladi. 2. Odamlarga yaxshilik o‘rgatuvchiga Alloh taolo rahmat nazari bilan qarashi. 3. Osmonlardagi zotlarning barchasi ulamolarning haqqiga istig‘for aytib turishlari. 4. Yerdagi zotlarning ham barchasi ulamolarning haqqiga duo qilib turishlari. 5. Hattoki uyasidagi chumoli va suvdagi baliq ham ulamolar haqqiga duo qilib turishlari. Ushbu hadisi sharifni hayotimizga tatbiq qilish uchun rabboniy olim bo‘lishga xarakat qilish va olimning obiddan fazli qanchalar ko‘p ekanligini anglash lozim. Olimlar esa o‘z ismlariga yarasha ixlos bilan Allohning yo‘lida kishilarga yaxshilikni o‘rgatishlari zarur. Musulmonlar esa haqiqiy olimga Alloh tarafidan, osmon ahli tarafidan, yer ahli tarafidan, hattoki uyasidagi chumoli va suvdagi baliq ham salavot aytishidan ibratlanib, ulamolarning haqlariga duo qilishlari, ularni izzat-ikrom etishlari lozim. Musulmonman, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatidanman, degan kishi u zotning hadislariga amal qilishi kerak. Payg‘ambarimizning hadislari esa ulamolarni hurmat qilishni buyurmoqda. Bu narsa bir vaqtning o‘zida 11 ulamolarni behurmat qilmaslik lozim, degan ma’noni ham anglatadi. Islom dinida haqiqiy ulamolarni behurmat qilish – odamlarga yaxshilik o‘rgatuvchini, payg‘ambarlar merosxo‘rlarini, Allohning rahmat nazariga sazovor kishilarni, osmondagi va yerdagi zotlar – barchasining salavotiga sazovor zotlarni behurmat qilish bo‘ladi. KITOB MUALLIFI HAQIDA U kishi shayx Bakr ibn Abdulloh ibn Muxammad ibn Abu Zayd Qudo’iy bo‘lib, Najddagi mashhur Qudo’iylar sulolasiga mansubdir. 1946-yilda tavallud topgan va 2008 yili 5 fevral seshanba kuni, 1429 hijriy yili Muxarram oyining 28 kunida Riyoz shahrida vafot etgan.1956-yilda Riyozdagi ilk maktabga o‘qishga berishgan. 1968-yil maktabni bitirib, Islom universiteti shar’iy ilmlar fakultetiga qabul qilingan. U yerda ilm o‘rganib, xatto olim darajasiga yetdi. Shayx Masjidi Nabaviyada bir qancha yillar dars berdi, "Doimiy fatvo kengashi"da rais Abdulaziz ibn Boz qo‘l ostida va kibor ulamolar bilan birgalikda ishladi. Muallifning aqiyda, fiqh, siyrat sohasida yozgan qator kitoblari bor. Bu boshlagan kitobimiz ham u kishining mashhur kitoblaridan bo‘lib, tolibi ilmning ahloq-odob nizomlarini o‘zida mujassam qilgan. Kitobda muallif tolibi ilm ilmga qadam qo‘yishidan oldin qanday muhim vazifani o‘z zimmasiga olayotganini his qilishi kerakligini bayon qiladi. Bakr ibn Abdulloh Riyozga ko‘chib, u yerda boshlang‘ich o‘qishni davom ettirdi, Ilmiy institutga o‘qishga kirdi va hijriy 1387- 88 yillarda shariat fakultetini ko‘ngilli tamomlagan.Hijriy1384 yilda Madinaga ko‘chib o‘tdi va u yerda Islom universitetining umumiy kutubxonasida kutubxonachi bo‘lib ishladi. Doimiy ilm olishdan tashqari, Riyoz, Makka va Madina shaharlarida ko‘plab shayxlarning ilm to‘garaklarida qatnashgan. Riyodda Shayx Solih al-Mutlaqdan miyqot ilmini o‘rgangan, Maqomat al-Haririydan o‘rgangan. Fiqh 12 (islom huquqi) fanida u al-Xajavining «Zod al-Mustaqniy» asaridan «al-Bay’ʼ» (sotish) kitobini o‘rgangan. Makkada u hijriy 1385 yilda Harom masjidda haj mavsumida Shayx Abdulaziz ibn Abdulloh ibn Boz rahimahullohdan al-Majd ibn Taymiyaning «al-Muntaqa»dan «Haj» kitobini o‘rgangan. U Qulflangan masjiddagi domla Shayx Sulaymon ibn Abdurrahmon ibn Hamdondan ruxsat so‘radi, u shayx Sulaymon ibn Abdurrahmon ibn Hamdondan barcha sunnat kitoblarini o‘rgatish uchun ruxsatnoma yozadi.Madinaga ko‘chib o‘tgach, u shayx Muhammad Amin Shanqitiy rahimahullohni ziyorat qila boshladi, to shayx hijriy 1393 yil haj mavsumida vafot etguniga qadar taxminan 10 yil. Tafsirda shayxning «Azaul-bayon»ini, shayxning «Adab al-bahsi val- munazarah» kitobini o‘rgangan. Shuningdek, u Ibn Abdulbarr va al- Inobning ba’zilaridan «Qasd val-umom»ni ham o‘rgangan. U Makka, Madina, Ar-Riyod, Marokash, Suriya, Hindiston va Afrika kabi olimlardan jami 20 ga yaqin ruxsat (turli xil kitoblarni o‘rgatish) olgan. Bu olimni uslubi ilm olish, ta’lim berish, yodlash bilan kitobdan ta’lim bermasdan yoddan dars berardi. Ularning hammasi hofiz bo‘lib, oyatlarni tafsiri bilan yod olishgandi. Eng kamida Buhoriy va Muslimning hadislarini yod olishgan. Uslublari darsni yoddan aytib, keyin o‘qib berib sharhlashgan. Bir necha yillar davomida savol javob uslubida dars topshirib keyin ijoza berilardi.Shayx Muxammad amin Shinqitiydan 10 yil davomida turli shar’iy ilmlardan dars olgan. Shayxning o‘zlari ko‘plab shar’iy kitoblarni yoddan bilgan. Jumladan Buhoriy, Muslim, Tafsiri Qurtubiyni,bir necha jildlik lisanul arabni ham yoddan bilgan. Alloma aytadi: Shoir aytganidek, "Haqiqiy olim bo‘lmoq, kitobga suyanmoq emasdur, balki hifzdan, hotirasidan ta’lim bermoqdur” deganlar.Hijriy 1399/1978 yilda Oliy huquq institutida ko‘ngilli sifatida o‘qib, shu yerda magistrlik darajasini, 1403/1982 yilda esa doktorlik unvonini oladi. Uning faol hayoti: Hijriy 1387/1966 yili shariat ilmini tamomlagach, davlat rahbari farmoni bilan Madinaga qozi etib tayinlanadi. U hijriy 1400 yilgacha 13 bu lavozimda qoladi.Shuningdek, u hijriy 1390 yilda lavozimga tayinlanganidan beri Payg‘ambarimiz masjidida dars bergan. 1391 yilda. uni payg‘ambar masjidiga imom va voiz etib tayinlash to‘g‘risida davlat rahbari farmoni chiqadi va bu lavozimda hijriy 1396 yilning boshlarigacha davom etdi. 1405 yilda qirollik farmoni bilan Islom konferensiyasi tashkiloti qarori bilan tashkil etilgan Xalqaro islom fiqh akademiyasida qirollik vakili etib tayinlangan, keyinroq esa akademiya prezidenti etib tayinlangan.1406 yilda Jahon musulmonlar Ligasi Fiqh Kengashi a’zosi etib tayinlandi. O‘shanda u qirollik va undan tashqarida turli qo‘mitalar va konferensiyalarda qatnashib, Oliy huquq institutida, shuningdek, Ar-Riyoddagi shariat fakultetida oliy ta’limda dars bergan.66-tadan ortiq kitoblar yozgan. Tolibi ilm bezagi kitobi hajmi kichik bo‘lishiga qaramay ko‘p ma’nolarni o‘z ichiga olgan. Nashrga Abu Abdulloh Shoshiy tayyorlagan. Shayx Muxammad ibn Usaymin rahimahulloh talabalarining talablariga binoan sharhlaganlar va Madinada u kishi bilan yashaganlar.Shayx Bakr rahimahullohning talabalari ustozlari yozgan kitoblarini o‘qishayotganida arab tili izohli lug‘atga murojaat qilmasdan tushuna olishmasdi. Sababi shayhning arab tili balog‘ati shu darajada oliy bo‘lganki oddiy o‘quvchi o‘qisa tushunolmasdi. Download 365.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling