Tormozlarning umumiy tuzilishi


Yo`lovchi vagonlarining tormoz uskunalari


Download 1.94 Mb.
bet4/11
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1411093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tormozlarning umumiy tuzilishi

Yo`lovchi vagonlarining tormoz uskunalari


2.6.1. Rossiya temir yo`llari yo`lovchi vagonlari

Rossiya temir yo`llari yo`lovchi vagonlari tormoz uskunalarining sxemasi 2.21 - rasmda keltirilgan. Havotaqsimlagich 11 Shart. № 292 – 001 va elektrhavotaqsimlagich 12 Shart. № 305 – 000 tormoz silindri 13 orqa qopqog’ining kronshteynida o`rnatilgan. Vagon ostida ham shuningdek magistral truba 3, vagonlararo ulanish engchalari (rukavlari) 7 Shart. № 369A bo`lgan uch qism kranlari 1 joylashgan. Ajratuvchi kran 10 havo taqsimlagich 11ni yoqish va uzish uchun mo`ljallangan.





2.21 - rasm. Yo`lovchi vagonining tormoz uskunalari sxemasi


1 – so`nggi (tugash) kran; 2 – elektr sim uchun mo`ljallangan po`lat truba; 3 – tormoz magistrali; 4 – uch trubkali quti №317; 5 – stop – kran; 6 – uch trubkali quti №316; 7 – ulash engchasi (rukavi) №369A; 8 – elektr sim; 9 – uchlik; 10 – ajratuvchi kran; 11 – havotaqsimlagich № 292 – 001; 12 – elektr havotaqsimlagich №305 – 000; 13 – tormoz silindri; 14 – chiqarish klapani; 15 – zaxira rezervuari, hajmi 78 l.

Har bir yo`lovchi vagonida favqulodda tormozlanish uchun kamida uchta kran 5 (stop – kran) mavjud bo`ladi. Hajmi 78 l li zaxira rezervuar 15 tormoz silindri 13 orqa qopqog’ining kronshteyni bilan ulangan. Trubada zaxira rezervuarida yoki zaxira rezervuarda chiqarish klapani 14 o`rnatilgan.


Elektropnevmatik tormozning ishchi va nazorat elektr simlari 8 po`lat truba 2 ga yotqizilib, uch qismdagi ikki trubali 6 Shart. № 316 vao`rta 4 uch trubali Shart. №317 klemma qutilariga keltirilgan. O`rta qutidan sim metall truba ichida elektrhavotaqsimlagich kamerasiga, uch qism qutilaridan esa – vagonlararo engcha (rukav) 7 ulanish kallagida joylashgan kontaktlarga keladi.
Tormozni zaryadlash va bo`shatishda havo magistraldan havotaqsimlagich 12 orqali zaxira rezervuar 15 ga kelib tushib, tormoz silindri esa havo taqsimlagich orqali atmosfera bilan tutashgan. Tormozlashda magistraldagi bosim kamaytirilib, havo taqsimlagich ishlab ketadi, tormoz silindr 13 ini atmosferadan uzadi va uni zaxira rezervuar 15 bilan bog’laydi. To`liq tormozlanishda zaxira rezervuardagi va tormoz silindridagi bosim tenglashib, taxminan 3,8 kgs/sm2 atrofidagi qiymatga ega bo`ladi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling