Tormozlarning umumiy tuzilishi
Yuk vagonlarining tormoz uskunalari
Download 1.94 Mb.
|
Tormozlarning umumiy tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Tormoz kuchi - tormoz uskunalari bilan hosil qilinadigan yunalishiga qarama-qarshi yunalishli bolgan togirlanuvchi kuchga aytiladi.
Yuk vagonlarining tormoz uskunalari
Yuk vagonlarining tormoz uskunalariham avtorejimli (2.24 - rasm), shuningdek usiz ham (2.25 - rasm) bajarilgan bo`lishi mumkin. Ikki kamerali rezervuar 7 (2.24 - rasm) vagon ramasiga mahkamlangan bo`lib, chang tutgich, 78 l hajmli zaxira rezervuar 4 va tormoz silindromi 10 bilan avtorejim 2 Shart. № 265 – 002 orqali birlashtirilgan. Rezervuar 5 ga havo taqsimlagichning magistral 6 bosh 8 qismlari mahkamlangan. Ajratuvchi kran 5 Shart. №372 havo taqsimlagichni yoqish va o`chirish uchun xizmat qiladi. Magistral trubada uch qism kranlari 3 va ulanish engcha (rukav)lari joylashtirilgan. Tutqichi tushirilgan stop – kran 1 faqat tormoz maydonchasi bo`lgan vagonlarda qo`yiladi. Tormoz uskunalarining sxemasiga avtorejim kiritilmagan bo`lishi ham mumkin. Tormozni zaryadlash va uning havosini chiqarishda tormoz magistralidagi siqilgan havo ikki kamerali rezervuar 5ga kelib tushadi. Shunda rezervuar 5 da joylashgan zolotnikli va ishchi kameralari va zaxira rezervuar 4 zaryadlanadi. Tormoz silindri 10 atmosfera bilan avtorejim 9 va asosiy qism 8 orqali bog’langan. Magistraldagi bosim pasayishi bilan havo taqsimlagich zaxira rezervuar 4 ni tormoz silindri 10 ga ulab, unda vagonning yuklanishiga mutanosib bosim o`rnatiladi: bo`sh vagonda 1,4 – 1,8 kgs/sm2, o`rtacha rejimda 2,8 – 3,3 kgs/sm2 vato`liq yuk ortilgan vagonda 3,9 – 4,5 kgs/sm2. Refrijerator harakatlanuvchi tarkibishunga o`xshash sxemali avtorejimsiz tormoz uskunalariga ega (2.25 – rasm). 2.24 - rasm. №270 – 005 – 1 yoki 483 havotaqsimlagichi va 265A – 000 avtorejimi bo`lgan yuk vagonining tormoz uskunalari sxemasi 1 – stop – kran; 2 – uchlik (chang tutgich); 3 – uch qism kranlari; 4 – zaxira rezervuar; 5 ajratuvchi kran; 6 – magistral qism; 7 – ikki kamerali rezervuar; 8 – asosiy qism; 9 – avtorejim; 10 – tormoz silindri. 25 tonna o`q yuklamasiga va soatiga 120 km gacha tezlikda harakatlanishga mo`ljallangan yangi avlod yuk vagonlari uchun tormoz uskunalarining yangi sxemasi ishlab chiqilgan bo`lib, u 2.26 – rasmda taqdim etilgan 2.25 - rasm. №270 – 005 – 1 yoki 483 havotaqsimlagichi va 265A – 000 avtorejimi bo`lgan yuk vagonining tormoz uskunalari sxemasi 1 – stop – kran; 2 – uchlik (chang tutgich); 3 – uch qism kranlari; 4 – zaxira rezervuar; 5 ajratuvchi kran; 6 – magistral qism; 7 – ikki kamerali rezervuar; 8 – asosiy qism; 9 – avtorejim; 10 – tormoz silindri. Tormoz silindri 710, Avtorejim 265A – 4, havotaqsimlagich RTRP – 300 va RTRP – 300, Tormoz silindri 710, Avtorejim 265A – 4 Yangi tormoz sxemasi o`z ichiga quyidagilarni olgan: – tormoz richagli uzatmalarining avtomat rostlagichi, vintining chiqishi 300 mm gacha kichraytirilgan, Shart. №706; 2.26 - rasm. Aravachalari alohida tormozlanadigan yangi vagonlarning tormoz tizimi – tormoz silindri, diametri 10 Shart. №710; – tormozlanish rejimlarining avtomat rostlagichi, Shart. №265A – 4, dempferining yurishi kattalashtirilgan; Har bir alohida aravacha uchun tormozlash tizimini qo`llashning ustuvor jihatlari: tormozli richagli uzatmanining yuqori FIKi, sharnirli birikmalar sonini kamaytirish hisobiga; richagli uzatma detallari uzunligini qisqartirish hisobiga ular qattiqligini (mustahkamligini) oshirish; kolodkalarning har bir aravachaga bosish kuchining bir xil (tekis) taqsimlanishi; richagli uzatmani rostlash soddaligi; har bir aravachaga avtonom (alohida) ta’sir qiladigan tormoz silindrlarihisobiga vagon tormozi ishonchliligini yaxshilash; har bir aravacha tormozlash kuchini unga tushadigan yuklamaga bog’liq ravishda rostlab borish. - Tormoz kuchi - tormoz uskunalari bilan hosil qilinadigan yunalishiga qarama-qarshi yunalishli bo'lgan to'g'irlanuvchi kuchga aytiladi. - G'ildirakiing tormoz kolodkalari bilan ishqalanishi natijasida ishqalanish koeffitsiyentining kolodkaga siqishdan hosil bo'l¬gan kuch ko'paytmasiga tent bo'lgan urinma kuch hosil bo'ladi ( rayem -Z.1.): - B=k*φk - Tormoz kolodkalarining g'ildirak bilan ishqalanishi natijasida g'ildirakiing kolodkaga bosilishidan urinma kuch hosil bo'ladi va u bosilish normal kuchining ishqalanish koeffitsiyentiga ko'paytmasiga tengdir, ya'ni: - - B=k*φk - - bunda: V - ishqalanish kuchi, - K - tormoz kolodkasi bosilishi kuchi, - φk - ishkalanish koeffshщenti. Tormoz kolodkalari. Ularning normativli va sifatli ko'rsatgichlari Tormoz kolodkalari g'ildirak bo'yicha o'zining ishqalanishi bilan kinetik energiyani atrof muxitga tarqaluvchi issiqlikka aylantiradi. Kolodkalarning quyidagi turlari mavjud: cho'yanli ( ChK ), kompozitsiyali ( KK ), fosforli, 8-1-66 materialidan tayyorlangan. 1. Cho'yanli kolodkalar - yo'lovchi vagonlarida V<120 km/soat bo'lganda va 6 xamda 8 o'qlidan tashqari yuk vagonlarida qo'llaniladi. 2. Kompozitsiyali kolodkalar - yo'lovchi vagonlarida tezlik V > 120 km/ soat bo'lganda, shuningdek barcha yuk vagonlarida. 3. Fosforli -elektropoyezdlarda qo'llaniladi. o'rnatilish usuliga va konfiguratsiyasiga ko'ra kolodkalar quyidagilarga bo'linadi : a) sektsiyali cho'yanli; b) grebenli ( lokomotivlarda). Tormoz kolodkalariga qo'yiladigan asosiy talablar: 1) kolodkalarning friktsionli xususiyatlari temperaturaga va atrof muhitga bog'lik bo'lmasligi kerak; 2) tormoz kolodkalari tormozlashda g'ildirak yuzasiga zarar yetkazmasligi kerak; 3) tormoz kolodkalari g'ildirak bilan relьs jipslashish koeffitsiyentini kamaytirmasligi kerak, 4) cho'yanli tormoz kolodkalarining yemirilishi 106 kGs.m tarkaluvchi energiyaga 90 g.dan oshmasligi kerak. Harakatdagi tarkibning tortishli birligi ( lokomotivlar. elektr va dizelь-poyezdlari ) kompressor uskunalari bilan jihozlantan bo'lib, kompressorlar, bosh rezervuarlar, bosim regulyatorlari, himoya klapani, moy ajratgichlar va havosovitgichlaridan tashkil topgan. Iste'mol va tormoz magistrallari uchun diametrining shartli o'tkazishi 32 mm ( 1 1/4 ) , barcha turdagi harakatdagi tarkib uchun standart bo'lgan quvurln o'tkazgich qo'llaniladi. Yuk poyezdlarining tormoz magistralidagn ishchi bosim 0,53 - 0,55 MPa, yulovchilarda -0,50- 0,52 MPa dir. 120> Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling