Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
1-to‘siq. Ma’lumotda xatoga yo‘l qo‘yishi. Oddiygina bo‘lib ko‘ringan xato
ham aytayotgan fikringizning mazmunini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Olaylik, mehnat bozori shakllanishining O‘zbekistonga xos xususiyatlariga doir ma’lumotni taqdim qilmoqdasiz. Ma’lumki, Andijon viloyati aholisining zichligi bo‘yicha vodiydigina emas, respublikada ham birinchi o‘rinda turadi. Biroq, 1 kv. km ga nechta odam to‘g‘ri kelishi haqida xato yo‘l qo‘yish, ularning raqamini xato ko‘rsatish taqdim etayotgan ma’lumotingizning mazmun-mohiyatini o‘zgartiradi. Natijada, fikringiz tinglovchilarda shubha uyg‘otishi mumkin. Bunday xolatlar tarixiy sanalar, raqamlar, terminlar bilan bog‘liq ma’lumotlarda ko‘proq uchraydi. 2-to‘siq. Ma’lumotingiz ikki ma’noni aks ettirishi mumkin. Ayrim so‘zlar ikki xil ma’noni anglatishini bilamiz. So‘zlardan o‘rinli foydalanmaslik natijasida taqdim etilayotgan ma’lumotda jiddiy o‘zgarish yuzaga kelishi, ilgari surayotgan g‘oyangiz samarasiz yakunlashishi mumkin. Bunday so‘zlar, odatda gazeta, jurnal sarlavhalarida va su’ratga berilgan izohlarda uchrab turadi. 3-to‘siq. Ma’lumotingizdagi tayanch so‘zlar noto‘g‘ri talqin etilishi mumkin. Ma’lumki, o‘quvchi kitob o‘qiyotib biror-bir ma’lumotga shubha bildirsa, avvalgi betlarni ochib ularni taqqoslash va fikrini to‘g‘ri yo‘naltirish imkoniyatiga ega. O‘quvchidan farqli o‘laroq, tinglovchida bunday imkoniyat yo‘q: “Aytilgan so‘z – otilgan o‘q”. Berilgan ma’lumotni tezlik bilan taxlil qiluvchi, taqqoslovchi tinglovchilar kamchilikni tashkil etadi. Shunday ekan, ma’lumot yetkazilayotganda so‘zning mazmuniga, vaziyatning mohiyatiga, jarayonni talqin etishga jiddiy e’tibor 109 qaratish talab etiladi. Zero, noto‘g‘ri talqin qilish natijasida qilingan qatiy hukm kelajakda insonning taqdirini salbiy tomonga o‘zgartirib yuborishi mumkin. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling