Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
4-to‘siq. Ma’lumotingizdagi muhim xolatlar noto‘g‘ri tushunilishi mumkin.
Shunday xolatlar bo‘ladiki, ma’lumotning ko‘pligidan tinglovchi ularni bir-biri bilan chalkashtirib yuboradi. Chunki, tinlovchiga ma’ruzachi to‘xtash, ma’lumotlarni taxlil qilish imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun taqdim qilinayotgan ma’lumot tushunarli bo‘lishi uchun goxida mavzu doirasiga mos qiziqarli voqealar, latifalar, kayfiyatni ko‘taruvchi hodisalarni aytish, mavzudan chetlashib ketmagan xolda tinglovchilarni biroz chalg‘itish tavsiya etiladi. 5-to‘siq. Ma’lumotingizga tegishli muhim jihatlar esdan chiqib ketishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, axborotni odamlarning - 83% ko‘rish orqali, 11% eshitish orqali, 35% xidlash orqali, 15% paypaslash orqali, 1% tatib ko‘rish orqali yaxshi qabul qiladi. Shuningdek, agar tinglovchiga ma’lumotlar yozib olish yoki ko‘z bilan ko‘rish imkoniyatlarisiz faqat og‘zaki taqdim qilinsa, uch kundan so‘ng tinglovchining esida taqdim etilgan ma’lumotning 10 foizigina saqlanib qolishi mumkin ekan. Bunga ma’lumotlardagi muhim jihatlarning o‘rinli joylashtirilmasligi, yo‘nalishni to‘g‘ri belgilanmasligi asosiy sabablardandir. Shu sabab taqdim etilayotgan ma’lumotlarning muhim jihatlarini yozib olish, taqdimotda ko‘rgazmali vositalar – slaydlar, prektorlar, plakatlar, kompyuter grafikasi, shuningdek tarqatma materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi. 6-to‘siq. Axborotning subekti talqin etilishi. Mazkur to‘siq doim ham ko‘zga tashlanavermaydi, gohida ma’lumotni mensishmay tinglashadi. Yuqoridagi to‘siqlarni bartaraf etganingizda ham mazkur to‘siq o‘zini u yoki bu ko‘rinishda namoyish etadi. Masalan, tinglovchi ko‘zingizga tik qarab turadi, lekin e’tibori boshqa narsada. Yoki so‘zlaringizni miyig‘ida kulib turib tinglayveradi, doimo kallasini inkor ma’nosida qimirlatib turadi va hokazo. Bu toifa tinglovchilar aytilgan fikrni tinglash haqida emas, balki o‘ylangan fikrni aytish paytini poylaydilar. Bunday paytlarda ular taqdimotchiga qaltis savollar, qitmirona luqmalar, keskin e’tirozlar bilan murojaat qiladilar. 110 Ishbilarmonlik muloqotidan farqli o‘laroq, muloqotning taqdimot shaklida taqdimotchi auditoriya uchun ajratilgan vaqtning aksariyat qismida gapiradi, auditoriyani esa jim tinglay olishiga erishishi lozim. Bu taqdimotchidan yuksak muomala san’ati va etiket madaniyatini talab etadi. Shu bois taqdimotchi amal qilishi lozim bo‘lgan ayrim xolatlarni e’tiboringizga tavsiya etamiz. 1. Taqdimot marosimining mas’uliyatini xis etish. Bunda siz avvalo, taqdimot o‘tkazish sizga nasib etganligini, bunday vazifa sizga bildirilgan yuksak ishonch ekanligini ichdan xis eting. Zero, o‘zining g‘oya va qarashlariga ishontirish iqtidori so‘z, ilm va muomalada “pishib yetilgan” insonlargagina nasib etadi. 2. Taqdim qiluvchi bilan auditoriya o‘rtasida o‘zaro hamkorlik. Bunda «Men sizlarsiz, sizlar esa mensiz biror natijaga erisha olmaymiz» tamoyili ustuvor ahamiyatga ega. Chunki auditoriya ma’ruzachi yoki taqdim qiluvchidan o‘zi uchun zarur bo‘ladigan nimanidir kutadi. Anashu narsa yoki g‘oyani taqdimotchi ayta olishi mumkin. 3. Taqdimot matnini tayyorlash. Aytmoqchi bo‘lgan fikrlaringizni dastlab qog‘ozga tushirishingiz, so‘ngra matndagi har bir jumla, har bir g‘oyani mukammal o‘zlashtirib olishingiz zarur. Bu borada qisqacha tarqatma material, ko‘rgazmali vositalar tayyorlash hamda turli rasmlar, su’ratlar va chizmalardan foydalanish, mavzuning asosiy g‘oyasini tashkil etadigan jihatlarga alohida urg‘u berish maqsadga muvofiq. 4. Taqdimotga tayyorgarlik. Har bir taqdimot yuksak saviyada o‘tishiga, kelajakda samarali hamkorlikni yqlga qo‘yilishini istsangiz katami kichikmi har bir taqdimotga jiddiy tayyorgarlik ko‘ring, fikru-hayolingiz taqdimot marosmini o‘tkazish haqida bo‘lsin. Do‘stingiz yoki yaqin hamkasabangizdan sizni tinglab ko‘rishini iltimos qiling, ma’ruzangizni diktafon yoki magnit lentasiga yozib olib so‘ngra uni bir necha bor eshiting, ortiqcha fikrlar bo‘lsa qisqartiring. 111 5. Taqdimot marosimi vositalari. Odatda taqdimot marosimlari uchun katta zal yoki kichik auditoriya tanlanadi. Zalda sahna, minbar va shu kabi jihozlarning bo‘lishi tabiiy. Siz iloji boricha minbardan kamroq foydalanishga harkat qiling. Chunki minbar: A) muloqot jarayonida sizni auditoriya bilan ajratib qo‘yadi; B) minbardan auditoriyani chalg‘ituvchi va keraksiz ma’lumotlar aytib yuboriladi; V) ko‘pchilik nazdida minbar juda baland joy hisoblanadi. Agar minbardan foydalanish talab etilsa, undan zinhor o‘zingizdan oldin chiqqan ma’ruzachilarni tanqid qilish uchun foydalanmang. Minbarga chiqingda, bir-ikki minutdan so‘ng uni tark eting: tanglovchilar bu xolatga albatta baho beradilar. Taqdimotchining sahnada harakatlanishi: birinchidan - o‘zining jonli muloqot jarayonida ekanligini eslatib turadi, ikkinchidan - kuchli hayajonlanishning oldini oladi, uchinchidan – tinglovchilarning diqqatini jalb etadi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling